2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
Tashqi muhitga talabi 
Suvga talabchanligi. Sholi boshqa qishloq xo„jalik ekinlaridan suvda o„sish 
va rivojlanish qobiliyati bilan farq qiladi. Suv serob bo„lmasa sholi yuqori hosil 
berolmaydi.
Sholi gigrofit ya‟ni suv bostirilgan sharoitda o„sadi, lekin suvga bo„lgan 
talabi rivojlanish davrlariga qarab o„zgaradi. Sholiga maysalanish davridasuv 
qatlamikerak bo„lmaydi va mum pishish hamda to„liq pishish davrida ham xuddi 
shunday.
Urug„ning unib chiqishi uchun suv kerak, lekin suv qatlami tuproqda faqat 
murtakning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, lekin ildizchalar rivojlanmaydi 
shuning uchun urug„ nishlagandan keyin to unib chiqqunga kadar (1-barggacha) 
daladan suv oqizib yuboriladi. Sholi unib chiqqandan keyin suv qatlami 15-20 sm 
balandlikkacha ko„tariladi. Ildiz tizimining va yon shoxlarining yanada yaxshiroq 
rivojlanishi uchun tuplanish davrida suv qatlami to singib ketgunga qadar 
kamaytiriladi, lekin qurib qolmasligi kerak. Shu davrda o„g„it berib oziqlantiriladi 
va shundan keyin yana suv qatlami mum pishish davrigacha 15-20 sm balandlikka 
ko„tariladi.
Suv qatlami sholi dalasining issiqlik rejimiga qulay sharoitlar tug„diradi, 
ya‟ni havo haroratining sutkalik tebranishini yaxshilaydi, sho„r tuproqlarda sho„r 
yuvish ta‟sirini o„tkazadi, begona o„tlarni yo„q qiladi, tuproqni eroziyadan 
saqlaydi, hamda sholini bir dalada bir necha yil ekish uchun sharoit yaratiladi.  
Issiqlikka bo„lgan munosabati. Sholi issiqlikka juda talabchan. Sholining 
rivojlanishi uchun turli rivojlanish davrlarida suvning harorati katta ahamiyatga 
ega.


158 
Urug„ning unib chiqishi uchun suvning eng past harorati 10-14 
o
C, lekin bu 
haroratda urug„ 12-15 kun davomida unib chiqadi. Harorat 20-25 
o
C bo„lganda 
urug„ 5-7 kunda unib chiqadi.
O„simlikning barcha davrlarida past harorat o„simlikka salbiy ta‟sir 
ko„rsatadi, asosan gullash davrida. Sholi uchun suvning mu‟tadil harorati 30-33 
o

bo„lib hisoblanadi. Harorat 40 
o
C va undan yuqori bo„lganda gullash va 
urug„lanish jarayonlari buziladi. Suvning cheklarda doimiy ravishda oqib turishi 
suvning haroratini kamaytirib sholining hosildorligini ko„paytirish uchun xizmat 
qiladi. Aniqlanishicha ro„vakning murtak xolidagi paytida suv haroratining bostirib 
sug„orish yo„li bilan yoki oqar suv bilan 20-22 
o
C gacha pasaytirilishi ro„vak 
shoxchalarining ko„payishiga olib keladi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish