• Tuproqka munosabati
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yorug„likka bo„lgan munosabati. Sholining hosildorligining shakllanishida 
    quyoshli kunlarning ya‟ni yoritilganlikning ko„p bo„lishi juda katta ahamiyatga 
    ega. Sholi qisqa kun o„simligi, juda ko„p navlar 11-12 soat yorug„likni talab qiladi.
    O„zbekistonda yetishtiriladigan sholining navlari 9-12 soatli yorug„likda 
    yaxshi rivojlanadi. Sholida boshqa donli ekinlarga qaraganda fotosintetik faoliyati 
    juda yuqori, xlorofillning maksimal konsentratsiyasi vegetativ holatiga o„tishida 
    sodir bo„ladi.
    Past fotosintetik faoliyat sholida gullash va mum pishish davrida sodir 
    bo„ladi. Eng yuqori fotosintez jadalligi tuplanish davri-donning to„lishish davrida 
    kuzatiladi. O„simlikning har xil barglari uning turli hil organlarini uglerod bilan 
    ta‟minlaydi.
    Tuproqka munosabati. Sholi tuproq sharoitiga talabchan emas, uni botqoq, 
    o„tloq, torfli, sho„rxoq va sho„rtob tuproqlarda yetishtirish mumkin. Daryo 
    qirg„oqlaridan olib kelingan yoki oqib kelgan, mexanik tarkibi og„ir, tarkibida 
    yetarli darajada organik moddasi bo„lgan qumoq tuproqlar yaxshi hisoblanadi.
    Sholining tuproq sho„rlanishiga munosabati turlicha. Yosh o„simliklar 
    tuzning dastlabki miqdori, 2-3% bo„lganda nobud bo„ladi, jumladan natriy xlorid 
    3% dan ko„proq, natriy karbonati 0,1% dan ko„proq bo„lganda nobud bo„ladi. 
    Tuproqning reaksiyasi pH 5,6-6,5 juda yaxshi hisoblanadi.


    159 
    Sholi oziq moddalarning tuproqdagi miqdoriga talabchan. Agar azotning 
    miqdori yetarli bo„lmasa sholi yomon tuplanadi, ro„vakning o„lchamlari 
    kichrayadi, va don hosil bo„lishi past darajada bo„ladi. Unib chiqishdan to 
    ro„vaklashgacha azotni ko„p talab qiladi. Fosforning etishmasligi almashinuvchi 
    fiziologik jarayonlarning bo„zilishiga olib keladi, barglari juda qisqa bo„lib qoladi.
    Butun oziqa unsurlarining ichida sholi o„zi bilan juda ko„p miqdorda kaliy 
    olib chiqib ketadi. Tuplanish davridan to gullash davrigacha sholi o„simligi juda 
    ko„p miqdorda talab qiladi. Bir tonna donning shakllanishi uchun azot o„rtacha 20-
    24 kg talab qilinadi, fosfor 8-13 kg va kaliy 25-32 kg talab qilinadi. Bo„lardan 
    tashqari sholiga unchalik ko„p bo„lmagan miqdorda oltingugurt, temir, rux, mis, 
    kaliy, molibden, marganets unsurlari talab qilinadi.
    Navlar: O„zbekistonda rayonlashtirilgan ertapishar Gulzar, Jayxun, Nukus-
    2; o„rtapishar Avangard, Alanga, Tolmas; kechpishar Intensivniy, Lazurniy, 
    UzROS-7-13 navlari ekilmoqda.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish