• 4. Moyli ekinlar 1. Seryog„ moyli ekinlar Kungaboqar, maxsar, kunjut, kanakunjut, yeryong„oq, moyli zig„ir, raps, soya 2. Efir moyli
  • 2. Tolasi poya po„stlog„ida rivojlanadi Tolali zig„ir, kanop, tolali nasha, kandir, rami, jut 3. Tolasi bargda rivojlanadi
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    2. Yem-xashak 
    ekinlari 
    1. Ko„p yillik 
    dukkakli o„tlar 
    Beda, qizil sebarga, qashqarbeda, bargak 
    2. Ko„p yillik 
    qo„ng„irbosh o„tlar 
    Ko„p o„rimli mastak, bo„ychan mastak, 
    yaylov mastagi, oq so„xta, bug„doyiq, 
    erkak o„t, betaga, yaltirbosh 
    3. Bir yillik 
    dukkakli o„tlar 
    Shabdar, bersim 
    4. Bir yillik 
    qo„nhirbosh o„tlar 
    Sudan o„ti, qo„noqbir yillik mastak 
    3.Tuganakmeva 
    va ildizmevalilar 
    1.Tuganakmevalilar 
    Kartoshka, yer noki, batat 
     
     
    2. Ildizmevalilar 
    Qand lavlagi, xashaki lavlagi, xashaki 
    sabzi, xashaki sholg„om 
    4. Moyli ekinlar 
    1. Seryog„ moyli 
    ekinlar 
    Kungaboqar, maxsar, kunjut, kanakunjut, 
    yeryong„oq, moyli zig„ir, raps, soya 
    2. Efir moyli 
    ekinlar 
    Oq zira, qora zira, kashnich, arpabodiyon 
    5. Tolali 
    ekinlar 
    1. Tolasi urug„ 
    ustida rivojlanadi 
    G„o„za 
    2. Tolasi poya 
    po„stlog„ida 
    rivojlanadi 
    Tolali zig„ir, kanop, tolali nasha, kandir, 
    rami, jut 
    3. Tolasi bargda 
    rivojlanadi 
    Tolali banan, Yangi Zelandiya zig„iri 
    4.Tolasi mevada 
    rivojlanadi 
    Kokos palmasi 
    6.Narkotik 
    ekinlar 
    Hosili bargida 
    rivojlanadi 
    Tamaki, maxorka 


    19 
    Dala o„simliklarini ekib mo„l va sifatli hosil yetishtirishda ilg„or 
    texnologiyalar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda. Ekiladigan o„simliklarning 
    tur va nav xili ko„paytirilmoqda, har yili yangi-yangi navlar Davlat Reestriga 
    kiritilmoqda, urug„shunoslik va urug„chilik ishlari tashkil etilmoqda. 
    Respublikamiz mustaqillikka erishguncha boshoqli don ekinlari mahsulotlari 
    3 mln. 500 ming tonna import qilingan hamda aholi iste‟moli uchun un va non 
    mahsulotlari chetdan keltiriladigan mahsulotlar hisobiga to„ldirilgan. Muhtaram 
    birinchi Prezidentimiz tomonidan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholini 
    don va un mahsulotlari bilan o„zimizda yetishtirilgan boshoqli don bilan 
    ta‟minlash va g„alla mustaqilligiga erishish vazifasi qo„yilib, kuzgi bug„doy ekin 
    maydonlari kengaytirildi.
    1990 yilda g„alla ekin maydoni 770,2 ming gektarni tashkil etgan bo„lsa, 1995 
    yil 1280,1 ming gektar, 2005 yil 1286,0 ming gektar, 2010 yil 1536,5 ming gektar, 
    2015 yil 1485 ming gektar maydonga ekilgan. Boshoqli don ekinlari maydoni 1990 
    yilga nisbatan 2000 yil 1,7 marta, 2010 yil 2 martaga kengaytirildi va buning 
    natijasida yalpi hosil miqdori ham yildan-yilga ortib bordi. 
    1990 yilda mamlakatimizda bor-yo„g„i 900 ming tonna don yyetishtirilib, 
    asosan undan chorva ozuqasi uchun foydalanilgan bo„lsa, 1995 yilda 2382,3 ming 
    tonna, 2002 yil 4718,5 ming tonna, 2010 yil 6966,0 ming tonna, 2014 yil rekord 
    darajadagi hosil yetishtirilib 8050,0 ming tonna g„alla yetishtirildi. 
    Hukumatimiz rahbariyati tomonidan g„allachilikni rivojlantirishga muhim 
    e‟tibor qaratilib, kuzgi bug„doy bo„yicha ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, yangi 
    navlar yaratish, agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida Sug„oriladigan 
    yyerlarda don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining tashkil etilishi, 
    g„allachilikda innovatsion texnologiyalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishi, 
    kontraktatsiya shartnomalaridan ortiqcha yetishtirilgan don hosili fermer 
    xo„jaliklarida qoldirilishi va ularning moddiy texnika bazasining yaxshilanishi, 
    urug„lik don, mineral o„g„itlar va yoqilg„i moylash mahsulotlarining fermer 
    dalalariga yetkazib berilishi natijasida kuzgi bug„doy don hosildorligi o„sib bordi. 
    1990 yilda gektaridan bor-yo„g„i 11,7 sentner don hosili olingan bo„lsa, 2000 yilda 


    20 
    26,6 sentner, 2010 yilda 45,3 sentner, 2016 yilda 55,3 sentner don olinib, 1990 
    yilga nisbatan hosildorlik 4,8 martaga oshgan. O„zbekiston Respublikasi dunyoda 
    bug„doy hosildorligi bo„yicha 1990 yillardagi 92-o„rindan 2016 yilda 12-o„ringa 
    chiqdi.
    2002 yildan buyon O„zbekiston chetdan don sotib oluvchi davlatdan, chetga 
    don eksport qiluvchi davlatga aylandi.
    5

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish