• Begona o„tlar va ularga qarshi kurash choralari
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Vaqti-vaqti bilan sug„orish. Bunda sholi quruqlikda ekiladigan ekinlar 
    singari sug„oriladi va butun o„suv davrida pollarga suv bostirib qo„yilmaydi. Sholi 
    navlarining o„suv davri uzun-qisqaligiga qarab mavsumda 10-14 marta sug„oriladi. 
    Shu usulda sug„orilganda sug„orish me‟yori ikki barobar va undan ham ko„proq 
    qisqaradi, qimmatga tushadigan injenerlik tipidagi sug„orish tizimini qurishga 
    ehtiyoj qolmaydi, lekin sholini hosildorligi keskin pasayib ketadi.
    Yuqorida aytilgan barcha sug„orish usullari orasida O„zbekiston 
    sholikorligida dastlabki ikki usul eng keng tarqalgan, mana shu ikki usulda 
    sug„orish suvga ekilgan sholining fiziologik talablariga to„liq javob beradi.
    O„zbekistonning turli sholichilik tumanlarida sug„orish davri qariyb 100 kun 
    davom etadigan o„rtapishar nav sholini sug„orish uchun 1 ga yerga 20-30 ming. m
    3
    gacha suv talab qilinadi.


    164 
    Begona o„tlar va ularga qarshi kurash choralari. Begona o„tlar sholi 
    hosildorligiga katta zarar yetqazadi, ya‟ni 20-30% gacha hosilni kamaytiradi. 
    O„zbekistondagi sholipoyalarda begona o„tlarning 50 ga yaqin turi aniqlangan, 
    shulardan sholiga eng katta zarar yetkazadigan 22 turi muttasil sholi ekiladigan 
    maydonlarda 7-12 turi, sholi almashlab ekish dalalarida yanada ko„prog„i 
    tarqalgan. Begona o„tlarning suvga bo„lgan munosabatiga asoslanib, ular quyidagi 
    guruhlarga ajratiladi: 
    1. Quruqlikda o„sadiga begona o„tlar (mezofitlar). Oddiy namlangan 
    yerlarda o„sadi. Sholi almashlab ekish dalasiga kiritilgan quruqlikda o„sadigan 
    ekinlar orasida en ko„p tarqalgan.
    2. Nam sevuvchi begona o„tlar (gigrofitlar). Ular haddan tashqari sernam 
    yerlarda botqoqda o„sadigan o„tlar. Bular uzoq vaqt suv bostirilgan joylarda o„sadi. 
    Ularning yer usti qismlari havoda (ochiqda) o„sishga moslashgan.
    3. Suvda o„sadigan begona o„tlar (limnofillar) muttasil suv bostirilgan 
    yerlarda, tabiiy ko„l va havzalarda o„sadi. Ularning poyasi va barglari suvda 
    bo„ladi yoki suv yuzasida qalqib yuradi. Eski sholipoyalarda va ariqlarda, muttastl 
    sholi ekiladigan joylarda ko„p o„sadi.
    4. Suvgullar (gidrolxaritlar). Bular faqat suvli botqoqliklarda va ko„llarda 
    o„sadi, ildizi bo„lmaydi. Poyasi va barglari suv tagida yoki suv yuzida qalqib 
    yuradi. Ular asosan ariqlarda kamdan-kam xollarda suv bostirib sug„oriladigan eski 
    sholipoyalarda o„sadi.
    5. Suv o„tlar (algarlar) ko„zga ko„rinmaydigan bir hujayrali eski birmuncha 
    yirik to„p-to„p shilliqsimon parda yoki ipsimon massa hosil qiladigan tuban 
    o„simliklar. Ular nam tuproqda, boshqa o„simliklarning suv osti qismlarida yoki 
    suv yuzasida o„sadi, sholipoya hamda ariqlarni ifloslantiradi.
    Bulardan sholiga eng ko„p zarar etkazadiganlari g„alladoshlar oilasiga 
    mansub kurmaklar: shamak, kurmak va itqo„noqdir. Bu begona o„tlar biologik 
    belgilari jihatidan sholiga yaqin turadi. Ularning hammasi bir yillik bahori o„simlik 
    hisoblanadi. Faqat urug„dan ko„payadi. Ular O„zbekistonda sholi orasida o„sadigan 
    begona o„tlarning eng ashadiysi hisoblanadi.


    165 
    Begona o„tlarga qarshi agrotexnikaviy kurash choralari. Bahorda sholi 
    ekishga qadar yerni ishlash imkoni boricha begona o„tlar urug„ini undirib olish va 
    boshqa begona o„tlarga qarshi yerni plug, yumshatgichlar, har xil kultivatorlar, 
    diskli qurollar va boronalar bilan bir necha marta ishlash yaxshi samara beradi. Suv 
    qatlami begona o„tlar maysasini yo„qotishda katta rol yo„naydi. Sholipoyalarga 
    bostirilgan suv qatlami qalin bo„lsa, ma‟lum vaqtdan keyin begona o„tlara halokatli 
    ta‟sir etadi. Masalan, kurmakni maysaligida yo„qotish uchun 5-7 kun davomida 
    sholipoyalarga 20-30 sm qalinlikda suv bostirib qo„yish keng qo„llaniladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish