• Suvga talabi
  • Oziq elementlariga bo„lgan talabi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet129/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yorug„likka munosabati. O„simliklarning o„sishi va rivojlanishi yorug„lik 
    eng muhim omillardan hisoblanadi. Marjumak fotoperiodizmi tadqiqotlarida 
    aniqlanishicha marjumak davomiyligi 17-19 soatli kunda yaxshi rivojlanadi. Qisqa 
    8-12 soatli kunda marjumak tez gullaydi va pishadi, ko„proq shoxlanadi, lekin 
    mahsuldorlari kam, chunki balandligi va barg soni kamayadi.
    Suvga talabi. Marjumak namlikni yaxshi ko„radigan ekin turi bo„lib 
    hisoblanadi. Bu yuqori hosil olish uchun suvning yuqori sarfi bilan o„zaro bog„liq. 
    E.A.Stoletovaning ma‟lumotlariga ko„ra 20 ts. don va 50 ts. somon hosili yaratish 
    uchun 1 ga 3500 t. suv talab qilinadi. Har xil olimlarning ma‟lumotlariga ko„ra 
    transpiratsion koeffitsient 371 dan 600 gacha bo„lishi kerak. Ma‟dan o„g„itlarning 
    turi va me‟yoriga ko„ra transpiransiyaga koeffitsienti NPK-322, NP-323, PK-464, 
    N-327, P-484, K-530 va o„g„itsiz 506.
    Marjumakning urug„i unib chiqayotganda urug„ vazniga nisbatan 40-50% 
    sarflaydi. Dala sharoitida urug„lar tuproqning quruq vazniga nisbatan tuproq 
    namligi 30% bo„lganda normal rivojlanadi. Gullash davrning ikkinchi yarmida 


    185 
    suvga munosabati bo„yicha kritik davr bo„lib hisoblanadi va u odatda 20 kun 
    davom etadi.
     
    Oziq elementlariga bo„lgan talabi. Marjumak ko„p miqdorda oziq 
    elementlari talab qiladi va iste‟mol qiladi. 1 ts. donni va shunga mos somonni 
    yaratish uchun, tuproqdan 4,4 kg azot, 3 kg fosfor va 7,5 kg kaliyni olib chiqib 
    ketadi. Azot va fosforning miqdori mevasida, kaliy esa vegetativ massasida ko„p 
    bo„ladi. Marjumakning ildiz tizimi oziq moddalarning qiyin o„zlashtiradigan 
    shakllarini qabul qilish qobiliyatiga ega. Marjumak fosfor kislotasini qiyin eruvchi 
    fosforitlardan ham o„zlashtiradi. Oziqa unsurlarning eng ko„p miqdorini marjumak 
    gullash va meva hosil qilish davrida qolgan qismini esa gullashgacha o„zlashtiradi.  

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish