• 2-jadval Dukkakli ekinlarda faol simbioz uchun tuproq muhitiga bo„lgan talab
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
     
    6
    Allen V.Barker-Science and Technology of Organic Farming/ CRC Press.Taylor.Francis Group Boca Raton 
    London New York, 2010, 109 page 


    22 
    2-jadval 
     Dukkakli ekinlarda faol simbioz uchun tuproq muhitiga bo„lgan talab 
     
    T. r. 
    Ekinlar 
    pH 
    4,0 
    5,0 
    5,5 
    6,0 
    6,5 
    7,0 
    7,5 

    Lyupin turlari 








    Duragay 
    sebarga, dala 
    ko„k no„xati 








    Qizil sebarga, 
    vika, ko„k 
    no„xat 








    Soya 








    Oddiy loviya, 
    burchoq, no„xat 








    Beda, bargak, 
    qashqarbeda 







     
     
    Eslatma: 0-simbioz yo„q, 1-juda sust, 2-simbioz cust, mayda tuganaklar 
    bo„ladi, 3-simbioz o„rtacha, tuganaklar ko„p, mayda, 4-tuganaklarning yarimi 
    yirik, pushti rangli, 5-tuganaklar yirik qizil rangli.
     
    Agar o„simlik shu mintaqada doimo ekib kelingan bo„lsa, tuproqda 
    moslashgan rhizobium bakteriya tur xillari mavjud bo„ladi va bakterial o„g„it 
    ishlatilmaganda ham simbioz ro„y beradi. Masalan, O„zbekiston sharoitida no„xat, 
    beda, mosh doimo ekib kelingan ekinlar, bu ekinlarga moslashgan rhizobium 
    bakteriyalari tuproqda mavjud, shuning uchun nitragin qo„llanmagan holda ham 
    o„simliklarda biologik azotning o„zlashtirilishi kuzatiladi. Ammo, soya ekini 
    Respublikamizda keng tarqalmagan, doimo ekib kelinmagan, shuning uchun soya 
    ekilgan maydonlarda maxsus nitragin qo„llanganda biologik simbioz ro„y beradi.
    Tuproqda simbioz jarayoni o„tishi uchun ikkinchi shart - tuproq muhitining 
    muqobil bo„lishi. Tuproq muhiti pH-4,2 bo„lganda qizil sebarga 13 kg azot 
    to„playdi, beda esa mutlaqo azot to„plamaydi. Tuproq muhiti pH-6,5 bo„lganda 
    qizil sebargada azot to„planishi 4 barobarga, bedada-6 barobarga ortgan. 


    23 
    Bu jadvalda ekinlarda simbioz jarayonining o„tishi uchun tuproq muhitining 
    ta‟siri ko„rsatilgan. Amalda bundan foydalanish zarur.
    Faol simbioz uchun uchinchi shart - maqbul namlik. Tuproq namligi talabga 
    javob bermasa faol simbioz kuzatilmaydi. Dukkakli ekinlarda faol simbioz tuproq 
    namligi 100-60% DNS nisbatan bo„lganda kuzatiladi. Ekin turlariga qarab 
    tuproqning namlik darajasi har xil bo„ladi.
    Suv yetishmasa, ekishdan oldin urug„ga nitragin bilan ishlov berilsa ham 
    ildizda tuganaklar rivojlanmaydi (ko„k no„xat, vika, qizil sebarga). Tuganakmeva 
    rivojlanmagan bo„lsa, ekin hosili keskin kamayadi. O„zbekiston sharoitida 
    yog„ingarchilik o„suv davrida kam bo„ladi yoki mutlaqo bo„lmaydi. Dukkakli 
    ekinlarda tuganaklar sug„oriladigan sharoitda yaxshi rivojlanadi.
    Simbioz holatning o„tishi uchun tuproqning havo tizimiga ham bog„liq 
    bo„ladi. 1 ml havo azotini o„zlashtirish uchun 3 ml kislorod sarf bo„ladi. Odatda 
    tuganakmevalar tuproqning havo bilan ta‟minlangan 0-10 sm chuqurlikdagi 
    tuganakmevaning tashqi qismidan markazga kislorod yetkazadi va buning 
    natijasida havo azoti faol o„zlashtiriladi. Umuman yengil g„ovak tuproqlarda 
    tuganaklar ko„p hosil bo„ladi.
    Tuganaklarni yaxshi rivojlanishi uchun ma‟lum darajada issiqlik talab 
    qilinadi. Qisqa kunli ekinlarda faol simbioz 20-30
    o
    C da, uzun kunli ekinlarda 15-
    20 
    o
    C da o„tadi. Tabiatning eng shimoliy mintaqalarida shu sharoitga moslashgan 
    dukkakli ekinlarda simbioz 0
    o
    C da ham o„tadi.
    Markaziy Osiyoning dasht va yarim dasht mintaqasida harorat 45 
    o

    bo„lganda ham tuganak hosil bo„ladi (yantoq). Nam yyerlarda dukkakli ekinlarda 
    tuganaklar faol rivojlanadi (soya, mosh, no„xat). 
    Biologik azotni o„zlashtirish ekinni oziqa elementlari bilan ta‟minlanishiga 
    bog„liq. Havo azotini o„zlashtirish adenozintrifosfat kislota (ATF) ishtirokida 
    o„tadi. Bu kislotaning asosiy tarkibiy qismi fosfat kislota hisoblanadi, shuning 
    uchun ekin, albatta, fosfor bilan ta‟minlanishi lozim.
    Fosfor yyetarli bo„lmaganda, bakteriyalar ildiz xujayrasiga kirib boradi
    ammo tuganakmeva hosil bo„lmaydi. Albatta, ekinlarni fosforga bo„lgan talabi bir 


    24 
    xil
    emas. Ayrim ekinlar tuproqdagi kam eriydigan fosfat tuzlarini o„zlashtiradi, bu 
    ekinlarga fosforli o„g„itlar kam ishlatiladi (lyupin turlari).
    Kaliy ekinlarda ozuqa moddalarning harakatini ta‟minlaydi. Bu element 
    ytishmasa, simbioz jarayonining faolligi kamayadi. Simbiozning faol o„tishida 
    mikroelementlarning ta‟siri ham mavjud. Ulardan, ayniqsa, bor, molibden zarur. 
    Bir gektarga 1 kg bor va 20-50 g molibden sarflanadi.
    Tuganaklarning shakllanishi va rivojlanishi uchun tuproqdagi biologik sharoit 
    ta‟sir qiladi. Tuproqdagi bakteriofaglar va xasharotlarning qurti tuganakga zarar 
    keltiradi. Tuganaklarning rivojlanishiga nematodlar katta zarar keltiradi.
    Demak, har bir mintaqada simbioz jarayonining faol o„tishiga salbiy ta‟sir 
    ko„rsatadigan omil mavjud. Biologik azot evaziga dukkakli ekinlardan ancha 
    yaxshi hosil olinadi: 1 gektar dukkakli - don ekinlardan 3 t urug„, sebargadan 12 t 
    pichan, bedadan 14-15 t pichan to„planadi. Mineral azot qo„llanganda esa hosil 
    oshmaydi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish