• Sistematikasi.
  • -jadval Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg)




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet133/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    34-jadval
    Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg) 
    ( G.S.Posypanov ma‟lumotlari) 
     
    Aminokis-
    lotalar 
    Soya 
    Loviya 
    Yasmiq 
    Ekma 
    ko„k 
    no„xat 
    Ekma 
    burchoq 
    No„xat 
    Lizin 
    24,0 
    23,3 
    22,3 
    22,7 
    18,4 
    20,7 
    Metionin 
    5,0 
    1,5 
    4,0 
    1,0 
    4,1 
    5,2 
    Sistin 
    4,6 
    6,2 
    6,3 
    2,8 
    3,0 
    4,8 
    Arginin 




    23,1 

    Leysin 




    33,5 

    Fenilalanin 
    16,0 
    14,6 
    13,0 
    11,6 
    15,5 
    11,3 
    Treonin 
    13,0 
    11,0 
    10,9 

    12,0 
    10,5 
    Valin 

    16,0 
    15,8 
    11,0 
    12,5 

    Triptofan 



    1,8 
    2,9 

    Gistidin 
    8,0 
    6,5 

    4,9 


    Yer yuzida dukkakli-don ekinlar 135 mln. ga maydonga ekiladi. Yer yuzida 
    soya, loviya, ko„k no„xat ko„p ekiladi. O„zbekistonning suvli yerlarida loviya 
    turlari, shu jumladan, mosh, lalmi yerlarda no„xat qadimdan ekilib kelinmoqda. 
    Oxirgi yillarda soya ekiniga ancha e‟tibor berilmoqda, oraliq ekin sifatida kuzgi 
    vika, ko„k no„xat ekilmoqda.
    Sistematikasi. Dukkakli-don ekinlar dukkakdoshlar Fabaceae oilasiga 
    mansub bo„lib bir nechta avlodlarni o„z ichiga qamrab olgan. Ulardan asosiylari: 


    191 
     No„xat  
     Ko„k no„xat 
     Soya 
     Loviya 
     Yasmiq 
     Burchoq 
     Lyupin 
     Vigna 
     Kayanus 
     Kanavaliya 









    Cicer arietinum L.  
    Pizum sativum L. 
    Glycine hispida Max. 
    Phaseolus vulgaris L. 
    Ervum Lens L. 
    Lathyrus sativus L. 
    Lupin L
    Vigna catjang. 
    Cajanus Spr. 
    Canavalia DC. 
     
    Morfologiyasi 
    Ildiz - don-dukkakli ekinlarning ildizi o„q ildiz bo„lib, tuproqqa 2 metr 
    chuqurlikga kirib boradi, asosiy miqdori tuproqning 30 sm. Chuqurligigacha 
    joylashadi. Dukkakli ekinlarning ildizida tuganaklar bo„ladi, bu tuganaklarda havo 
    azotini o„zlashtiradigan bakteriyalar - Rhizobium yashaydi. Ekinlarni turiga qarab 
    ildizda bakteriyalarni har xil tur xillari bo„ladi. Tuganaklar shakli va kattaligi bilan 
    farq qiladi. Tuganaklar yirik va ko„p bo„lsa, demak havo azoti yaxshi 
    o„zlashtiriladi va tuproqda ancha azot to„planadi. Ekinlarning ildizida tuganaklar 
    yaxshi rivojlanishi uchun urug„lar ekilishidan oldin sun‟iy maxsus bakteriya 
    yuqtiriladi. Bu bakteriyali o„g„it nitragin deb ataladi.
    Poya dukkakli ekinlarnin poyasi o„tsimon yoki chirmashib o„sadi, tukli va 
    tuksiz bo„ladi. Masalan, no„xat, xashaki dukkaklar, soya ekinlarining poyasi tik 
    o„sadi, ko„k no„xatni poyasi chirmbashib o„sadi. Dukkakli ekinlarning poyasi 
    shoxlanadi. Yon shoxlar barg qo„ltiqlaridan o„sib chiqib ikki xil bo„ladi: 
    monopodial va simpodial. Monopodial shoxlar poyada pastdan yuqoriga qarab 
    rivojlanadi, simpodial shoxlar esa yuqoridan pastga qarab rivojlanadi, bu holda 
    asosiy poyani uchki qismida gulto„plam hosil bo„ladi.
    Barg - barcha dukkakli-don ekinlarining bargi, tuzilishi bo„yicha bir-biridan 
    ancha farq qiladigan 3 ta guruhga bo„linadi: 


    192 
    1) patsimon barglar 
    2) uchtali barglar 
    3) panjasimon barglar.
    Patsimon barglar juft va toq patsimon bo„ladi. Toq patsimon barglarning 
    uchida toq yaproqchasi bo„ladi. Juft patsimon barglar uchida yirik-mayda va har 
    xil darajada shoxlangan jingalaklar mavjud. Ba‟zi bir ekinlar jingalaklar yordamida 
    tayanch o„simlikka o„ralib o„sadi.
    Umuman barglar yirik-mayda, tukli-tuksiz bo„lishi mumkin. Bargning 
    asosida har xil shakldagi yonbargchalar bo„ladi. Yonbargchalarga qarab ekin 
    turlarini aniqlash mumkin 
    Gul - dukkakli ekinlarning gullari aksariyat holda barg qo„ltiqlarida, 1-2 
    tadan joylashadi, ayrim turlarida shingil shakldagi gulto„plam hosil qiladi. 
    Dukkakli ekinlarning gullari kapalaksimon bo„ladi, gullar ikki jinsli bo„lib 5 ta 
    gultojibargdan tashkil topgan. Gultojibarglar har xil bo„ladi, eng yirigi elkan, yon 
    tomondan ikkita kichikrog„i qanot va pastki cheti bilan bir-biriga tutashib o„sgan, 
    ikkita pastkisi qayiqcha deb ataladi. Changchisi 10 ta bo„lib, to„qqiztasi tutashib 
    o„sadi, o„ninchi erkin o„sadi.
    Meva - gullar changlangandan keyin tugunchasi o„sib mevaga aylanadi. 
    Mevasi dukkak dyeyiladi. Mevada kalta bandga joylashgan urug„lar mavjud. 
    Ko„pchilik dukkakli don ekinlari yetilganda dukkagi uzunasiga chatnaydi, urug„ 
    sochiladi. Ayrim ekinlarda (mahalliy no„xat, yasmiq, oq lyupin) mevasi 
    chatnamaydi.
    Dukkakning shakli cho„zinchoq, romb shaklida, silindrsimon, buyraksimon, 
    yuzasi silliq, burushgan, tukli yoki tuksiz bo„ladi. Dukkakda bittadan o„ntagacha 
    urug„ bo„ladi.
    Urug„ - dukkakli don ekinlarini urug„i qo„ng„irboshli don ekinlaridan farq 
    qilib urug„i dukkagining-ichida joylashadi. Urug„ qalin po„st bilan qoplangan. 
    Uning yuzasi ekin turiga qarab silliq, yaltiroq, burishgan bo„ladi. Urug„ning ustida 
    turlarni bir-biridan ajratishga yordam beradigan har xil belgilari bo„ladi. Shulardan 
    biri - urug„ kertigi, urug„ bandining, urug„ rivojlanib chiqadigan urug„kurtakka 


    193 
    birikadigan joyidir. Urug„ yetilganda ana shu joyda dukkak pallasidan ajraladi. 
    Dukkakli-don ekinlar urug„ kertigini katta-kichikligi, rangi, shakli va holati bilan 
    bir-biridan farq qiladi. Urug„ bo„ktirilganda o„sha kertik orqali urug„ ichiga suv 
    kiradi urug„ kertigining o„rtasida kertik izi, urug„ kertigining bir uchida uruqqa 
    kirish izi (mikropile), ikkinchi uchida urug„kurtakning asosi-xalaza-dog„chalar 
    ko„rinishdagi tuzilmalarni ko„rish mukin. Mikropile loviya urug„larining kertigida 
    yaxshi seziladigan bo„ladi.
    Urug„ qobig„ining tagida murtak joylashgan. Dukkakli ekinlarda 
    qo„ngirboshli don ekinlari kabi endosperm bo„lmaydi. Murtak rivojlanishining 
    birinchi davrida zarur oziq moddalar uning o„zida, urug„palla barglarida zaxira 
    xolda to„planib boradi.
    Dukkli o„simliklar urug„ining murtagi urug„ning ikkita yarmidan iborat 
    bo„lgan, ikkita urug„palladan tashkil topgan bo„lib, ular bir tomondan ochiladi, 
    ikkinchi tomonidan esa urug„ kertigi yonida tutashgan bo„ladi. Urug„pallalar urug„ 
    kertigi bilan tutashgan joyda murtak ildizchasi bilan kurtakcha bo„ladi. Ba‟zi 
    dukkakli ekinlar urug„ining kurtakchasi ancha baquvvat rivojlangan va dastlabki 
    ikkita chinbarg boshlang„ichiga ega bo„ladi, o„simlikning o„sish nuqtasi shularning 
    orasida bo„ladi. Urug„ning tuzilishini bo„rtgan urug„lardan ko„rish eng qulay 
    bo„ladi. Bunday urug„larning po„sti oson ajraladi va murtagining barcha qismi 
    yaxshi ko„rinib turadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg)

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish