199
No„xat unib chiqquncha va unib chiqqandan keyin qatqaloq va
ko„karayotgan begona o„tlarni yo„qotish maqsadida
yer bir-ikki marta borona
qilinadi. O„rmalovchi traktorga tirkalib qatorlarni ko„ndalaneg yoki “zig-zag”
borona bilan diagonal bo„ylab boronalash o„simlikka deyarli zarar yetkazmaydi.
No„xat kunduz kuni o„simlik so„libroq turganda va mo„rtligi kamayganda
boronalanadi. Qator oralaridagi begona o„tlar bir-ikki
marta kultivatsiya qilib
yo„qotiladi, bunda kultivatorga o„tkir charxlangan yassi kesuvchi panja va tig„lar
o„rnatiladi.