2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi

 


 

Phaseolus vulgaris L.
Phaseolus lunatus L. 
Phaseolus acutifolius Aza Gray 
Phaseolus multiflorus Wild
Osiyo loviyalaridan ko„p tarqalgani: 
 Osiyo loviyasi yoki mosh
 Adzuki
 Sholisimon loviya 



Phaseolus aureus Pip.
Phaseolus angularis Wilch. 
Phaseolus calcaratus Piper 
Biologiyasi. Loviya issiqsevar o„simlik, urug„i kamida 8-10 °C da unib 
chiqadi. Maysasi -0,5-11,0 °C da nobud bo„ladi. Maysalanish uchun eng muqobil 
harorat 15-18 °C, gullash uchun 18-25 °C, meva hosil qilishda 20-23 °C talab 
qilinadi.
Loviya-namsevar o„simlik. O„zbekistonda sug„oriladigan yerlarda ekiladi. 
Tuproqqa talabchan, unumdor, tuproq muhiti pH 6,5-7,0 da o„sadi. Loviya 
turlarining orasida kam sho„rlangan tuproqlarda mosh, tepari va lima turlari 
ekiladi. O„suv davri 75-120 kun.
 
 


202 
Yetishtirish texnologiyasi 
O„tmishdosh. Mosh kuzgi don ekinlaridan, kartoshka, sabzavot
makkajo„xori, sholi va boshqa ekinlardan bo„shagan yerlarga ekiladi.
Bahorda ekish uchun yer kuzda haydaladi, yerta bahorda borona qilinadi. 
Ekishgacha begona o„tlar ko„payib tuproq qotib qolgan bo„lsa yoppasiga 
kultivatsiya qilinadi. Ang„izga ekilsa oldingi ekinning hosili yig„ilib, yer 
sug„oriladi. Yer yetilganda 22-25 sm chuqurlikda haydaladi. Vaqtdan yutish uchun 
oldingi ekinning hosili yig„ilishidan bir hafta oldin sug„orilib, hosil yig„ilgandan 
keyin ketma-ket yerni haydash mumkin, ketidan yoppasiga kultivatsiya qilinadi va 
borona yurgiziladi. Yer haydashdan oldin gektariga 40-60 kg sof modda hisobida 
fosfor va 20-40 kg kaliy solinadi. Shonalash va gullash davrida 20-30 kg fosfor va 
10-20 kg kaliy solinadi. Tuproqda chirindi va azot miqdori kam bo„lsa azotli 
o„g„itlar qo„llaniladi. Azotli o„g„itlarni ekishdan oldin va o„suv davrida solish 
mumkin, me‟yori 20-30 kg. Agar azotli o„g„itning me‟yori oshib ketsa biologik 
azot o„zlashtirilmaydi.
Mosh (yoki loviyaning boshqa turlari) aprel oyining oxirida yoki may oyida 
va takroriy ekin sifatida iyun oyining oxirida keng qatorlab ekiladi. Qator orasi 60 
sm, ekish tizimi 60 x 20, 60 x 15 bo„ladi. Ekish me‟yori 0,25-0,40 mln. dona urug„ 
ekiladi. Mosh don seyalkalarida ekiladi, oddiy loviya esa makkajo„xori yoki chigit 
ekadigan seyalkalarda ekiladi, ekish chuqurligi 3-5 sm bo„ladi.
O„suv davrida 3-5 marta sug„oriladi, o„toq qilinadi, qator oralari chopiq 
qilinadi. Gullash va don tugish davrida ko„proq sug„oriladi. Mosh ko„k o„g„it 
uchun ekilgan bo„lsa, don tuga boshlagan vaqtda g„altak mola bosiladi, so„ngra 
ikki tomonlama disklanadi va 27-30 sm chuqurlikda chimqirqar plug bilan shudgor 
qilib haydaladi.
Begona o„tlarga qarshi dukkakli-don ekinlarda qo„llanadigan gekrbitsidlar 
loviyada ham ishlatiladi.
Dukkaklar 75-80 pishganda hosil yig„iladi. Pishganda don naviga xos turga 
kiradi. Hosilni ertalab yoki kechqurun dukkagi kam chatnaydigan vaqtda yig„ish 
lozim. Ekin o„riladi, xirmonda quritiladi. Don kombaynda yanchiladi, don 


203 
tozalaydigan OS-3,0 S mashinalarida tozalanadi, keyin don quritiladi. Namligi 14-
15% bo„lganda don maxsus ajratilgan omborlarda saqlanadi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish