25
Umuman biologik simbioz boshlanish davrigacha
dukkakli-don ekinlar
tuproqdan 6-7 kg/ga, ko„p yillik o„tlar 1,5-2,0 kg azot o„zlashtiradi. Bu miqdordagi
azot har qanday tuproq turida mavjud. Biologik simbioz ro„y
bermagan sharoitda
30 kg mineral azot hosilni 1,5-2,5 s/ga oshiradi. Biologik simbioz boshlanganda bu
mineral azot simbiozni 6-10 kunga to„xtatadi. Ko„pchilik
olimlarning fikri
bo„yicha mineral azot dukkakli ekinlar uchun zarar keltiradi,
chunki biologik
simbioz butunlay kuzatilmaydi.
Tuproqda rhizobium bakteriyalari bo„lmagan holda dukkakli-don ekinlarini
yetishtirishda 100-150 kg/ga mineral azot qo„llanadi,
ammo bu eng qimmatbaho
hosil yetishtirish usulidir. Ko„p yillik dukkakli o„tlarni etishtirganda bahorda
qishlab chiqqandan va o„rimlardan keyin solinadigan 60-100 kg/ga
mineral azot
tuganaklarda leggemoglobinni kamaytiradi. Tuganak o„sishdan to„xtaydi.
Shonalash davriga kelib tuganaklar soni yana ko„payadi. Har o„rimda bu jarayon
takrorlanadi.