2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Hosilni yig„ish. Amal davrida qator orasiga ishlov beriladi, 1-3 marotaba 
sug„oriladi. Dukkakning 50% yetilganda hosilni yig„ish mumkin. Hosil 
kombaynlar bilan yig„iladi.
O„zbekiston sharoitida ertapishar nav 85 kunda yetiladi, kechpishar nav 
100-128 kunda. Don namligi 14-15% da saqlanadi.  
 
 


227 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Vignani kelib chiqish markazlari? 
2. Vignaning tarqalishi? 
3. Urug„ unib chiqishi uchun qanday harorat talab qilinadi? 
4. Amal davrining davomiyligi necha kunni tashkil etadi? 
5. Vigna qanday changlanadi? 
6. Vigna uchun o„tmishdosh ekinlar? 
7. Vignani ekish me‟yori qancha bo„ladi? 
8. Vignani ekish usuli? 
9. Vignani ekish muddati? 
10. Vigna hosili qanday yig„iladi? 
 
Pedagogik texnologiya 
“BBB” texnologiyasi 
Mavzu matnini o„qib chiqib, olingan ma‟lumotlarni induvidual sohalarga 
ajrating. Qadam bilan qo„yilgan belgilar asosida BBB jadvalini to„ldiring 
 
BBB jadvali 
№ 
Mavzu savollari 
Bilaman 
Bilishni 
istayman 
Bilib oldim 




 
 


228 
IV. YEM-XASHAK O„TLAR 
4. 1. Yem-xashak o„tlarning umumiy tavsifi 
 
Chorva mollarining to„yimli ozuqaga bo„lgan talabi tabiiy yaylovlardan
pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlardan tayyorlangan ozuqalar 
bilan qondiriladi. Yem-xashak ekinlarining orasida yem-xashak o„tlardan: ko„kat, 
pichan, silos, vitaminli un, senaj kabi to„yimli ozuqalar tayyorlanadi. Bu 
ozuqalarning tarkibida hayvonlar hayoti uchun zarur bo„lgan vitaminlar, oqsil 
moddalar, moy, mineral tuzlar mavjud. O„tlardan tayyorlangan ozuqalar xushbo„y, 
oson hazm bo„ladi.
Yem-xashak o„tlar guruhiga ko„p yillik dukkakli, qo„ng„irbosh va bir yillik 
dukkakli, qo„ng„irbosh o„tlar hamda boshqa oilaga mansub ekinlar kiradi.  
1)Bir gektardan boshqa o„tlarga nisbatan 2-3 marta ko„p, o„rtacha 2,5-3,0 t. 
oqsil to„playdi. Shuning uchun dukkakli o„tlardan eng to„yimli ozuqalar 
tayyorlanadi.
2)Dukkakli o„tlar tarkibidagi oqsil yuqori sifatli bo„lib, unda hayot uchun 
zarur aminokislotalar mavjud, shu tufayli bu oqsil yaxshi hazm bo„ladi.
3)Eng muhim biologik xususiti shundaki, bu o„tlar biologik azot to„playdi.
4)Mineral azot ko„p ishlatilsa, tuproq mikroflorasi faollashib organik 
yig„indini mineral moddalarga aylantirib tuproqning tarkibidagi chirindini 
kamaytiradi va oqibatda unumdorligi pasayadi. Azotning ortiqcha qismi sizot 
suvlariga etib boradi 
5)Dukkakli o„tlarni mohiyati ularning biologik xususiyati bilan bog„liqdir, 
bu-dukkakli o„simliklarning havo azotini o„zlashtirib tuproqda azot to„plash 
xususiyati, ko„p yillik dukkakli o„tlar 2-3 yilda bir gektarda 200-400 kg azot va 
ancha ildiz qoldiqlarini to„playdi. Bu ekinlardan bo„shagan erlarga ekilgan dala 
ekinlarining hosildorligi ancha oshadi.
6)Ko„p yillik dukkakli o„tlar uzoq o„suv davri davomida ekin maydonlarini 
tuproq emirilishidan saqlaydi, ayniqsa, erta bahor va kuz davridagi yog„ingarchilik 
paytida.


229 
8)Ko„p yillik ekin bo„lganligi uchun har yili ekilmaydi, urug„ talab 
qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi. Umuman, ko„p yillik o„tlarni yetishtirishda 
sarf-harajat kam bo„ladi. Ko„p yillik dukkakli o„tlarning salbiy tomoni: tuproq 
muhitiga talabchan, tuproqda fosfor, kaliy, bor, molibden yetarli miqdorda talab 
qiladi, urug„chiligi ancha qiyin.
Dukkakli o„tlar o„rilgandan keyin o„sish boshlanishidan shonalash va 
gullash davrigacha ko„kat miqdori tez ko„payib boradi. Gullash davridan boshlab 
bu jarayon sustlashadi, ko„kat tarkibida azot kamayib boradi.
O„simlikdagi oziq moddalar ildizida to„planadi. Bu qishlab chiqishga 
yordam beradi. Gullash davrining boshlanishida ko„kat tarkibida 14-18% oqsil 
bo„ladi. Gullash davrini oxirida uning miqdori kamayadi, to„qima ko„payadi, oziq 
sifati pasayadi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish