232
Avstraliyaga tarqalgan. Bedaning vatani Osiyo mintaqasi hisoblanib,
hozirgi
vaqtda yer yuzida keng tarqalgan holda o„rtacha 30 mln. gektar yerga ekiladi.
O„zbekistonda 2015 yil bedaning ekin maydoni 85 ming. ga ni tashkil qilgan.
Sistematikasi. Beda dukkaklilar (
Fabaceae) oilasiga,
Medicago turkumiga
mansub. Bu avlod yer yuzida tarqalgan madaniy va 100 ga yaqin yovvoyi turlari
kiradi. Eng ko„proq ekiladigan turlari: ko„k beda-
M. sativa, sariq beda-
M. falcata
L.,
durugay beda-M. media L, zangori beda-
M. coerulae L, xmelsimon beda-M.
lupulina L.
Biologiyasi
Issiqlikka talabi. Urug„i 1-3
o
C unib chiqadi, o„rtacha harorat 18-20
o
C.
Harorat 30
o
C dan oshsa urug„ning unib chiqishiga noqulay sharoit vujudga
keladi. Maysasi -6
o
C sovuqqa chidaydi. Qishda qor qalin bo„lsa beda -40
o
C
sovuqqa chidaydi, o„rtacha qishlab chiqadi. Bedaning poyalari yoyilib o„sadigan
turlari sovuqqa chidamliroq bo„ladi. Bedaning
qishlab chiqishi va sovuqqa
chidamliligi ko„pincha yetishtirish sharoitiga bog„liq. Ekish muddati oxirgi
o„rimni o„rish vaqtiga bog„liqdir. Bahorda beda 5-7
o
C da o„sa boshlaydi,
qayta
o„sishdan gullash davrigacha beda taxminan 800
o
C faol harorat talab qiladi.
Namlikka talabi. Beda namsevar o„simlik urug„ini bo„rtishi uchun 100-
120% suv sarflaydi, tuproqning namligi dala nam sig„imiga nisbatan 70-75%
bo„lishi kerak. Bir gramm quruq modda hosil qilish uchun beda 700-800 g. suv
sarflaydi. O„rtacha bedaning transpiratsiya koeffitsienti 700-900 birlikka teng.
Ildiz yaxshi rivojlanganligi uchun beda tuproqning chuqur qatlamidagi suvni
o„zlashtira oladi, kunning issiq paytlarida bir qism barglarini to„kadi, o„sishdan
to„xtaydi, biroq yog„ingarchilik boshlanganda yoki sug„orilganda o„sish yana
davom etadi. Shuning uchun beda lalmi yerlarda ham ekiladi.