• Oziqaga talabi
  • Tuproqqa talabi
  • Bedaning o„sishi va rivojlanishi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet160/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yorug„likka talabi. Beda yorug„sevar uzun kun o„simligi, yorug„lik davri 
    16-17 soat davom yetganda yaxshi rivojlanadi. Beda qoplovchi o„simliklar bilan 
    ekilsa, sekin o„sadi va sust rivojlanadi.


    233 
    Oziqaga talabi. Beda tuproqdan ko„p oziq o„zlashtiradi, chunki u serhosil 
    o„simlikldir. Bir tonna pichan yetishtirish uchun beda 6 kg fosfor, 17-20 kg kaliy 
    va ancha kalsiy o„zlashtiradi. Gubaydullin va Senikeev ma‟lumotlari bo„ycha beda 
    50 s pichan yetishtirish uchn 130 kg azot, 33 kg kaliy va 135 kg kalsiy 
    o„zlashtiradi. O„rtacha bir tonna pichan hosil qilish uchun 6 kg P
    2
    O
    5
    , 17-20 kg 
    K
    2
    O, kalsiy va magniy ko„p ishlatiladi.
    Tuproqqa 
    talabi
    Beda 
    unumdor, 
    g„ovak, 
    madaniylashtirilgan 
    sho„rlanmagan, botqoqlanmagan va suvlari chuqur joylashgan tuproqlarda yaxshi 
    o„sadi. Tuproq reaksiyasi pH 6,5-7 bo„lganda beda yaxshi o„sadi, pH 5,0 bo„lsa 
    ildizda tuganaklar rivojlanmaydi, pH 8 va undan ortiq bo„lsa, tuproqni, albatta 
    yuvish kerak bo„ladi. Bedani o„sish va rivojlanish davriga qarab sho„rga 
    chidamliligi o„zgaradi: maysalanish davri 0,2%, shonalash davrida 0,6%, birinchi 
    o„rimdan keyin 0,66 dan ortiq tuzlarga bardosh bera oladi. Beda ekilgan joyga 5-6 
    yildan keyin ekiladi.
    Bedaning o„sishi va rivojlanishi. Qulay sharoitda urug„ ekilgandan 5-6 
    kundan keyin unib chiqadi. Maysasi ikkita urug„ bargi shaklida yer yuzida 
    ko„rinadi. Maysalari juda mayda bo„lib, qatqaloqqa duchor bo„lsa nobud bo„ladi. 
    Maysalar ko„ringandan 3-4 kun o„tgach, birinchi oddiy chinbargi rivojlanadi. 
    So„ngra 12-15 kun o„tgach birinchi murakkab, toqpatsimon, uchtalik chinbargi 
    rivojlanadi. Navbatdagi barglar har 4-5 kunda paydo bo„laveradi. O„simlikda 15-
    20 ta chinbarg rivojlanganda shonalash davri boshlanadi, bu maysalanishdan 40-
    60 kun o„tgandan keyin kuzatiladi. Shonalashdan 10-20 kun o„tgach, gullash davri 
    boshlanadi. Beda pastdan yuqoriga, markazdan atrofga qarab gullaydi. Bahorda 
    ekilgan beda 90-100 kunda gullaydi, 140 kunda to„la yetiladi.
    Beda bahori o„simlik, ekilgan yili 2-4 o„rim beradi, 2-3 yilgi beda 5-7 o„rim 
    beradi, ikkinchi o„rimdan urug„ beradi. Ikkinchi uchinchi yilgi beda birinchi 
    o„rimini 60-70 kunda, ikkinchi o„rimini 40-50 kun, yozgi o„rimlari 28-35 kunda, 
    kuzgi o„rimlari 35-45 kunda yetiladi.


    234 
    rasm-22. Beda o„simligi 
    Urug„dan bitta poya o„sadi, keyingi poyalar ildiz bo„yinidagi kurtaklardan 
    o„sadi. Bir gektar bedada 40-50 gektar barg yuzasi shakllanadi, bu donli 
    o„simliklarga qaraganda ancha ortiqdir. Birinchi yilgi bedada maysalanish, 
    shoxlanish, shonalash, gullash va pishish davrlari kuzatiladi, ikkinchi va keyingi 
    bedalarda: qayta o„sish, poyani o„sishi, shonalash, gullash, pishish davrlari 
    kuzatiladi. Gullash davri ancha davom etadi, shuning uchun urug„ pishishi ham bir 
    vaqtda bo„lmaydi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish