2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
O„g„itlash. Beda serhosil va ko„p o„rimli o„simlik bo„lganligi uchun 
tuproqdan anchagina oziq moddalarni o„zlashtiradi. Oziq moddalar yetarli bo„lsa, 
beda yaxshi va tez o„sadi. Beda yetishtirishda organik va mineral o„g„itlardan 
foydalaniladi. Yer haydashdan oldin organik o„g„itlardan gektariga 10-15 t, 
chirigan go„ng solinganda hosil 30-40% ga oshadi. Ko„pincha organik o„g„it 
o„tmishdosh o„simlikka solinadi. Bunda ham uning ta‟siri sezilarli bo„ladi.
Beda dukkakli o„simlik bo„lgani uchun, unga mineral azot ko„p 
ishlatilmaydi, chunki beda o„zi azot to„playdi, shuning uchun bedaga ko„proq 
fosforli va kaliyli o„g„itlar talab qilinadi. Dastlabki rivojlanish davrlarida bedaning 
fosforga ehtiyoji katta. Bu davrda fosfor yetarli bo„lsa, keyingi davrlarda ham 
beda yaxshi rivojlanadi. Kaliyning ta‟siri fosforga nisbatan kam, shu bois 


236 
birgalikda qo„llansa natija yaxshi bo„ladi. Tuproq turi, unumdorligiga qarab 
gektariga 90-150 kg fosfor va 50-100 kg kaliy solish tavsiya yetiladi. Bu o„g„itlar 
organik o„g„itlarga qo„shib yoki bir qismi ekishdan oldin va o„rimlardan keyin 
ham solinadi. Ikkinchi va uchinchi yilgi bedaga 60-90 kg fosfor va 30-45 kg kaliy 
solish mumkin.
Tuproq tarkibida azot yetarli bo„lmasa, unumdorligi past holda ekishdan 
oldin 50 kg azotli o„g„itlar solinadi. Bedani parvarishlashda molibden, bor, 
marganets kabi mikroelementlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Mikroo„g„itlar 
boshqa mineral o„g„itlarga yoki urug„ga aralashtirilib solinadi. Molibdenli o„g„it 
sifatida molibdenli ammoniy, borli o„g„it sifatida 11% sof bor, 17% borat 
kislotasi, marganetsli o„g„it sifatida 14-16% sof moddasi bo„lgan marganetsli 
shlak ishlatiladi. Bir gektar yerga molibdenli ammoniy 1 kg, bor 2-4 kg, 
marganets 10-15 kg sarflanadi.
Beda qadimdan ekib kelingan. O„zbekiston tuproqlarida bedaga moslashgan 
maxsus tuganakli bakteriyalar yetarli, beda ildizida tuganaklar yaxshi rivojlanadi, 
ammo ayrim holda beda urug„i maxsus tuganakli bakteriyalar bilan ishlov berib 
(yuqtirilib) ekilsa, ildizida tuganaklar ko„p bo„ladi, bu azot yaxshi to„plinishiga 
olib keladi. Bir gektarga ekiladigan uruqqa 150-200 g tuganak bakteriya bilan 
ishlov berilsa, beda hosildorligi oshadi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish