• 7-jadval Tuproqda mikroelement turi va miqdoriga qarab guruhlarga bo„linishi (mg/kg tuproqda)
  • -jadval  Tuproq muhitiga qarab tuproqning azot bilan ta‟minlanishi (mg/kg)




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    6-jadval 
    Tuproq muhitiga qarab tuproqning azot bilan ta‟minlanishi (mg/kg) 
    Ta‟minlanishi 
    pH
    5,0 
    5,0-6,0 
    6,0 
    Juda past 
    50 
    40 
    40 
    Past 
    70 
    60 
    50 
    O„rtacha 
    70-100 
    60-80 
    60-70 
    Yuqori 
    >100 
    >80 
    >70 
    Tuproqda azotning mineral shakllari kam miqdorda bo„ladi. O„simlikning 
    azotni o„zlashtirishi tuproq muhitiga bog„liq.
    O„simlikning o„sishi tuproqdagi mikroelement miqdoriga, tuproq muhitiga 
    bog„liqdir.
    7-jadval 
     Tuproqda mikroelement turi va miqdoriga qarab guruhlarga bo„linishi
    (mg/kg tuproqda) 
     
    Ta‟minla- 
    nishi 
    Bor 
    Molibden 
    Kobalt 
    Mis 
    Rux 
    Marganets 
    Juda past 
    0,1 
    0,05 
    0,2 
    0,3 
    0,2 
    1,0 
    Past 
    0,2 
    0,15 
    1. 0 
    1,5 
    1,0 
    10 
    O„rtacha 
    0,5 
    0,30 
    3,0 
    3,0 
    3,0 
    50 
    Yuqori 
    1,0 
    0,50 
    5,0 
    7,0 
    5,0 
    100 
    Juda yuqori 
    >11,1 
    >10,b 
    >5,1 
    >7,1 
    >5,1 
    >101 
    Ishqorli tuproqlarda marganets va rux yyetarli bo„lmaydi, shuning uchun bu 
    o„g„itlar tuproqqa solinsa hosil oshadi. O„simlikda mikroelementlarga bo„lgan 
    talab ularning fiziologik, biologik jarayonlardagi roliga bog„liqdir. Bor elementi 
    yyetarli bo„lsa, fotosintez jarayoni normal o„tadi. Bor yetishmasa, zig„irda tolaning 


    28 
    sifati ildizmevalarda esa hosil kamayadi Molibden yetishmasa, dukkakli ekinlarda 
    havo azoti kam o„zlashtiriladi.
    Har bir o„simlik uchun o„g„itlash normasi tuzilganda ekinlar tomonidan 
    ozuqaning maksimal o„zlashtirilishi va hosilga sarflanganiga asoslaniladi.
    Maksimal o„zlashtirish va hosil tarkibidagi ozuqa elementlarining farqi ildiz 
    va ang„iz qoldiqlarida to„planadi.
    O„simliklar tomonidan ozuqa moddalarning tuproqdan o„zlashtirishi har xil 
    bo„lib, ekinlarning biologiyasiga bog„liq. Masalan, 1 tonna bug„doy doni 
    yetishtirish uchun 23 kg, kungaboqar esa 18 kg kaliy sarflaydi. Ozuqa 
    elementlarining maksimal o„zlashtirilishi urug„ organik modda ko„p to„planadigan 
    davrda aniqlanadi, tuproqdan o„zlashtiradigan miqdori - hosil yig„imi paytida 
    aniqlanadi. 
    Qo„ng„irboshli o„simliklarda ozuqa elementlarini eng ko„p o„zlashtirish va 
    to„planish vaqti - bu dumbul pishish davrining boshlanishida, dukkakli-don 
    ekinlarda - urug„ to„la to„lishi davrida kuzatiladi. Bu paytda dukkakli-don ekinlarni 
    ko„kat olish uchun o„rish eng muqobil muddatdir. Bu davrdan keyin barg 
    sarg„ayadi, to„qiladi, mayda ildizlar quriydi. Shu jarayonda ozuqa elementlarining 
    bir qismi nobud bo„ladi. O„rtacha 1 t don va tegishli qo„shimcha hosil yetishtirish 
    uchun 29 kg azot, 10 kg fosfor va 19 kg kaliy sarflanadi.
    Dukkakli-don ekinlarning 1 t urug„i va tegishli qo„shimcha hosil bilan 
    tuproqdan 58 kg azot, 19 kg fosfor va 33 kg kaliy o„zlashtiradi. Agar dukkakli 
    ekinlarda biologik simbioz ro„y bermasa hosil 1,5-2,0 barobar kamayadi. Umuman 
    dukkakli-don ekinlar qo„ng„irboshli ekinlarga nisbatan 2 marta yoki undan ortiqroq 
    ozuqa elementlarini o„zlashtiradi.
    Dukkakli o„tlar 1 t pichan yetishtirish uchun qo„ng„irboshli o„tlarga nisbatan 
    tuproqdan 1,5 barobar ko„p azotni o„zlashtiradi. Biologik simbioz yaxshi 
    rivojlangan sharoitda tuproqdan 7 kg azot va havodan 16 kg, 6 kg fosfor va 10 kg 
    kaliyni o„zlashtiradi. Dukkakli va qo„ng„irboshli o„tlarning hosili bir xil bo„lganda 
    qo„ng„irboshli o„tlar tuproqdan ozuqa elementlarini 1,5 barobar ko„p o„zlashtiradi 
    va tuproqning unumdorligini pasaytiradi. 


    29 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval  Tuproq muhitiga qarab tuproqning azot bilan ta‟minlanishi (mg/kg)

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish