• Hosilni yig„ish.
  • 4.7. BERSIM Bersim
  • Biologiyasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet178/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi
    Yetishtirish texnologiyasi. Shabdar sof holda yoki beda, arpa, suli bilan 
    birgalikda ekiladi.
    Ekish. Shabdar kuzda yoki erta bahorda don-o„t ekadigan SZT-47 seyalka 
    yordamida ekiladi. Gektariga 15-20 kg urug„ ekiladi, ekish chuqurligi 1-2 sm. 
    Kuzda ekilganda ketma-ket suv beriladi.
    Boshqa ekinlarga qo„shib ekilsa gektariga 8-10 kg urug„ ekiladi. Ko„pincha 
    bedaga qo„shib ekish tavsiya qilinadi. Shunday qilinsa birinchi o„rimning 85% ni, 
    ikkinchi o„rimini 15% ni shabdar tashkil qiladi. Uchinchi o„rimda shabdar deyarli 
    qolmaydi. Bahorda ekilganda shabdar donli ekinlarga qo„shib ekiladi, bunda 
    gektariga 15 kg shabdar, 50-70 kg don ekinlari ekiladi.
    Sug„orish. Sug„orish uchun oralig„i 60-70 sm egatlar olinadi. O„suv davrida 
    shabdarning har bir o„rimi 2-3 marotaba sug„oriladi, gektariga 600-800 m
    3
    suv 
    sarflanadi.
    Hosilni yig„ish. Ozuqa uchun shabdar gullashning boshida yoki yoppasiga 
    gullaganda o„riladi. Kuzda ekilsa urug„i may oyida pishadi, bahorda ekilsa iyun 
    oyining ikkinchi yarmida pishadi. Urug„lik uchun ekish me‟yori 8 kg, agar keng 
    qatorlab ekitlsa, gektariga 3-5 kg urug„ ekiladi, qator orasiga ishlov beriladi, 1-2 
    marotaba sug„oriladi. Urug„ birinchi o„rimida olinadi, gulto„plami yoppasiga 
    yetilganda o„rib olinadi. Don kombaynlarida yanchib tozalanadi, keyin sebarga 
    tozalanadigan mashinalardan o„tkaziladi.


    255 
    4.7. BERSIM 
    Bersim – Misr sebargasi – dukkaklilar oilasiga mansub, Trifolium avlodiga 
    alexandrinum L. turiga kiradi.
    Ahamiyati. Bersimdan ko„kat, pichan, silos va senaj tayyorlanadi. Pichan 
    tarkibida, 9,3% oqsil, 2,39% moy va 46% uglevodlar mavjud. O„zbekistonda 
    sholichilik xo„jaliklarida ko„proq ekiladi. Pichan hosili 70-80 s. Urug„ hosili 5-8 s. 
    ni tashkil qiladi.
    Biologiyasi. Bersim bahorgi, namsevar, issiqsevar o„simlik, urug„i 6-8 °C 
    unib chiqadi. Maysalari sovuqqa chidamsiz. Maysasi 7-8 kunda ko„rinadi. 
    Maysalanishdan 50-60 kun o„tgandan keyin gullaydi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish