-jadval  Qo„ng„irbosh o„tlarning gullash davri boshlanishidagi to„yimliligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
44-jadval 
Qo„ng„irbosh o„tlarning gullash davri boshlanishidagi to„yimliligi 
Ekin 
Oqsil miqdori,% 
Oqsilning hazm bo„lishi,% 
xom 
toza 
xom 
toza 
Ajriqbosh 
14 
10 
52 
49 
Yaltirbosh 
13 

64 
61 
Erkak o„t 
11 

54 
59 
Bug„doyiq 


58 
58 
Sudan o„ti 
13 
11 
66 
67 
 
BiologiyasiBiologiyasi bo„yicha kuzgi tur o„simliklarga kiradi. Ekilgandan 
keyin sekin o„sadi. Uchinchi yili to„la yetiladi, iyun oyida gullaydi. Sovuqqa 
chidamli, qurg„oqchilikka chidamsiz. Suv bostirilgan pastlik yerlarda yaxshi 
rivojlanadi, pH 4,7-5,5.
Oziqqa talabchan, 1 s. pichan yetishtirish uchun 2,3-2,5 kg azot, 0,4-0,5 kg 
fosfor va 3,6-3,8 kg kaliy sarflanadi. Azot elementiga ta‟sirchan. Kuzda yoppasiga 
qatorlab gektariga 14-15 kg ekiladi, urug„ olish uchun ekilganda 8-9 kg urug„ 
sarflanadi. O„t aralashmalarida 7-8 kg ekiladi. Ko„kat tayyorlash uchun nay o„rash 
davridan ro„vak chiqarish davrigacha o„riladi. Urug„ to„la yetilganda don 
kombaynlari yordamida yig„ishtiriladi.  
Erkak o„t. Agropyrum - siyrak tupli qo„ng„irbox o„t o„simligi, 100 kg 
ko„kati tarkibida 22,2, pichanida 48,7 ozuqa birligi va 6,9 va 4,1 kg hazm 
bo„ladigan protein bor. Boshoqlanish davrigacha yaylovda yaxshi yeyiladi
gullagandan keyin kam yeyiladi. Madaniy yaylov va pichanzor barpo etishda 
qo„llaniladi.
Erkak o„t dasht va yarim dasht mintaqalarda ko„p tarqalgan. Ildizi popuk 
ildiz. Tuproqqa 2-2,5 m kirib boradi. Poyasi kavak, tik o„sadi, balandligi 50-80 sm, 
yaxshi tuplanadi.


259 
Gulto„plami boshoq. Boshog„i tuzilishiga qarab keng va tor boshoqli 
bo„ladi. Urug„i mayda, 1000 ta urug„ining vazni 1,8-2,1 g. Donchasi qobiqli.
O„zbekistonda Sibir tor boshoqlisi-Agropyrum sibiricum P. B. va dasht tor 
boshoqlisi-Agropyrum desertorum Fish., keng boshoqli-Agropyrum pectiniforme 
Romet shult. turlari ko„proq uchraydi.
Umuman, erkak o„t yaxshi tuplanadi, qishga chidamli, qurg„oqchilikka 
chidamli, yog„ingarchilik boshlanganda o„suv davom etadi. Kam sho„rlangan 
tuproqlarda ekiladi. Bir sentner pichan yetishtirish uchun 2,2 kg azot, 0,54 fosfor 
va 2,1 kg kaliy sarflanadi. Bir yerda 20 yilgacha hosil beradi. Eng yuqori hosil 4-5 
yilda olinadi.
Erkak o„t sof xolda yoki arpa, tariq, bug„doy bilan qo„shib ekiladi. Gektariga 
30-50 kg azot, 45-60 kg fosfor va 30-45 kg kaliy solinadi. Erkak o„t ekiladigan 
yerlar begona o„tdan toza bo„lishi kerak.
Lalmi yerlarda bedaga, tariqga, bug„doyga qo„shib ekiladi. Bu ekinlarning 
har biri 8 kg/ga dan ekiladi. Sof xolda ekilganda ekish me‟yori 10-12 kg/ga, o„t 
aralashmalari bilan birga ekilganda 8-10 kg, keng qatorlab ekilganda 5-7 kg 
ekiladi. Ekish chuqurligi 2-3 sm. Ekish muddati fevral - martning boshlanishi. 
Ko„kat uchun boshoqlanish - gullash boshlanishida o„riladi. Urug„ olish uchun 
dumbul pishganda o„riladi. Don kombayni yordamida o„riladi, yanchiladi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Qo„ng„irbosh o„tlarning gullash davri boshlanishidagi to„yimliligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish