2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
Biologiyasi. Kartoshka tuganaklari mo„tadil iqlim sharoitida tuproqda 
saqlanmaydi, chunki sovuq harorat uni zararlaydi. Shuning uchun bu tuganaklar 
kuz faslida kovlab olinib, bahorda qayta ekiladi va xuddi bir yillik o„simlik sifatida 
o„stiriladi.
Kartoshka vegetativ tuganagi, o„simtalari va qalamchalaridan ko„payadi. 
Bundan tashqari, kartoshka urug„idan ham ko„payadi. Bu usulda ko„paytirish qiyin 
bo„lganligi uchun seleksiya ishlarida qo„llaniladi.
Havo harorati va namligi kartoshkaning gullash quvvatiga va urug„ hosil qilishiga 
katta ta‟sir ko„rsatadi. Qurg„oqchil janubiy viloyatlarda shimoliy yoki tog„oldi 
salqin viloyatlardagiga qaraganda kartoshkaning gul va urug„i sekin hosil bo„ladi. 


271 
Tuganagi poya tuzilishi, yer osti poya (stolon)ning yo„g„onlashgan uchidir. 
Stolonlar kartoshka poyasining yer ostki qismidagi barg qo„ltig„ida hosil bo„lib, 
naviga qarab har xil o„zunlikda uchrashi mumkin. Ba‟zan barg qo„ltig„ida katta 
bo„lmagan yashil tuganaklar hosil bo„ladi.
rasm-27. Kartoshka ekini 
Bu poyaning pastki qismlarini zararkunanda (poya nematodasi) bilan 
kasallik yoki boshqa sharoitlar ta‟sirida shikastlanishi natijasida sodir bo„ladi, 
bunda barglaridan yer ostki qismlariga, tuganaklariga fotosintez maxsulotlarining 
o„tishi qiyinlashadi. Stolonning tuganakka birikkan qismiga kindik deyiladi. 
Boshqa har qanday novda singari tuganaklar xam ustki tomonidan o„sadi. Shuning 
uchun tuganakning birmuncha yosh, lekin stadiya jixatidan qari bo„lgan yuqori 
yarmisi bilan qari, lekin stadiya jixatidan yosh bo„lgan pastki yarmini farq qilishi 
mumkin.
Tuganakning ustki qismida spiral shaklda joylashgan ko„zchalar bor. 
Ko„zchalar tuganakni yuqori qismida ko„p va pastki kindik birikkan yarmida esa 
kam bo„ladi. Ko„zchada qoshcha-barg o„rni bo„ladi, ko„zchaning o„zida 3-4 ta 


272 
ko„rtak bo„lib, ular o„sib novda chiqaradi. Tuganakning yuqori qismidagi 
ko„zchalar eng oldin ko„karadi, bunga sabab tuganakning uchki qismida ko„p 
miqdorda erigan holatdagi oziq moddalar, ferment hamda auksinlar to„plangan 
bo„lishidandir.
Pastki ko„zchalar sekinroq ko„karadi yoki butunlay o„smaydi. Pastki 
ko„zchalarni o„stirish zarur bo„lsa uchki ko„rtaklar kesib tashlanishi kerak yoki 
tuganakni kundalangiga kesish kifoya.
Ko„zchalardagi kurtaklarning hammasi ham ko„karavermaydi. Odatda faqat 
o„rtadagi eng baquvvat kurtak ko„karadi. Agar o„rtadagi kurtakning nishi 
zararlangan bo„lsa, yonidagilardan biri ko„karadi. Bordiyu ikkinchi nish 
zararlansa, uchunchi ko„rtak o„sa boshlaydi. Tuganak sirtidagi hamma ko„zchalar 
olib tashlanganda, uning ichki to„qimalaridan qo„shimcha (adventiv) kurtaklar 
hosil bo„lishi mumkin.
Kartoshka qorong„u joyda saqlanganida ko„karib ketib oq mo„rt o„simtalar, 
yorug„ joyda o„stirilganda esa yo„g„on, kalta yoki qo„ng„irqizil rangdagi 
o„simtalar hosil qiladi. Tuganaklar shakli yumalok, chuzinchoq va ovalsimon 
bo„ladi. Bu kartoshka naviga va u etishtirilayotgan sharoitga ko„ra o„zgarib turishi 
mumkin. Tuganaklarning eti oq, sariq, qizil va zangori bo„ladi. Po„sti sariq, 
pushti, qizil och zangori yoki ko„k rangda. Tuganaklarning po„sti kartoshka 
naviga bog„liq bo„lib, u silliq, g„adur-budur yoki to„rsimon bo„lishi mumkin.
Kartoshka tuganagi usti epidermis bilan qoplangan, pishib yetilganda u 
ko„chib to„kilib ketadi. Po„stloq o„z navbatida havo o„tkazmaydigan periderma 
bilan qoplanadi. Uning ustida po„kak qatlami hosil bo„lib, tashqi muxit ta‟siridan 
saqlaydiva shunday qilibkartoshka Po„sti hosil bo„ladi. Tuganak nafas olish uchun 
uning ustida yasmiqchalar deb ataluvchi ko„plab teshiklari bo„ladi. Ichki qismi 
yirik, g„ovak parenxima hujayralaridan iborat bo„lib, ularni ichi oqsil moddalari 
va kraxmal donalari bilan to„lgan. Po„stloq ostida hosil qiluvchi to„qima (kambiy 
qatlami) bor. Tuganak ana shu kambiy xisobiga o„sadi. Tuganak shikastlanganda 
shilingan joyiga yondosh xujayrada suberin deb ataluvchi modda ajraladi, so„ngra 
kesilgan joy sirti bir necha qavat o„zunchoq ingichka hujayradan iborat yara hosil 


273 
qiladi. Kartoshka popuk ildizli bo„lib, ular poya bo„g„imlardan, ildiz (stolon) dan 
va poyaning yana tuganakka birikkan qismidan 3-5 ta dan guruh bo„lib o„sib 
chiqadi.
Ildizlar asosan tuproqning yuza 60-70 sm qatlamiga joylashadi, ayrim 
ildizlar 150-200 sm chuqurlikkacha o„sib kiradi.
Kartoshka tuganagi muhim biologik xususiyatga-tinim davriga ega, shuning 
uchun u kovlab olingandan so„ng tezda o„smaydi tinim davri turli navlarda turlicha 
bo„lib, u ko„pchilik navlarda 60 kundan ko„p vaqt talab etadi.
 

Download 7.59 Mb.
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish