• Yetishtirish texnologiyasi O„tmishdosh.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet195/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Barglarning naychalanishi. Bu kasallik M virusi ta‟sirida hosil bo„lib, 
    barglar o„rta tomir tomon buralib naycha shakliga kiradi.
    Kudryash (hurpak). Bu kasallik belgisi shuki, tupda poyalar soni (10-15 
    dona) ko„payib, barglar shakli o„zgarib ketadi. Shu bilan birga yuqori toq 
    yonbarglari o„sib ketadi, poyasi esa kattalashadi. Bu tuganaklarning ko„rinishini 
    ham o„zgartirib yuboradi. Shuning uchun urug„lik tuganaklar saralanib 
    olinayotganda ayniganlarini ajratib tashlash, kasallikning oldini olishga imkon 
    beradi.
    Kartoshka ekiniga zararkunandalardan simqurt, ko„zgi tunlam, kolorado 
    qo„ng„izi va qandalalar katta zarar etkazadi.


    278 
    Yetishtirish texnologiyasi 
     
    O„tmishdosh. Kartoshka respublikamiz iqlim sharoitida tog„li va tog„oldi 
    rayonlarda hamda daryolarning quyi gidromorf tuproqli zonlarida yaxshi o„sadi va 
    rivojlanadi. Bu mintaqalar tuprog„i organik moddalarga boy va harorati nisbatan 
    past bo„ladi. Bo„z va boshqa tuproqlar ham kartoshka yetishtirishga yaroqlidir.
    Kartoshka Markaziy Osiyoda odatda sabzavot yoki sabzavot yem-xashak 
    almashlab ekish dalalarida o„stiriladi. Sabzavot almashlab ekishda karam, bodring, 
    poliz ekinlari va ildizmevalilar piyoz hamda dukkakli don ekinlari kartoshka uchun 
    eng yaxshi o„tmishdosh hisoblanadi. Beda ham kartoshka o„simligi uchun yaxshi 
    o„tmishdosh. Beda ekilgan maydon haydalgandan so„ng kechki muddatda 
    ekiladigan kartoshkani ekish maqsadga muvofiqdir. Chunki, iyun-iyul oylarigacha 
    beda ildizi va uni qoldiqlai chirib bo„ladi.
    Bedadan so„ng ertagi kartoshkani ekish yaxshi natija bermaydi, sabab chirib 
    ulgurmagan beda ildizlaridan yana maysalar ko„karib chiqib kartoshkaga ishlov 
    berishga halal beradi va hosildorligini pasaytirib yuborishi mumkin.
    Kartoshkani surunkasiga 2-3 yil mobaynida bir dalaga ekish so„lish 
    kasalligining ko„payib ketishiga sabab bo„ladi. Agar bir dalaga surunkasiga 
    kartoshka ekish zarurati tug„ilsa, bunda, albatta, oraliq ekin sifatida kuzgi ko„k 
    no„xat va shabdardan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Markaziy Osiyoda 
    quyoshli kunlarning ko„p bo„lishi va sun‟iy sug„orishni keng qo„llashnishi 
    kartoshkani ertagi ekinlardan bo„shagan yerlarda takroriy ekin sifatida ekib, yuqori 
    hosil olishga imkon yaratadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish