2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi
 
ISBN: 978-9943-11-859-1

© 
«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2018. 



KIRISH 
 
O„simlikshunoslik - qishloq xo„jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo„lib, 
aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilik uchun em-xashak va engil 
sanoatning ko„pgina tarmoqlari uchun xom ashyo yetishtirish maqsadida ekib 
o„stirish va tabiatda yovvoyi holda o„sadigan o„simliklardan foydalanish masalalari 
bilan shug„ullanuvchi fandir. Bu tarmoqning o„ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng 
avvalo, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi, muayyan agrotexnika 
tadbirlarni malum muddatlarda o„tkazish, sharoitni har doim o„zgarib turishidir. 
Qishloq xo„jaligiga doimo yangi navlar, yangi texnologiyalarning kirib kelishi bu 
sohadagi mutaxassislardan chuqur va har tomonlama puxta bilimga ega bo„lishni 
talab qiladi. 
O„simlikshunoslik chorvachilik bilan chambarchas bog„liq. Chorvaga talab 
qilinadigan ko„kat, pichan, dag„al va shirali ozuqalar o„simliklardan tayyorlanadi. 
O„simliklarga talab qilinadigan organik o„g„itlar chorvachilikning chiqindilaridan 
olinadi. 
O„simlikshunoslik qadimdan, ya‟ni madaniy o„simliklar paydo bo„lishi bilan 
kelib chiqqan va u dehqonchilik bilan chambarchas bog„liqdir. Dastlab, 
dehqonchilik Iroq, Hindiston, Xitoy, Suriya, Misr, Meksika va Boliviyada, 
Markaziy Osiyoda rivojlana boshlangan. 
O„simlikshunoslik fani hozirgi davrda, asosan, dala ekinlari bilan 
shug„ullanadi. O„simlikshunoslik - agronomiyaning bir bo„limidir. Bu fan madaniy 
ekinlarni guruhlarga bo„lib, ularning biologik va ekologik xususiyatlarini o„rganish 
bilan shug„ullanadi. Ekinlar va navlardan muttasil mo„l hosil olishni 
ta‟minlaydigan yangi texnologiyasini ishlab chiqadi.
O„simlikshunoslik agrokimyo, dehqonchilik, seleksiya, urug„chilik, biokimyo, 
o„simliklar fiziologiyasi, qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish 
kabi qator fanlar bilan uzviy bog„liqdir. Bu sohalardan har biri ma‟lum darajada 
o„simlikshunoslik haqidagi va boshqa fanlarning asosi bo„lib xizmat qiladi, shu 
bilan birga, aksincha ularning o„zi ham o„simlikshunoslik to„g„risidagi fan 
asoslariga ega bo„ladi. 



O„simliklar hayoti tuproq va tashqi sharoit bilan mustahkam bog„langan. 
Tuproq - o„simliklar uchun eng muhim fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlar 
kechadigan va bu bilan ekinlarning hayoti uchun qulay sharoit yaratadigan jismdir. 
O„z navbatida o„simliklar ham tuproqqa ta‟sir etadi, ayniqsa duukakli ekinlar 
boshqa o„simliklarga qaraganda tuproqda ko„proq chirindi to„plab, unumdorlikning 
ortishiga har tomonlama ta‟sir ko„rsatadi. Shu bilan birga, o„simliklar hayoti tashqi 
muhit sharoiti bilan bog„liq bo„lib, unga moslangandagina ular mo„l hosil berishi 
mumkin.
Demak, o„simlikshunoslik-bu qishloq xo„jaligining asosiy tarmog„i bo„lib, 
dala ekinlari va urug„larining biologik va ekologik xususiyatlarini o„rganish, 
ma‟lum tuproq va iqlim sharoitiga mos bo„lgan ilg„or texnologiyalarni ishlab 
chiqish va uni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mo„l va sifatli hosil olishni 
ilmiy va amaliy asoslab beradi. 
O„simlikshunoslik darsligi ilk bor o„zbek tilida qishloq xo„jaligi bilan 
shug„ullanuvchi bir guruh olimlar (O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan xalq ta‟limi 
xodimi, qishloq xo„jaligi fanlari doktori, professor H.N. Atabayeva tahririyati 
ostida (Z.U.Umarov, H.Ch.Bo„riev, S.Do„stmurodova, G„.Qurbonov va boshq.)) 
tomonidan oliy o„quv yurti talabalari uchun 2000 yili kiril alifbosida yaratilgan edi, 
2006 yili esa lotin alifbosida (H.N.Atabaeva va O.Qodirxo„jaev hammuallifligida) 
chop etilgan.
Hozirgi tayyorlangan ushbu darslikni takomillashtirilgan uchinchi nashrida 
so„nggi 16 yilda qishloq xo„jaligida, o„simlikshunoslikda, dala ekinlarini 
yetishtirish texnologiyalarida yuz bergan o„zgarishlar o„z aksini topgan.
Talabalarni dala ekinlarini yetishtirish bo„yicha ilg„or xorijiy va mahalliy fan, 
texnika va texnologiyalar hamda ularning ishlab chiqarishga joriy etilganligi, 
innovatsion agrotexnologiyalarni qo„llash samaradorligi, dala ekinlaridan yuqori 
va sifatli hosil yetishtirishda fan va ilg„or tajribalarning erishgan yutuqlari 
to„g„risida yyetarli hajmda ma‟lumotlar olishlari zarurligi mualliflarni ushbu 
darslikni takomillashtirgan holda lotin va kiril alifbolarida chop etishga yo„naltirdi.



Shuningdek, jahon mamlakatlarida kuzatilayotgan moliyaviy iqtisodiy inqiroz 
davom etayotgan davrda, mamlakatimizda yuqori malakaga ega raqobatbordosh 
mahalliy kadrlarni tarbiyalash, O„zbekiston agrar sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‟minlash, zahira fondlarini shakllantirish, xorijiy mamlakatlarga 
dala ekinlari mahsulotlarini eksportga chiqarish, yangi dala ekin turlarini va 
navlarini ko„paytirish, zamonaviy ilg„or innovatsion texnologiyalarni ishlab 
chiqarishga joriy etish, iste‟mol bozorimizni o„zimizda yetishtirilgan dala ekinlari 
mahsulotlari bilan ta‟minlashda ushbu darslikda keltirilgan ma‟lumotlar talabalarga 
yaqindan ko„mak berishiga ishonch bildiramiz.
Darslik agronomiya yo„nalishida taxsil olayotgan barcha talaba yoshlarga, 
magistrlarga, dala ekinlarini yetishtiradigan dehqon, fermer xo„jaliklarining 
mutaxassislari, dala ekinlari bo„yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan ilmiy-
tadqiqot muassasalari xodimlari, malaka oshiruvchilar, kollej o„qituvchilari va 
o„quvchilari hamda tomorqa xo„jaliklari egalariga, ishlab chiqarish 
mutaxassislariga mo„ljallangan.
Mualliflar darslik bo„yicha bildirilgan fikr, taklif va mulohazalarni qabul 
qilishga tayyorlar.




Download 7.59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish