33
azot miqdorini oshirish uchun uni ekin ustiga sepishadi. Ko„p yillik o„tlarda azotli
o„g„itlar birinchi o„rimda qo„llaniladi, natijada ikkinchi o„rimi tez yyetiladi.
Ikkinchi o„rimidan keyin ham azotli o„g„itlar solinadi. Azotli o„g„itlarning bir
yillik me‟yorini 60% birinchi, o„rimda, 40% ikkinchi o„rimda qo„llanadi. O„rimlar
soni ko„p bo„lsa, yillik normaning 45% birinchi o„rimda, 35% ikkichi o„rimda va
20% uchinchi o„rimda solinadi. Ko„p yillik dukkakli o„tlar
ekilganda bor va
molibden bilan albatta, oz miqdorda qo„shimcha oziqlantiriladi. Buning uchun
gektariga 6 kg borat kislotasi yoki 1 kg bor va ammoniy molibdati 200 g/ga 200 litr
suvda eritib o„simlikning balandligi 25-30 sm bo„lganda purkaladi,
ammo bu
oziqlantirishni shonalash davridan kechiktirmaslik kerak.