• 46-jadval Topinambur ko„k poyasi va makxajo„xorining kimyoviy tarkibi
  • Biologiyasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet201/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Batatning xalq xo„jaligidagi ahamiyati?
    2. Kelib chiqishi va tarqalishi? 
    3. Tashqi muhit omillariga ta‟siri? 


    288 
    4. Batat ekishda maqbul harorat? 
    5.Batatning hosildorligini oshirishda qaysi omillarga e‟tiborni qaratish talab 
    yetiladi? 
    6. Batat tuganaklarini maqbul ekish muddati? 
    7. Batat tuganaklarini ekish usullari? 
    8. Batat tuganaklarini ekish me‟yori qancha? 
    9. Batatni yetishtirishda qanday muammolar bo„lishi kuzatiladi? 
    10. Batat hosili qanday yig„ishtirib olinadi? 
     
    5.3. TOPINAMBUR 
     
    Ahamiyati. Topinambur, asosan chorva uchun oziq o„simligi sifatida 
    foydalaniladi. Topinamburning yer ustki (poyasi) va yer ostki qismi (tuganagi) 
    dan foydalaniladi.
    Topinambur poyasi chorva mollari uchun to„yimli oziq bo„lib, tarkibidagi 
    protein (21%), yog„ va azotsiz moddalarni ko„pligi jihatidan makkajo„xoridan 
    ustun turadi. Tuganakmevasi kartoshka kabi oq tomiri uchki qismining 
    yo„g„onlashishi hisobiga hosil bo„ladi. Oq tomiri uzoq vaqt yashagani uchun 
    tuganakmevasini undan o„zilishi ancha qiyin. Tugakakmeva ko„zchalari kartoshka 
    ko„zchalari kabi emas, shuning uchun tuganakmevasi notekis (g„adir-budir) 
    bo„lib, shakli yumaloq, noksimon va cho„zinchoq bo„ladi. Po„sti sarg„ish, pushti, 
    qizil va binafsha rangda, eti - oq.
    46-jadval 
    Topinambur ko„k poyasi va makxajo„xorining kimyoviy tarkibi 
    O„simliklar 
    Suv 
    Protein 
    Yog„ 
    Azotsiz 
    ekstraktiv 
    moddalar 
    Kletchatka 
    Kul 
    moddasi 
    Topinambur 
    70,5 
    3,3 
    0,7 
    15,7 
    6,3 
    3,5 
    Makkajo„xori 
    77,5 
    2,7 
    0,6 
    11,3 
    6,6 
    1,3 


    289 
    Biologiyasi. U sovuqqa chidamli, qisda kun o„simlik bo„lgani uchun shimoliy 
    tumanlarda ham yetishtirish mumkin. Uni yer ustki qismi -6 
    o
    C sovuqqa bardosh 
    beradi. Tuganagi muzlagandan so„ng erib yana o„z holiga qaytish xususiyatiga 
    ega.
    Topinambur boshqa madaniy o„simliklarga nisbatan tuproq turlariga 
    moslanuvchandir (sho„rxok va sho„rtob tuproqdan boshqa), shuning uchun u har-
    xil tuproqlarda o„sadi va hosil beradi.
    Topinambur tuqroq ozuqasiga talabchan, 1 t hosil tuproqdan 3 kg azot 1,2-
    1,4 kg fosfor va 4,5 kg kaliy olib chiqadi. O„suv davri 120-200 kun bo„ladi.
    Yer noki o„suv davrida 8-10 marta sug„orilsa hosildorligi oshadi.
    Topinamburni bir yerda 10 yil, hatto 40 yil o„stirilgani xususida ma‟lumot 
    bor. Umuman yerlarda yovvoyi holda o„sganida yuqori hosil beradi.  
    Navlari: «Fyuzo», «Patat», «Kievskaya», «Belaya», «Severo-kavkazskaya 
    krasnaya», «Durdurskaya», «MOS-650YU», «Oq hosildor», «Vadim» va 
    «Krasnoklubneviy» va boshqa navlari keng tarqalgan.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish