• Yerni ekishga tayyorlash.
  • Ekinlarni parvarishlash.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet207/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Yetishtirish texnologiyasi 
    O„tmishdosh. Qand lavlagi almashlab ekishda kuzgi don ekinlari, yem-
    xashak o„tlar, beda, silos, va don uchun makkajo„xori va boshqa ekinlardan 
    bo„shagan maydonlarga ekiladi. Paxtachilik xo„jaliklarida g„o„zadan keyin, bir 
    maydonga ketma-ket qand lavlagi ekish man etiladi, 3-4 yildan keyin qaytarish 
    mumkin, chunki bunda ekinlar ildiz chirish kasalligi bilan kasallanib, hosil 30-40% 
    kamayib ketishi mumkin.
    Yerni ekishga tayyorlash. Asosiy ishlov berish-kuzda o„tmishdosh ekin 
    yig„ishtirib olingandan so„ng 30-35 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Agarda 
    kuzda ob-havo yaxshi kelsa, yerni tekislagich yordamida tekislanadi. Bahorda 
    yog„ingarchilik ko„p bo„lib, yer qotib qolgan bo„lsa, borona bilan chizellanib, 
    yumshatiladi va engil tekislanadi.


    298 
    Sho„rlangan erlarni shudgorlashdan so„ng, sug„orish uchun pollar (cheklar) 
    olinadi, dekabr-fevral oylarida sho„r yuviladi, so„ngra olingan pollar tekislanadi, 
    dala chizellanadi va ekishdan oldin tekislanib borona qilinadi.
    Ekish. Mart oyinining birinchi va ikkinchi o„n kunligi Qoraqalpog„iston 
    Respublikasi va Xorazm viloyatida aprelda boshlanadi. Ekiladigan urug„ davlat 
    andozalariga javob berishi lozim. Ko„p urug„li lavlagining unuvchanligi 80%, bir 
    urug„liniki 96% dan past bo„lganda ekiladi. Tozaligi 98% bo„lishi kerak.
    Ekish SPCH 6 M, sabzavot va paxta seyalkalarida qator oralari 60, 70 va 90 
    sm qilib ekiladi. Ekish miqdori: ko„p urug„li navlarda 8-10 kg/ga, bir urug„lilarda 
    gektariga 4-5 kg/ga urug„ ekiladi, chuqurligi 3-4 sm, bir metrda 5-6 maysa bo„lsa 
    yagana qilish zarur emas.
    Ekinlarni parvarishlash. Lavlagi nihollari o„sib chiqqandan so„ng, birinchi 
    marta qator oralari yumshatiladi. Bunda kultivatorga qirquvchi va yumshatgichlari 
    4-5 sm chuqurlikda ishlov beradiga va o„simliklardan himoya zonasi 8-10 sm qilib 
    o„rnatiladi.
    O„simliklarda 2 juft chinbarglar o„sib chiqqandan so„ng yagana qilinadi va 
    har gektar yerda 100-110 ming o„simlik qoldiriladi. Yagana qilish kechiktirilsa, 
    o„simlik ildizining o„zgarishiga, bargi o„sib ketishiga va ildizmevalardagi qand 
    miqdori kamayishiga olib keladi. Ekinni begona o„tlardan saqlash uchun ekin qator 
    oralariga traktorda va qo„lda ishlov beriladi.
    May oyining oxirida iyunning boshlarida birinchi marta oziqlantiriladi. 
    Ikkinchi marta esa, o„suv davridagi birinchi sug„orishdan oldin oziqlantiriladi. 
    O„simliklar, ayniqsa, iyul va avgust oylarining boshida suvga ko„p talabchan 
    bo„ladi. Bu davrlarda ekinlarni har 7-10 kun, keyinroq esa 15-20 kun, sentyabr va 
    oktyabr oylarida 1 marotabadan sug„oriladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish