2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
 
1.5. EKINLARNING FOTOSINTETIK FAOLIYATI 
Ma‟lumki, hosil fotosintez jarayonida shakllanadi. Fotosintez jarayoni faol 
o„tishi uchun karbonat angidrid, suv va quyosh energiyasi bo„lishi kerak. Dala 
sharoitida ekinzor butun bir fotosintetik sistemani tashkil qiladi. Bu sistemaning 
tarkibi murakkab bo„lib doimo o„zgaruvchan bo„ladi.
Agar har bir o„simlikning oziqlanish maydoni kengaysa, yoryg„likdan 
foydalanish faollashadi, natijada rivojlanish tezlashadi. Ammo, har bir tup 
o„simlikning mahsuldorligi oshgani bilan tup soni me‟yordan kamaytirilsa 
gektardan olinadigan hosil oshmasligi mumkin.
Yuqori hosil yetishtirish va uni boshqarish ekinzorlarda (biotsenozda) 
fotosintetik jarayonning o„tishiga bog„liq bo„ladi. Yuqori hosil yetishtirish va uni 
boshqarish biotsenozning fotosintetik faoliyatini muqobil sharoitda o„tishiga 
bog„liqdir.
Hosilning shakllanishini boshqarish - bu o„ta murakkab jarayon, chunki dala 
sharoitida biotsenozdagi o„simliklar boshqa murakkab tizimlar (tuproq, 
mikroorganizmlar, kasallik keltirib chiqaradigan viruslar, begona o„tlar va 
zararkunandalar) bilan bog„lanadi.
O„simlikning o„sishi va rivojlanishiga ta‟sir qiladigan ayrim omillar 
(yog„ingarchilik, 
harorat 
tizimi)ni 
boshqarish 
mumkin 
emas. 
Ammo, 


34 
meteoma‟lumotlarni taxlil qilib, shu sharoitga moslashgan navlar, turlarni topib 
ularga mos yetishtirish texnologiyasini yaratish lozim. Hosilga ta‟sir qiladigan 
omillarni boshqarish mumkin: tuproq unumdorligi, ma‟dan oziqlantirish, begona 
o„tlar, kasallik va zararkunandalar bilan kurashish. Hosil shakllanish jarayonida 
muntazam ravishda o„simlikni o„sishi, rivojlanishi nazorat qilinadi va fotosintetik 
jarayoni talab qilinadigan yo„nalishda o„tishini ta‟minlash mumkin.

Download 7.59 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish