• Biologiyasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet210/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Sistematikasi. Xashaki lavlagi sho„radoshlar oilasiga (Chepodiaceae, Beta 
    vulgaris Sver. Crassa) turiga mansub. Xashaki lavlagi ildizmevasining shakli 
    buyicha 4 guruhga bo„linadi: 
    - silindrsimon bo„lib, bunda ildizmevasining 1/4-1/5 qismi tuproqqa kirib 
    turadi, bu qo„lda yig„ishtirish uchun qulay; 


    304 
    - uzunchoq-oval shaklida bo„lib, bunda ildizmevasining 1/3 va ko„proq 
    qismi yerga kirib turadi; 
    - konussimon-bunda ildizmevasining 1/2-2/3 qismi yerga kirib turadi, bu 
    nim shirin tipga kiradi; 
    - ildizmevasining o„sish va yumshoq qismi sariq, binafsha, oq ranglarda 
    bo„lib, bu aprobatsiya qilishda katta ahamiyatga ega.
    Xashaki lavlagi hayotining birinchi yilida ildiz tuzilishi va barg massasi 
    hosil bo„ladi, ikkinchi yilda urug„lik poyalarida - urug„ hosil bo„ladi. Xashaki 
    lavlagining morfologiyasi qand lavlagi morfologiyasidan deyarli farq qilmaydi. 
    Shuningdek, tupgul biologiyasi va mevasi ham bir xil bo„ladi.
    Biologiyasi. Ikki yil mobaynida xashaki lavlagi urug„dan etilishi uchun 
    birinchi yil 210-220 kunni, keyingi yilda 120-130 kunni talab etadi.
    Xashaki lavlagining yorug„lik va issiqlikka bo„lgan talabi qand lavlagi bilan 
    bir xil. Umumiy fotosintez jarayoni xashaki lavlagi bilan qand lavlagida bir xilda 
    bo„ladi, lekin xashaki lavlagining nafas olishi yuqori bo„lgan ildizmevasida qand 
    moddasining ko„p to„planishiga yo„l qo„yilmaydi. Qand lavlagining ildizmevasida 
    qand moddasi yuqori bo„lgani uchun o„simliklarning sho„rga va kuzgi sovuqqa 
    chidamliligi xashaki lavlagiga nisbatan ancha yuqori. Xashaki lavlagi 
    ildizmevasining ko„proq qismi yer ustida bo„lgani uchun kuzgi sovuq tez ta‟sir 
    etishi mumkin (qand lavlagi ildizmevasi asosan yer ostida bo„ladi).
    Xashaki lavlagi tuproqda ko„p miqdorda oziq moddalar bo„lgandagina 
    yuqori hosil berishi mumkin. 1 tonna ildizmeva shuncha miqdorda barg hosil 
    bo„lishi uchun tuproqdan 2,5-3,0 kg azot, 0,9-1,0 kg fosfor va 4-4,5 kg kaliy 
    o„g„itlarini talab etadi. Xashaki lavlagi ayniqsa, azotli va kaliyli o„g„itlarga muhtoj 
    bo„ladi. 
    O„simlikka azotli o„g„itlarni ko„p miqdorda berish, ildizmeva quruq moddasi 
    tarkibida nitratning ortishiga olib keladi va natijada qishloq xujaligi 
    hayvonlarining zaharlanishiga sabab bo„ladi. Xashaki lavlagi, ekiladigan har 
    gektar yerga 40-50 t chirigan go„ng solinsa, hosildorlikka to„g„dan-to„g„ri ta‟sir 


    305 
    etishi tufayli tuproqning fizik-mexanik holati yaxshilanadi. Xashaki lavlagi yer 
    osti suvi pastda joylashgan, unumli, sho„rlanmagan tuproqlarda yaxshi o„sadi.
    Navlari: Xashaki lavlagining: “Ekkendorf sarig„i”, “Poltava oq”, 
    “Timiryazev-12”, “Triploid” va “Hosildor" duragaylari navlari keng tarqalgan.
    O„zbekistonda rayonlashtirilgan navlari: “Ekkendorf sarig„i”, “O„zbekiston 
    nim qand” va “O„zbekiston-83” duragaylaridir.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish