• Urug„chiligi .
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet212/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    O„g„itlashYerni shudgorlashdan oldin gektariga 40-60 t. chirigan go„ng, 90 
    kg fosfor va 60 kg kaliy solinadi. Ekish bilan bir vaqtda 20 kg/ga azot, birinchi va 
    ikkinchi oziqlantirish davrida 100 kg/ga dan azot qo„llash tavsiya yetiladi. 
    Sho„rlangan yerlarga kaliy o„g„iti solinmaydi. Fosforli o„g„it esa ekishga yerni 
    tayyorlash vaqtida beriladi.
    Urug„chiligi. Xashaki lavlagi urug„chiligi ildizmevasi yoki urug„i ekilib 
    amalga oshiriladi.
    Xashaki lavlagi ildizmevasi ekilib, yuqori reproduksiyali elita urug„lari 
    yetishtiriladi. Urug„lik ildizmevaning ekilish muddati ozuqa uchun ekiladigan 
    xashaki ildizmevadan 1 oy kech ekiladi. Yerni ekishga tayyorlash va mineral 
    o„g„itlar solish me‟yori ozuqa uchun yetishtiriladigan xashaki lavlagi bilan bir 
    xilda bo„ladi. O„simliklar orasi 10-15 sm yoki gektarida 120-130 ming tup 
    o„simlik, ildizmevalari massasi 500-1000 g bo„ladi. Ekish uchun onalik ildizmeva 
    gektaridan ko„proq chiqishini ta‟minlaydi.


    307 
    Nihollar to„liq unib chiqqanidan so„ng yaganalanadi, kultivatsiya qilinadi
    muntazam raviщda chopiqqilinib zarpechakdan tozalab to„riladi. May oyining 
    oxiri-iyunning boshlarida gektariga 100-120 kg azot va 50-60 kg kaliy o„g„itlari 
    solinib, sug„orish uchun egatlar olingan holda birinchi o„suv suvi beriladi. Suvdan 
    keyin traktorda kultivatsiya va qo„lda chopiqqilinadi. O„simliklarga keyingi ishlov 
    berish ishlari o„suv suvlarini berishda (iyun-avgustda 2-3 marta, sentyabr va 
    oktyabrda bir martadan) iborat.
    Urug„lik ildizmevalarni yig„ishtirishda, ayniqsa, diqqatni ildizmevalarning 
    (asosiy aprobatsiya belgisi) shakli va rangiga qaratish talab etiladi. Etining rangi, 
    moddasining konsentrat (refraktometr) shirasi aniqlanadi. Tipik holga ega 
    bo„lmaganlari, kasallangan, shoxlab ketgan ildizmevalar chiqindiga chiqarib 
    tashlanadi. Shundan so„ng maxsus aprobator bloknoti hamda urug„lik ekini 
    aprobatsiya va ildizmevalarni kuzda saralash aktlari to„ldiriladi.
    Ildizmevalarni bahorda tozalashda kurtaklar ko„karishi uchun ildizmeva 
    boshchasida 1-2 sm barg bandlari qoldiriladi. Urug„lik ildizmevalarni saqlash 
    ozuqa uchun ildizmevalar saqlash bilan bir xilda bo„lib, faqat havo almashishi 
    uchun qo„yiladigan shamollatgichlar har 2-3 metrga o„rnatiladi. Qishda saqlangan 
    urug„lik ildizmevalar bahorda saralanib, chirigan ildizmevalar ajratib tashlanadi. 
    Shu paytda bahorgi saralash akti to„ldiriladi.
    Tuproqni ekishga tayyorlash-yerni kuzda (30-35 sm) haydash, bahorda 
    tekislash, chizel hamda boronalashdan iborat. Shundan so„ng qator oralari 60-70 
    sm qilib chuqur egatlar olinadi va qo„ulda (urug„lik ildizmevalarini ekadigan 
    mashinalar bo„lmaganligi uchun) har 50-60 sm/ga urug„lik ildiz mevalar martning 
    birinchi va ikkinchi o„n kunligida ekiladi. Bunda urug„lik ildizmevalar 2-3 sm 
    chuqurlikda tuproq bilan bekitiladi. Mumkin qadar 1-2 marotaba traktorda 
    kultivatsiya kilinib, 3 marta sug„oriladi. Gulpoya chiqarish, gullashning boshida va 
    to„liq pishish oldidan sug„oriladi. Gullash oldidan urug„liklar tekshirilib, akt 
    to„ldiriladi. Mineral o„g„itlar kuzda haydashdan. oldin, azot birinchi sug„orishdan 
    oldin beriladi.


    308 
    Xo„jalikda 70% urug„lik tuganaklari jigarrangga kirganda hosilni 
    yig„ishtirishga kirishiladi. O„rilgan urug„liklar tezlikda asfaltlangan maydonlarga 
    to„kiladi. Urug„liklar qurigandan so„ng don kombaynlari yordamida maydalanadi 
    va konditsiyasiga etkazilib, lavlagi urug„i tozalaydigan OSG-0,5 da tozalanadi. 
    Lavlagi urug„i (tuganaklari) 4,5-5,5 va 3,5-4,5 mm fraksiyalarga ajratilib 
    saralanadi. Urug„ni diametri 3,25 mm dan maydalari chiqarib tashlanadi.
    rasm-31: 1-Xashaki lavlagi. 
    Ildizmeva 
    2-Xashaki lavlagi. Gullash davri 
    I klass ekish standartlariga ega urug„ning namligi 14%, tozaligi 97%, 
    laboratoriyadagi unuvchanligi 80%, II klassniki esa 94% va 70% ga teng bo„lishi 
    kerak.
    Ozuqa uchun xashaki lavlagining urug„ini ekib, urug„ olish mumkin. Bu usul 
    O„zbekiston chorvachilik ilmgohida ishlab chiqilgan. Bundan lavlagi urug„i yozda, 
    ya‟ni avgustning birinchi dekadasida yaxshilab tayyorlangan yerga (1 pog. metr 
    yerga 20 ta urug„ tuganaklari) qator orasi 60, 70 sm qilib ekiladi. Nihollar to„liq 
    unib chiqishi uchun sug„orilib, kultivatsiya qilinadi. Yagana qilinmaydi. Sovuq 
    tushguncha chuqur kultivatsiya qilinadi. Qishda ekinni chorva mollari payhon 
    qilishidan saqlanadi. Bahorda 1-2 marta kultivatsiya qilinib, oziqlantirilib, 3 marta 


    309 
    sug„oriladi. P
    90
    , K
    60
    shudgorlashdan oldin, mineral o„g„itlar azot o„g„iti gulpoyalar 
    chiqarishdan oldin beriladi. Bundan urug„lik ildizmevalarni ekib urug„ olganga 
    nisbatan 9-12 kun erta pishib yetiladi. Urug„ hosildorligi esa deyarli bir xil bo„ladi. 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish