• Rivojlanish davrlari .
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet214/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Biologiyasi 
    Tashqi muhitga talabiSabzi-sovuqqa chidamli o„simlik. Uning urug„i 2-4
    o
    C da una boshlaydi. Lekin, juda ham sekin o„sadi. Eng yaxshi o„sishi uchun 
    mu‟tadil issiqlik 18-20 
    o
    C hisoblanadi, nihollar va rivojlangan o„simliklari -5-6 
    o

    ga chidashi mumkin. Kuzda kavlab olingan ildizmevalari -2 
    o
    C da zararlanadi va 
    qishda yomon saqlanadi.
    Ildiz sistemasi 2,0-2,5 metrgacha yaxshi rivojlanganligi uchun boshqa 
    ildizmevalilarga nisbatan yozgi yuqori haroratdagi qurg„oqchilikka chidamli. 
    Ildizmevasining barcha qismi yer ostida joylashgan. O„simlik ekilganda va 
    nihollar o„sib chiqqandan so„ng yuqori namlikka talabchan bo„ladi. O„simlik 
    o„sish davrida tuproq doimiy bir xilda nam bo„lsa, sabzi yuqori hosil beradi.
    O„simlikka o„sish davrining boshidan yorug„lik etishmasa, ildizmevasi 
    uzayib ketadi va ularning o„sishi sekinlashadi. O„simlikka yorug„likning 
    etishmasligi ildizmeva hosili va urug„iga salbiy ta‟sir etadi. Sabzi o„simligi 
    ko„pchilik oziq elementlaridan o„sish davrining ikkinchi yarmida foydalanadi. 
    O„simlikda azot etishmasa, bargining o„sishi sekinlashadi yoki ko„p bo„lsa, bargi 
    o„sib ketadi, ildizmevasi o„smaydi va barglari yotib kolishi kamayadi. Fosfor 
    ildizmevada qand moddasini oshiradi, kaliy ildizmevani yumshoqqiladi va urug„ 
    tugishini yaxshilaydi. 1 tonna ildizmeva yetishtirish uchun 3,5 kg azot, 1,5 kg 
    fosfor, 7 kg kaliy va 1,6 kg kalsiy sarflanadi.
    O„simlikda bu o„g„itlar yetishmasa, havodan oziqa olishi buziladi, barglari 
    sarg„ayadi. O„simliklar yaxshi o„sishi uchun oz miqdorda temir, oltingugurt
    marganets va boshqa mikroelementlar talab yetiladi.


    311 
    Rivojlanish davrlari. Urug„ning unib chiqishi: barg qismi va ildizining 
    o„sishi; ildizmevasining shakllanishi; ikkinchi yili-poyasining hosil bo„lishi; 
    to„pgulining vujudga kelishi va gullashi; mevasining tuzilishi va urug„ining 
    pishishi.
    Bahorda sabzi urug„i quruq yerga ekilsa, 12-18 kunda va yozda 7-9 kunda 
    unib chiqadi. Urug„ pallasi 20 kungacha turadi. Iyun-iyul oylarida doimiy barglar 
    yaxshi rivojlanadi va uzoq muddat saqlanib turadi. Chinbarglari o„sib chiqishi 
    bilan 
    ildizmevasi 
    vujudga 
    kela 
    boshlaydi. 
    Ekkandan 
    to 
    ildizmeva 
    yig„ishtirilgungacha 120-130 kun kerak bo„ladi.
    Keyingi yili urug„lik uchun ajratib olingan ildizmevalar ekilgandan 30-32 
    kundan so„ng poyalar hosil bo„ladi va 20-25 kun davomida har kuni 2-3 sm o„sadi. 
    O„simliklar gullagandan so„ng sutkasiga 0,5 sm o„sadi. Urug„lik sabzi markaziy 
    novda, undan o„sib chiqqan birinchi shoxchalar, ulardan o„sib chiqqan ikkinchi 
    shoxchalardan tashkil topgan. Har bitta poya to„pgullar bilan tugaydi.
    Ildizmevalilar ekilgach 45-60 kun o„tgandan so„ng gullaydy. Tuproqda nam 
    yetarli hamda issiq bo„lsa, gullagandan 20 kundan so„ng urug„lar sut pishiklik, 25-
    30 kundan so„ng mum davrinio„taydi va oradan 10-15 kun o„tgandan so„ng to„liq 
    pishadi.
    Ishlab chiqarishda chorva mollar uchun yem-xashak maqsadida maxsus 
    navlar, shuningdek, yuqori hosilli xo„raki navlar ekiladi. Ozuqa navlaridan 
    “Shantane-2461”, “Geranda”, “Valeriya-5”, xo„raki navlaridan “Qizil Mirzoi-228” 
    va “Sariq Mirzoi-304” mavjud.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish