2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Yetishtirish texnologiyasi. Sabzini kuzda donli ekinlar, kartoshka va ko„p 
yillik o„tlardan so„ng ekish mumkin. Tuproqni ekishga tayyorlash huddi lavlagi 
yetishtirish bilan bir xil yerni 28-30 sm chuqurlikda haydash, bahorgi tekislash
chizellash, boronalash va mola bostirishdan iborat. Sho„rlangan yerlar qishda 
yuviladi. Sabzi sovuqqa chidamli va urug„ining sekin unib chiqishi hisobga 
olingan holda hamma ildizmevalaridan oldin ekiladi. Ekishdan oldin sabzi urug„i 
tikanaklardan tozalanadi va tavsiya etilgan kimyoviy preparatlar bilan zamburug„ 
va boshqa kasalliklarga qarshi dorilanadi. Sabzi sabzavotlar ekiladigan seyalkalar 


312 
yordamida mart oyining birinchi o„n kunligida qator oralari 60 yoki 70 sm, ekish 
normasi 4-6 kg/ga, 1,5-2,0 sm chuqurlikda ekiladi. Sabzi urug„lari bir xilda yerga 
tushishi uchun ekishdan oldin 10-15 kg fosfor yoki qirindi bilan aralashtiriladi.
Nihollar unib chiqqandan so„ng britva va yassi lapkalar bilan (4-5 sm) 
kenglikda yuza kultivatsiya qilinadi. Sabzi nihollari 4-5 dona chinbarg 
chiqarganda gektariga 250-300 ming tup o„simlik hisobidan yagana qilinadi. 
Begona o„tlarga qarshi tavsiya qilingan gerbitsidlardan foydalaniladi. O„suv 
davrida 2-3 marta traktorda kultivatsiya va qo„lda chopiqqilinadi. Gektariga 80-90 
kg azot bilan oziqlantiriladi va qatorlardan o„suv suvi beriladi.
1 tonna sabzi ildizmevasi va shuncha barg hosil bo„lishi uchun yer 3,5 kg 
azot, 1,5 kg fosfor, 7 kg kaliy o„g„itlarini talab etadi. Shuning uchun kuzda 
shudgorlashdan oldin gektariga 30-40 tonna chirigan go„ng va P
60
K
60 
o„g„itlari 
solish tavsiya yetiladi. Faqat birinchi va ikkinchi suvdan oldin azotli o„g„itlar bilan 
oziqlantiriladi.
Ildizmevalari 
sovuq 
tushguncha 
yig„ishtiriladi. 
Bunda 
lavlagi 
yig„ishtiriladigan SNU-3S yoki g„o„zapoya kavlagichlardan foydalaniladi. Qo„lda 
barglari tozalanadi va saralanadi. Bargini KIR-1,5 yordamida o„rish mumkin.
Sabzini qishga saqlaydigan maxsus joylar yetishmasa, chuqurligi 0,7-1 m, 
eni 0,7 m va uzunligi 10 m bo„lgan handaklardan foydalaniladi.
Ildizmevaning har qaysi qatlami orasiga yaxshi saqlanish uchun qum 
sepiladi va usti somon bilan yopiladi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish