2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi
Urug„chiligi. Elita urug„chiligidan oldin ildizmevalar yetishtiriladi, 
yig„ishtirish paytida shakli, rangiga qarab zararlanmagan ildizmevalar saralab 
olinadi va barglari qo„lda tozalanadi va bahorgacha saqlanadi. Urug„lik uchun 
sabzi mevalari olish uchun sabzi 2,0-2,5 hafta kech ekiladi. Xo„raki sabzidan farqi 
o„laroq urug„lik sabzi 1 gektarda 300-400 ming tup qoldiriladi. Bu kelasi yili 5-6 
gektar yerga urug„lik uchun ekishga yetarli. Urug„lik sabzi ildizmevalarini yaxshi 
saqlashi uchun o„suv davrida solinadigan azot miqdorini 100 kg/ga kamaytirish 
tavsiya yetiladi.


313 
rasm-32: 1-Xashaki sabzi poyasi
va guli
2-Ildizmevalari 
Ildizmevalarni 
saqlaydigan 
xandakchalarga 
o„rnatilgan shtabelning 
balandligi 60 sm bo„lishi kerak. Ekishgacha ildizmevalar shamollatiladi va 
saralanadi. Urug„lik ekiladigan maydoni tanlab olinadi, himoya zonasi 2000 metr 
bo„lishi kerak. Maydonga kuzda P
60
K
60 
o„g„itlari solinib 30 sm chuqurlikda 
haydaladi. Ekish oldidan maydon tekislanadi, traktorda qator oralari 60 yoki 70 sm 
kenglikda egatlar olinadi. Ekish asosan sovuq va nam ob-havoda boshlanib, qo„lda 
ariqlarga ekiladi va ildizmevasining usti 1,5-2,0 sm qalinlikda tuproq bilan 
berkitiladi. Ekish oldidan urug„lik ildizmevalarning uch tomonidan 30% kesish 
tavsiya yetiladi. Bu usul urug„larning tez ko„karishini ta‟minlab urug„ hosilini 
orttiradi.
Urug„lik navlarining yaxshi rivojlanishi uchun o„sib chiqqan ildizmevalarda 
qatorlar hosil bo„lganidan so„ng bargning o„sish no„qtasi ochiladi. O„suv davrida 
begona o„tlarga qarshi qator oralari traktorda kultivatsiya qilib yumshatiladi va 
qo„lda chopiqqilinadi. O„simliklar gulpoyalar chiqara boshlash davrida gektariga 
N
100
P
150
K
90
kg mineral o„g„itlar bilan oziqlantiriladi, 6-7 marta sug„oriladi, urug„ 
yig„ishtirishga soyabonlari 60% pishganda kirishiladi. O„rilgan urug„liklar 


314 
xirmonga keltiriladi. U yerda yaxshi pishib yetiladi va quriydi. Sabzi va urug„larni 
tikanaklaridan tozalash uchun (ypyg„ tozalagich, sabzi urug„i tozalagich) ishqalash 
uskunalaridan o„tkaziladi, undan so„ng “Petkus-Gigant” yoki boshqa uskunalarda 
tozalanadi.
Yem-xashak sabzining birinchi toifali urug„iga qo„yilgan ekish standarti nav 
tozaligi 98%, ikkinchisi 96% va uchinchisi 85%, ekish sifati bo„yicha urug„ining 
laboratoriyadagi unuvchanligi 70%, tozaligi 95%, tarkibidagi boshqa o„simliklar 
urug„i 0,5%, ikkinchi klass 45,9 va 1,0 namligi 10% dan yuqori bo„lishi kerak 
emas.
O„zbekiston Sabzavot va polizchilik ITI, Kartoshkachilik ITIda sabzi 
urug„ini ildizmevasidan ekib emas, balki yozda urug„ini ekib olish usuli ishlab 
chiqilgan. Ekish me‟yori gektariga 4 kg, ekish muddati iyulning oxirgi o„n kunligi 
hisoblanadi. Sovuq tushgunga qadar o„simliklar chuqur kultivatsiya qilinadi
qatorlar olinadi. Bunda urug„liklarning o„sish davri 8-10 kun oldin boshlanadi va 
urug„lik o„simliklarning balandligi 15-20 sm, ildizmevadan ekilgan o„simliklarga 
nisbatan yuqori bo„ladi. Traktorda ishlov berish, o„toq va oziqlantirish nazorat 
bilan bir xilda olib boriladi. Bunda urug„lar ildizmevadan ekilgan urug„larga 
nisbatan 6-8 kun oldin pishadi va urug„ hosildorligi yuqori bo„lib, tannarxi esa past 
bo„ladi (bu usulda gektaridan 9 sentner va ildizmevadan ekilganda esa 4,3 sentner 
urug„ hosili olingan).

Download 7.59 Mb.
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish