• Yetishtirish texnologiyasi O„tmishdosh
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet219/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Biologik xususiyati. O„sishi va rivojlanishi ko„proq lavlagi va sabziga 
    o„xshaydi. Xashaki sholg„omning urug„i 1-2 
    o
    C da una boshlaydi. Agarda nam 
    tuproqqa ekilsa 8-10
    o
    C, issiqqa ekilsa 3-4 kunda to„liq unib chiqadi. Yosh 
    nihollari -5
    o
    C , kattalari esa -6
    o
    C sovuqqa chidamli. Namga talabchan ekin. 
    Tuproqdagi eng kam nam 70-75% bo„lganda yaxshi rivojlanadi. Xashaki sholg„om 
    unumdor va engil tuproqlarda tuproq muhiti pH 6,0-6,5 bo„lganda yaxshi o„sadi. 
    Kechpishar navlari 100-110 kun, erta pisharlari 60-70 kunda to„la pishib yetiladi. 
    O„zbekiston 
    sharoitida 
    ildizmevasining 
    texnik 
    pishishi 
    85-90 
    kun. 
    Mamlakatimizda «Esti Naeris» va «Osterzundomskiy», “Moskovskiy” va 
    “Skorospeliy VIK” navlaridan yuqori hosil olinadi.


    317 
    Yetishtirish texnologiyasi 
     
    O„tmishdosh. Tuproqni ekishga tayyorlash, ishlov berish xashaki lavlagi va 
    sabzi ekinlarini yetishtirish bilan bir xil. Almashlab ekishda xashaki sholg„omni 
    g„o„za, makkajo„xori, yozda oraliq va kuzgi g„alla ekinlaridan so„ng ekish 
    mumkin. Xashaki sholg„omdan 1 t. hosil olish uchun yerga: 2, 5 kg azot, 1 kg 
    fosfor va 4 kg kaliy o„g„itlari solish tavsiya yetiladi. Yerni shudgorlashdan oldin 
    har gektar yerga 20-30 t chirigan organik o„g„it, 60-80 kg fosfor va kaliyli mineral 
    o„g„itlar (sof holda) solinadi. Bahorda yer chizellanib, boronalanib, tuproqdagi 
    namni saqlab qolish va urug„ni tuproqqa bir xilda tushishi uchun, engil tekislanib, 
    ekishga tayyorlanadi.
    Erta bahorda xashaki sholg„om tez rivojlanadi va zararkunandalar bilan kam 
    zararlanadi. Ekin sabzavotlar ekiladigan SO-4, 2 yoki boshqa seyalkalar 
    yordamida ekiladi.
    1 gektar yerga 3-4 kg ekiladi, ekish chuqurligi 1,5-2,0 sm. Urug„ni yerga bir 
    tekisda tushishi uchun ekish oldidan uruqqa superfosfat (ammofos) yoki chirindi 
    aralashtirilib ekiladi. Qator orasi 60-70 sm, eng ma‟qul ko„chat soni 1 gektar yerga 
    90-100 ming o„simlik hisoblanadi.
    Erta bahorda yomg„irdan so„ng urug„ning unib chiqishiga to„sqinlik 
    qiladigan qatqaloqqa qarshi engil borona qilinadi. Nihollar to„liq unib chiqqandan 
    so„ng, begona o„tlarni kesadigan va tuproqni yumshatadigan ishchi organlari 
    o„rnatilib traktorda kultivatsiya qilinadi. Xashaki sholg„om 2-3 juft chinbarg 
    chiqarganda yagana qilinadi va har bir pog. metrda 6-7 tadan o„simlik qoldiriladi. 
    Bir gektar yerda xashaki sholg„omda 90 ming tup o„simlik qoldiriladi. 
    Yaganalashning kechiktirilishi tufayli o„simliklar nimjon bo„lib, hosildorlik keskin 
    kamayib ketishiga olib keladi. Ekinni begona o„tlardan 1-2 marta tozalab, qator 
    oralariga ishlov beriladi. May oyining oxiri va iyunning boshlarida ekinlar 1 gektar 
    hisobiga 60-80 kg azot bilan oziqlantirilib, keyin sug„oriladi.
    Yozda ekilganda o„tmishdosh ekinlar yig„ishtirib olingandan so„ng ep 
    sug„oriladi. 25-30 sm chuqurlikda haydaladi, chizellanadi, boronalanadi va mola 


    318 
    bostirilib, keyin ekiladi. Ekish sxemasi va ko„chat qalinligi yuqorida 
    ko„rsatilganidek bo„ladi. Yozda ekinlarga ishlov berish: 2 marta kultivatsiya, 
    yagana, 1 marta chopiq, 1 marta azot va kaliy (N
    100
    K
    60
    ) o„g„itlari bilan 
    oziqlantiriladi va 3-4 marta egatlardan sug„oriladi. Zararkunandalarga qarshi may 
    oyining oxirida fosfamid preparatlari bilan ishlov beriladi.
    Bahorda ekilgan xashaki sholg„omni qo„l kuchi bilan iyulda ildizmevalari 
    qotib qolmasdan hayvonlarga emish uchun yig„ishtirib olinadi. Yozda ekilgan 
    xashaki sholg„om kuz va qishda chorva mollariga yedirishuchun xandaklarda 
    saqlanadi. Lekin, ildizmevasi tarkibida quruq modda va qand kam bo„lganligi 
    uchun saqlanish xususiyati past, shuning uchun birinchi navbatda chorva mollariga 
    berish tavsiya yetiladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish