• 49-Jadval Moyli ekinlarning tarkibidagi moy miqdori va sifati (G.S. Posypanov ma‟lumotlari)
  • Takrorlash uchun savollar
  • -jadval  O„simlik moyining asosiy xususiyatlari




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet222/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    48-jadval 
    O„simlik moyining asosiy xususiyatlari 
    Ekin 
    turi 
    Rangi 
    Zichligi 
    g/sm
    3
     
    Qotish 
    harorati, 
    o
    C 
    Sovunlanish 
    soni 
    Yod 
    soni 
    Yeryong„oq 
    rangsizdan 
    qizilgacha 
    0,91-0,96 
    -3 
    188-197 
    83-105 
    Xantal 
    och yashil, 
    qo„ng„ir 
    0918 
    -15 
    170-184 
    92-123 
    Kakao 
    sarg„ish 
    rangda 
    0,96 
    21,5-27 
    192-196 
    34-38 
    Kastorovoe 
    rangsiz, 
    to„q yashil 
    0,962 
    -10-18 
    176-187 
    81-90 
    Kokos 
    oq, 
    sariq 
    0,925 
    19-25 
    246-286 
    8-10 
    Kashnich 
    yashil, 
    qo„ng„ir 
    0,926 
    -4 
    190 
    94-100 


    323 
    Kunjut 
    och 
    sariq 
    0,922 
    -3-6 
    187-195 
    103-112 
    Makkajo„xori 
    olinday 
    sap-sapsariq 
    0,924 
    -10-15 
    188-193 
    117-123 
    Lyallemansiya 
    och sariq 
    rangda 
    0,924 
    -34 
    181-185 
    162 
    Zig„ir 
    sariq, 
    qo„ng„ir 
    0,933 
    -18-27 
    191-195 
    174-183 
    Moyli ko„knori 
    olinday 
    sap-sapsariq 
    0,924 
    -15-20 
    189-195 
    131-143 
    Zaytun 
    olinday 
    sap-sapsariq 
    0,917- 
    2- 8 
    185-190 
    80-85 
    Perilla 
    och, to„q 
    sariq 
    0,931 
    - 
    187-197 
    180-196 
    Kungaboqar 
    och 
    sariq 
    0,924 
    -16-18 
    185-194 
    127-130 
    Raps 
    och 
    sariq 
    0,914 
    -4-10 
    172-175 
    94-106 
    Maxsar 
    sariq 
    rangda 
    0,925 
    -13-20 
    187-194 
    138-150 
    Soya 
    och, to„q 
    sariq 
    0,928 
    -9-18 
    188-195 
    124-133 
    Tung 
    och sariq, 
    apelsin rang 
    0,94 
    -17-21 
    188-197 
    154-178 
    G„o„za 
    sariq, qizil, 
    qo„ng„ir 
    0,92 
    -1-4 
    194-196 
    103-111 
    Moyli ekinlarning tarkibida yuqori sifatli oqsil bo„ladi. Tarkibida lizin
    triptofan, sistin, arginin kabi muhim aminokisltalar mavjud.
    Moyli ekinlar orasida eng ko„p soya o„simligidan moy ishlab chiqarilmoqda, 
    undan keyin kungaboqar, yeryong„oq, chigit, raps, kunjut, maxsar moyi turadi.
    49-Jadval 
    Moyli ekinlarning tarkibidagi moy miqdori va sifati 
    (G.S. Posypanov ma‟lumotlari) 
     
    Ekinlar 
    Urug„da moy 
    miqdori, 

    Kislota 
    soni 
    Qurish 
    darajasi 
    Lyallemansiya 
    23,3-37,3 
    0,8-4,4 
    quriydigan 
    Perilla-sudza 
    26,1-49,6 
    0,6-3,9 
    quriydigan 
    Moyli zig„ir 
    30,0-47,8 
    0,5-3,5 
    quriydigan
    Ryjik 
    25,6-46,0 
    0,2-12,2 
    quriydigan 
    Moyli ko„knori 
    46,0-56,0 

    quriydigan
    Kungaboqar 
    29,0-56,9 
    0,1-2,4 
    yarim quriydigan 
    Maxsar 
    25,0-32,0 
    0,8-5,8 
    yarim quriydigan
    Kunjut 
    48,0-63,0 
    0,2-2,3 
    yarim quriydigan
    Soya 
    15,5-24,5 
    0,03-5,7 
    yarim quriydigan


    324 
    Ko„k xantal 
    35,2-39,8 
    0,06-3,0 
    yarim quriydigan
    Oq xantal 
    30,2-39,8 
    0,06-8,5 
    yarim quriydigan
    Kuzgi raps 
    45,0-49,6 
    0,1-11,0 
    yarim quriydigan
    Bahorgi raps 
    33,0-44,0 
    2,0 
    yarim quriydigan
    Yeryong„oq 
    41,2-56. 5 
    0,03-2,24 
    qurimaydigan 
    Kanakunjut 
    47,2-58,6 
    0,30- 11,6 
    qurimaydigan
    Moyli ekinlar orasida efir moyli ekinlar ajralib turadi. Bu ekinlarning 
    tarkibida (urug„ida, mevasida, bargida, poyasida) 5-7% efir moyi bo„ladi. Bu 
    guruhniig asosiy vakillari: arpabodiyon, kashnich, qora zira, yalpiz, oq ziradir.
    Efirmoyli ekinlar tabobatda, parfyumeriya va oziq-ovqatda qo„llanadi. 
    Chiqindisi chorva mollariga yuqori sifatli oziqa bo„lib hisoblanadi.
     
    Moyli ekinlarning botanik ta‟rifi 
    Moyli ekinlar guruhini xilma-xil ekinlar tashkil qilgan. Bu ekinlar turli 
    botanik oilalarga mansub (karamdoshlar, dukkakdoshlar, sutlamaguldoshlar va 
    boshqalardir) bo„lib, morfologik va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq 
    qiladi.
    Shu guruhning vakillari: 
    1. Kungaboqar 
    - Helianthus annus L., Asteraceae 
    2. Maxsar 
    - Carthamus tinctorius L., Asteraceae 
    3. Kunjut 
    - Sesamum indicum L., Pedaliaceae 
    4. Yeryong„oq 
    - Arachis hypogaea L., Fabaceae 
    5. Soya 
    - Glycine hispida, Fabaceae 
    6. Moyli zig„ir 
    - Linum uzitatissimum L., Linaceae. 
    7. Kanakunjut 
    - Ricinus communis L., Euphorbiaceae 
    8. Raps 
    - Brassica napus L. ssp,oleifera Metzg, Brassicaceae 
    9. Oq xantal 
    - Sinapis alba, Brassicaceae 
    10. Xantal 
    - Brassica junceae Czern, Brassicaceae 
    11. Perilla 
    - Perilla ocymoides L 
    12. Rijik 
    - Camelina sativa Grantz 
    13. Lyallemansiya 
    - Lallemantiai berica F. et M 


    325 
    14. Fenxel 
    - Foeniculuv vulgare L 
    15. Qora zira 
    - Carum carvi L 
    16. Arpabodiyon 
    - Pimpinella anisum L 
    17. Kashnich 
    - Coriandrum sativum L 
    18. Krambe 
    - Grambea byssinica Z. , Brassicaceae 
    19. Mak (moyli) 
    - Papaver somniferum L 
    Takrorlash uchun savollar: 
    1. O„simlik moyini ahamiyati? 
    2. Moy o„simlikning qaysi qismida to„planadi? 
    3. Yod soni qanday aniqlanadi? 
    4. Kislota soni qanday aniqlanadi? 
    5. Sovunlanish soni qanday aniqlanadi? 
    6. O„zbekistonda qanday moyli ekinlar ekiladi? 
    7. Moyi qurimaydigan ekinlar nomi? 
    8. Yarim quriydigan moylar qayerda qo„llaniladi? 
    10. Qaysi o„simliklarning moyi tez quriydi? 
     
    7.2. KUNGABOQAR 
    Ahamiyati. Kungaboqar moyi asosan oziq-ovqatda qo„llaniladi. U oqish 
    sariq rangli, tiniq, yarim quriydigan (yod soni 119-144), urug„ tarkibida 29-56% 
    moy va 15% oqsil bo„ladi. Moy tarkibida 62% gacha biologik faol menol kislotasi, 
    vitaminlardan A, D, E, K, fosfatidlar mavjud.
    Kungaboqar moyi margarin, mayonez, baliq va sabzavot konservalari, 
    qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda lak-bo„yoq, sovun tayyorlashda ishlatiladi 
    Moy olingandan keyin qoladigan chiqindilari-shrot va kunjara chorva 
    mollariga yuqori sifatli oziqdir. Kunjara tarkibida 5-7% shrotda esa 1% moy, 33-
    35% oqsil bo„ladi. Kunjaradan xolva tayyorlanadi. Kungaboqarning savati 
    (gulto„plami) chorva mollariga ham yaxshi oziqdir. Kunjaraning tarkibida 30% 
    oqsil va 5-6% moy bo„ladi. Poyadan potash va furfurol ishlab chiqariladi. 


    326 
    Savatlardan silos tayyorlanadi. 100 kg silosning tarkibida 11 kg oqsil, 12,3 kg 
    ozuqa birligi mavjud. Baland bo„yli, serbargli navlari ko„k ozuqa va silos 
    tayyorlashda qo„llaniladi.
    Tabobatda gullari, barglari va urug„lari qo„llaniladi. Urug„ tarkibida moy
    oqsil, uglevodlar, karotinoidlar,fitin moddalari mavjud. Barglarida karotin, elim 
    moddalar, kauchuk, flavonoidlar, organik kislotalar aniqlangan. Gullarida bo„yoqli 
    moddalar, spirtlar mavjud. Maydalangan savatlar enterokolit kasalligida 
    qo„llanadi.
    Tarixi. Olimlar kungaboqarning vatani Meksika va Peru deb hisoblashgan, 
    ammo, xujjatlar asosida Shimoliy Amerika - Kanada deb topilgan. Shimoyliy 
    Amerikaning g„arb rayonlarida yovvoyi holda o„sib turgan bir yillik kungaboqarni 
    ko„rish mumkin. Amerikadan XVI asrda o„simliklar Yevropaga keltirilganda 
    kungaboqar ham keltirilgan va qisqa muddatda Yevropa davlatlari bo„yicha tez 
    tarqalgan. Botaniklar tomonidan kungaboqar tavsifi ilk bor Lobel tomonidan 
    yozilgan va uni «Quyosh guli» deb nomlagan (1576 yili). Yevropada kungaboqar 
    ilk bor manzarali ekin sifatida tarqalgan. Pistasi kofe o„rniga ishlatilgan. Rossiya 
    hududida kungaboqar XVIII asrda Petr I farmoyishi bilan ekila boshlangan. 
    Rossiyada ham uzoq vaqt manzarali ekin sifatida tarqalgan. Rossiyaning Voronej 
    gubyerniyasida 1829 yili kungaboqardan moy olingan. Uzoq yillar davomida bu 
    texnologiya takomillashtirilgan va moy ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan, 
    ishlab chiqilgan moy eksport qilina boshlangan. 1865 yili Voronej gubyerniyasida 
    birinchi moy ishlab chiqarish zavodi qurilgan. Kungaboqarni ekin maydoni ham 
    kengaya boshladi. Ammo, ayrim yillarda kungaboqarni hosili mol va zarazixa 
    tufayli keskin qisqarib ketgan. 1913 yili molga va zarazixaga chidamli nav 
    yaratilgan va kungaboqarning ekin maydoni yana kengaytirilgan. Moyli 
    kungaboqarni birinchi navlari 1912-1913 yillarda yaratilgan.
    Rossiyadan tashqari moyli ekin sifatida kungaboqar Yevropa davlatlarida 
    ekiladi. Amerikada yem-xashak o„simlik sifatida ekiladi.
    Yer yuzida kungaboqar 20,6 mln. ga maydonga ekiladi, o„rtacha hosil 17,5 
    s/ga, yalpi hosili 44,8 mln. tonna. Kungaboqar Argentina, Kanada, Xitoy, 


    327 
    Ispaniya, Turkiya, Rumyniya, Avstraliya, Tanzaniya, Ukraina, Moldovada ekiladi. 
    Hosili o„rtacha 0,81 dan to 5 t/gacha o„zgaradi.
    32
    Sistematika. Kungaboqar-Asteraceae oilasiga, Helianthus annuus L. turkumi 
    va turiga mansub. Helianthus annuus L. yig„ma tur bo„lib, 2 ta mustaqil turga 
    bo„linadi: Helianthus cultus Wenzl - madaniy ekma va Helianthus ruderalis Wenzl 
    – yovvoyi turlariga bo„linadi.
    Madaniy turi ekma va manzarali kenja turlariga bo„linadi. Kungaboqar 
    navlari urug„ning kattaligiga, moyning miqdoriga va mag„izining chiqishiga ko„ra 
    quyidagi 3 guruhga bo„linadi: 
    1) Moyli kungaboqar: pistasi mayda, uzunligi 8-14 mm, 1000 donasnning 
    vazni 35-80 g, po„chog„i 22-36% ni tashkil qiladi, mag„zi tarkibida 53-63% moy 
    bo„ladi;
    2) Chaqiladigan kungaboqar: pistasi yirik, uzunligi 15-25 mm, 1000 
    donasining vazni 100-170 g, po„chog„ida yog„ miqdori 42-56%, mag„izining 
    tarkibida 20-35% moy bo„ladi; 
    3) Oraliq kungaboqar yuqoridagi hamma ko„rsatkichlari bo„yicha o„rtacha.
    Pistaning po„chog„ida 76% gacha uglerod bo„lsa, molga zarar keltirmaydi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval  O„simlik moyining asosiy xususiyatlari

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish