• Suvga bo„lgan talabi
  • Tuproqqa bo„lgan talabi
  • Oziqaga bo„lgan talabi
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet223/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Biologiyasi 
     Unib chiqishdan boshlab pistasi to„la pishish davrigacha 2600 dan 2850 °C 
    gacha issiqlik talab qilinadi. Bu ko„rsatkich nav va tuproq-iqlim sharoitiga qarab 
    o„zgarib turadi. Shimoliy rayonlarga qarab o„suv davri uzayadi. Kungaboqarning 
    urug„ii 5-10 °C da unib chiqadi, harorat 10-12 °C bo„lganda ancha tez unadi. 
    Optimal harorat 18 °C bo„ladi. Bundan yuqori haroratda unib chiqish jarayoni 
    tezlashadi. Maysa -6 °C sovuqqa bardoshlidir. Harorat yuqori bo„lib suv 
    yetishmasa hosil keskin kamayadi. Yuqori haroratning salbiy ta‟siri to„la 
    maysalanishdan gullash davrining oxirigacha kuzatiladi.
    Suvga bo„lgan talabi. Ildizi yaxshi rivojlanganligi tufayli kungaboqar 
    qurg„oqchilikka chidamli, talab qilinadigan suvni tuproqning chuqur qatlamlardagi 
    32
    www.FAOstat.fao.Org-2016 year. 


    328 
    suvdan foydalanadi; poya va barg ustidagi qalin tuklari bug„lanishdan saqlaydi. 
    Suvni amal davrida bir xil talab qilmaydi. Maysalanishdan savat rivojlanish 
    davrigacha yillik me‟yorning 20-25% ni talab qiladi. Suvni ko„p talab qiladigan 
    davri - gullash davri, bu davrda talab qiladigan suvningm umumiy me‟yoridan 
    60% ni o„zlashtiradi. Qurg„oqchilik sharoitida hosil ancha kamayadi.
    Tuproqqa bo„lgan talabi. Kungaboqar har xil tuproqlarda yetishtiriladi. 
    Faqat botqoqlangan va qumoq yerlarda yaxshi rivojlanmaydi, hosil bermaydi. 
    Boshqa dala ekinlari orasida afzalligi - sho„rga chidamliligi. O„bekistonning 
    sho„rlangan tuproqlarida sho„rlanish darajasiga qarab kungaboqar joylashtirilishi 
    mumkin. Kungaboqar qora, bo„z, sur, tuproq muhiti pH 6,0-6,8 bo„lgan 
    tuproqlarda yaxshi o„sadi va rivojlanadi.
    Oziqaga bo„lgan talabi. Olimlar ma‟lumoti bo„yicha kungaboqar talab 
    qilinadigan oziqa moddalarning 25% gullashdan keyin o„zlashtiradi. Gullash 
    davrida oziqa moddalarning aksariyat qismini o„zlashtiradi. Fosforning asosiy 
    qismini maysalanishdan savat hosil qilish vaqtigacha o„zlashtiradi, azotni savat 
    hosil qilishdan gullash davrini oxirigacha, kaliyni esa savat hosil qilishdan dumbul 
    pishish davrigacha o„zlashtiradi. Amal davrining boshlanishida azot, fosfor va 
    kaliyning kam me‟yorlarida qo„shimcha oziqlantirilsa o„simlik yaxshi o„sadi. 
    Mineral o„g„itlarning qolgan qismlari savat rivojlanish davrida tuproqqa solinsa, 
    kungaboqar tez rivojlanadi, yaxshi hosil beradi. Azot yetishmasa uning o„rniga 
    o„simlik fosforni ko„p o„zlashtiradi, ammo kaliy ham kam o„zlashtiriladi. Savat 
    hosil bo„lgandan keyin fosforning yuqori me‟yorlari salbiy natija beradi. 
    Kungaboqar 1 t urug„ va tegishli qo„shimcha hosil yetishtirish uchun o„zlashtiradi 
    60 kg azot, 26 kg fosfor va 186 kg kaliy.
    Yorug„sevar qisqa kun ekini, soya joylarda va bulutli havoda o„sishi va 
    rivojlanishi to„xtaydi, barglari maydalashadi.
    O„suv davrida kungaboqarda quyidagi rivojlanish bosqichlari aniqlangan: 
    - unib chiqish 10-15 kun davom etadi, murtak ildiz rivojlanadi, urug„ 
    pallasi yer betiga chiqadi; 


    329 
    - savatning shakllanishi 30-40 kun, bu bosqichda birinchi chinbarglari 
    rivojlanadi. O„simlikdao„rtacha 13 ta barg rivojlanganda savat hosil bo„ladi.
    - shonalash-gullash 25-30 kun davom etadi, o„simlik tez o„sadi gullash 
    boshlanadi, sariq rangli tilsimon gullari rivojlanadi; 
    - gullash-pishish 35-40 kun davom etadi, ikki jinsli naychasimon gullar 
    hosil bo„ladi. Kungaboqar biologiyasi bo„yicha chetdan changlanadigan o„simlik, 
    ammo tabiatda o„zidan changlanishi ham mumkin.
    rasm-34: 1-Kungaboqar o„simligi 
    2-Kungaboqar savati 
    O„tkazilgan tajribalar natijasi bo„yicha 25% o„zidan changlanishi mumkin, 
    ammo pistalari puch bo„lib qoladi. O„zidan changlanish xususiyati nasldan naslga 
    o„tar ekan va ayrim shakllarida olimlarning fikri bo„yicha o„zidan changlanish 
    90% gacha bo„lishi mumkin deb hisoblanadi. Chetdan changlanish aksariyat xolda 


    330 
    xashoratlar yordamida, ayrim xollarda shamol yordamida ro„y beradi. Bitta 
    o„simlik o„rtacha 8-10 kun gullaydi, bitta gul 24-36 soat gullab changlanadi. 
    Gullash davrida o„simlik suv, oziqa, yorug„ bilan ta‟minlansa, gul chetdan 
    changlanadi, urug„i to„lishadi. Navga xos rangga ega bo„ladi, to„la pishganda - 
    savat sariq, jigar rangli bo„ladi, pistasining namligi 18-12% gacha kamayadi. 
    NavlariDavlat Reestriga kiritilgan O„zbekiston hududida ekishga tavsiya etilgan 
    navlar: Albatros, Berezanskiy, Buzuluk, Rodnik, SPK, SUR Rossiyadan; Veliya, 
    Vladimir, Dushko, Dukot, Novosadyanin Yugoslaviyadan; Krasotka Fransiyadan 
    keltirilgan xorijiy navlari bo„lsa, Dilbar, KK-1, Navro„z, Slava, Jahongir 
    O„zbekistonda rayonlashtirilgan mahalliy navlari bo„lib hisoblanadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish