36
Ekinlarda assimilyasiya yuzasining asosiy
qismini barg tashkil qiladi, aynan
bargda fotosintez jarayoni ro„y
beradi. Bargdan tashqari, fotosintez o„simlikning
barcha yashil rangli qismida o„tadi (poya, barg, qiltiq, meva va hokazo).
Assimilyasiya yuzasi deganda odatda barg yuzasi tushuniladi. O„suv davrida barg
yuzasi oshib boradi. Maysalanish davridan boshlab barg yuzasi oshadi. O„simlik
o„sishdan to„xtaganda barg yuzasi eng yuqori ko„rsatkichga ega bo„ladi,
keyin
sekin kamayadi, chunki barg sarg„ayib to„qiladi. O„simlik to„la pishganda ko„p
ekinlarda barg to„kilib, umuman qolmaydi.
O„suv davrida barg yuzasi keskin o„zgarib turadi, bu suv bilan ta‟minlanishga,
oziqlanish va boshqa agrotexnik tadbirlarga bog„liq bo„ladi. Qurg„oqchilik
sharoitida barg yuzasi 5-10 ming kv.m/ga yetishi mumkin, suvli yyerlarda va azot
bilan to„la ta‟minlanganda 70 ming kv.m/ga yetadi. Agar barg indeksi 4-5 ga teng
bo„lsa, demak ekinning fotosintetik imkoniyati muqobil tizimda bo„lib FARni
yaxshi o„zlashtiradi.
Qo„ng„irboshli
ekinlarda barg yuzasi, sut pishish davrida, dukkakli-don
ekinlarda poyaning yuqorigi
qismida dukkak shakllanganda, ko„p va bir yillik
o„tlarda gullash davrida barg yuzasi eng yuqori bo„lgan davri hisoblanadi. Bu
davrlardan keyin barg yuzasi kichraya boshlaydi.
Barg yuzasini uzoqroq muddatda yuqori ko„rsatkichda bo„lishini agrotexnik
tadbirlar bilan qisman boshqarish mumkin. Suvli sharoitda
ayrim yillarda barg
yuzasi katta bo„lib vegetativ organlari yaxshi rivojlanadi, ammo meva, urug„ kam
bo„ladi. Yem-xashak o„tlardan ko„kat olish uchun barg yuzasi 60-80 ming kv.m/ga
bo„lganligi maqsadga muvofiqdir.
Demak, yuqori hosil olish jarayoni barg yuzasining o„suv davrida o„zgarishi
bilan bog„liq.
Ekinning fotosintetik potensialini (FP) o„suv davri uchun yoki ma‟lum bir
davrlararo aniqlash mumkin. Masalan, shonalash davrida soya o„simligida barg
yuzasi 30 ming. kv. m/ga bo„lgan, gullash davrida 40 ming. kv. m bo„lgan.
Shonalash davridan gullash davrigacha 10 kun deb qabul qilinsa, shu davr uchun
soya ekinining FP (30-40) : 2 x 10-35 ming kv. m. kun/ga teng bo„ladi. Umuman,
37
o„suv davri 100-120 kun bo„lgan ekinlar uchun FP o„rtacha 2,0-2,5 mln. kv. m.
kun/ga teng bo„ladi. Suvli yrlarda bu ko„rsatkich 3-4 mln. kv. m. kun/ga teng
bo„lishi mumkin.
Fotosintez mahsuldorligi don ekinini fotosintetik faoliyati ko„rsatkichidir.