341
Begona o„t kam bosgan dalalarda aprelning birinchi yarmida 8-10 sm
chuqurlikda bir marta kultivatsiya va boronalash yetarlidir. Begona o„t ko„p bosgan
dalalar 2 marta: aprelning boshida 10-12 sm chuqurlikda
va aprelning ikkinchi
yarmida 8-10 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi.
Ekishdan oldin maydon egatlar orqali sug„oriladi. Tuproq yetilishi bilan
kultivatorda ishlanadi, undan keyin boronalanadi va mola bosiladi.
Sizot suvlari
yer yuzasiga yaqin bo„lgan joylarda ko„pincha ko„klamda ekishdan oldin
sug„orilmaydi.
Ekiladigan urug„ sifatiga e‟tibor beriladi. Urug„ning tozaligi 95-98% dan
kam bo„lmasligi, unuvchanligi 85- 95% bo„lishi kerak. Kunjut kech ko„klamda -
may oyida ekiladi. Ang„izga 10-15 iyunda ekilishi zarur. Kunjut keng qatorlab
ekiladi, qator orasi 60-70 sm ekish chuqurligi 3-5 sm bo„ladi. Bir gektarga 1,5-2,0
mln. dona yoki 5-6 kg urug„ ekiladi. Ekish bilan bir
qatorda egatlar olinadi va
qondirib sug„oriladi.
O„suv davrida 2-3 marta kultivatsiya qilinadi, yagana qilinmaydi, 2-4 marta
sug„oriladi, gullaguncha 1-2 marta sug„oriladi, gullash davrida 2 marta suv
beriladi. Sizot suvlari yaqin joylashgan yerlarda 1-2 marta sug„oriladi. O„simlik
sarg„ayib barglari to„kiladi, pastki ko„sakchalari oldin yetiladi. Vaqtida hosil
yig„ilmasa, ko„sakchalar yorilib urug„ to„kiladi.
O„roq mashinasida o„rib yig„ib olingan kunjut bog„lanib xirmonda quritiladi
va 10-12 kundan keyin qulda yanchiladi. O„simlikni
pastga qaratgan holda qoqib
olinadi.
Don tozalash mashinalarida tozalanadi va qopda yoki 20-30 sm
balandlikdagi toza yerda saqlanadi. Saqlanadigan urug„likda namlik 9% dan ko„p
bo„lmasligi kerak.