2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Tarixi. Yeryong„oqning vatani Janubiy Amerika bo„lib, hozir ham ko„p yillik 
yovvoyi turlari Braziliyaning janubiy qismi, Paragvay, Urugvay, Boliviya va 
Amazonka daryosi sohillari bo„ylab o„sadi. Yeryong„oqning vatanini aniqlashda 
ikki xil qarashlar mavjud bo„lib, ayrim botaniklar bu o„simlikning vatani Afrika, 
Amerikaga esa Yevropaliklar Afrikadan keltirishgan degan fikrni oldinga 
surishgan.
Biroq, yeryong„oq haqidagi birinchi ma‟lumotlar XVI asrning ikkinchi (1569 
yilda) yarmida N. Monordes tomonidan yozib qoldirilgan bo„lib, Peruda istiqomat 
qilib kelayotgan Hindu qabilalari qadimdan ozuqa sifatida yer osti pistasini 
yetishtirish bilan shug„ullanib kelishi haqida xabar beradi. Dyubarning Perudan 
topilgan qadimiy Hindu qabristonidan kovlab olingan tobut ichidan yeryong„oq 
urug„i qoldiqlari chiqqanligi haqidagi ma‟lumoti, Amerikada bu o„simlik 
Yevropaliklar bu yerga kelmasdan oldin ham yetishtirilganligini tasdiqladi. 
Xristofor Kolumb tomonidan Amerika kashf etilganidan keyin bir necha yillar 
o„tgach, (1514-1521) yeryong„oq Janubiy Amerikadan Tinch okeani orqali 
Molukka va Filippin orollariga, u yerdan Yaponiya, Hindi-Xitoy va Janubiy 
Osiyoga tarqaldi.
Yeryong„oq Yevropa mamlakatlaridan birinchi bo„lib Ispaniyaga, 
Portugaliyalik dengizchilar tomonidan keltirilgan. Germaniyaga XVII asrda
Fransiyaga XVIII asr o„rtalarida, Rossiyaga XVIII asr oxirlarida, O„rta Osiyoga 
esa XIX asr o„rtalarida kirib keldi. 
Hozirda, yeryong„oq juda ko„p mamlakatlarda jumladan: keng miqyosda 
Hindiston, Xitoy, AQSh, Senegal, Indoneziya, Nigeriya, Birma, Braziliya va 
Argentina mamlakatlarida yetishtirilsa, Gana, Mali, Samali, Sudan, Tayland, 
Vietnam, Afrika, Uganda va Mozambikda ushbu ekinning yetishtirish maydonlari 
35
Amanova M., Rustamov A., Аllanazarova L., Хudayqulov J. “Yeryongoq ekinini yetishtirish agrotexnikasi 
boyicha tavsiyanoma”. “NISIM”, Тoshkent-2016. 8-bet.


345 
jadal sur‟atlar bilan ortib bormoqda. Yeryong„oq yetishtiriladigan maydonning 97 
foizi, yalpi hosilning 94 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar ulushiga to„g„ri keladi.
O„zbekistonda so„nggi yillarda 5,5-6,0 ming gektar yerga ekib kelinmoqda
o„rtacha 15-18 s/ga hosil olinmoqda, ilg„or innovatsion texnologiyalar 
qo„llanilganda 3,7-4,1 s/ga va undan ham yuqori hosil yetishtirilmoqda.

Download 7.59 Mb.
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish