Yeryong„oq o„simligining namlikka bo„lgan munosabati




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Yeryong„oq o„simligining namlikka bo„lgan munosabati. Yeryong„oq 
faqat sug„oriladigan yerlarda ekiladi. Yeryong„oq qurg„oqchilikka chidamli 
o„simlik bo„lishi bilan birga namlikka talabchan hisoblanadi. O„simlikning suvga 
bo„lgan talabi o„suv davrining bosqichlarida turlicha bo„lib, maysalar unib 
chiqqanidan gullash davrigacha kam, gullash davrida maksimal va yong„oqlarning 
yetilish davrida esa, o„rtacha talabchan bo„ladi.
O„simliklar to„la undirib olingandan so„ng tuproqning mexanik tarkibiga 
bog„liq holda 15-20 kungacha suv berilmaydi. Bu davr ichida o„simlikning ildizi 
namlikka intilib 25-30 sm chuqurlikgacha o„sib boradi va yon ildizlarning ko„plab 
shakllanishiga oqibatda hosildorlikni oshishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Yeryong„oqning gullash davrida tuproq namligining me‟yorda bo„lishi 
fotosintez jarayonini jadallashishiga, bu o„z navbatida esa ginoforlarning 
shakllanishini tezlashishiga olib keladi. 
Yong„oqlarni yetilish davrida namlikning keragidan ortiq bo„lishi qobig„ini 
qorayib qolishiga, bu esa urug„larning sifati va bozorboplik xususiyatlariga salbiy 
ta‟sir etadi. 
Yeryong„oqning gullari changlangandan keyin tuguncha tez o„sa boshlaydi, 
yerga qarab intiladi va tuproqning 8-10 sm chuqurligigacha kirib boradi. 
Dukkaklar tuproqda rivojlanadi. Shuning uchun tuproqning unumdor, toza, g„ovak 
bo„lishini talab qiladi.
Havo harorati 38-40 ga ko„tarilganda esa, gullash jarayoni sekinlashishi 
kuzatiladi. Yeryong„oq yetuklik davrida past haroratga ta‟sirchan bo„lib, kuz 
faslidagi qisqa muddatli manfiy harorat ham o„simlikni nobud qiladi. 
Navlari: O„zbekistonda “Toshkent-112”, “Qibray-4”, “Salomat”, “Mumtoz” 
va “Lider” navlari rayonlashtirilgan.
36
N.P.Saxena, S.N.Nigam. Groundnut Production in Central Asia and Caucausus Countries: Outlook for the future 
2001 y. 30 .


347 

Download 7.59 Mb.
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yeryong„oq o„simligining namlikka bo„lgan munosabati

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish