2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
O„simliklarni parvarish qilish. Yeryong„oq o„simligining yaxshi 
rivojlanishi uchun ekin qator oralarini yumshatish, ortiqcha namlikni qochirish, 
tuproq haroratini ko„tarish, havo almashuvini yaxshilash va begona o„tlarni 
yo„qotish juda ham muhimdir. Maysalar to„liq unib chiqqandan so„ng birinchi 
kultivatsiya va chopiq o„tkaziladi. Birinchi oziqa berilib, sug„oriladi. Ikkinchi 
kultivatsiya 6-8 sm, uchinchi kultivatsiya 8-10 sm, so„nggisi esa 10-12 sm himoya 


352 
zonasi qoldirib, qator oralariga ishlov beriladi. Xo„jaliklarda kultivatsiya paytida 
o„simlikka zarar yetkazmaslik, uni tuproq bilan ko„mib yubormaslik uchun 
pichoqlar, KKO va yoki naralnik qo„shilib ishlatilsa maqsadga muvofiq bo„ladi. 
O„g„itlash. Dalani o„g„itlash me‟yori, tanlangan maydondan olingan 
agroximik tahlil natijalariga qarab belgilanadi. Yeryong„oq organik moddalarga 
boy tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Sug„oriladigan maydonlarda birinchi 
oziqlantirish ko„chatlar to„la unib chiqqandan keyin gullashdan oldin, azot (sof 
holda) 30 kg/ga, fosfor 30 kg/ga hisobida beriladi. Jo„yaklar olishdan oldin tuproq 
unumdorligiga asoslangan xolda gektariga 250-400 kg/ga ammofos (fizik holda) 
berish ham yaxshi natija beradi.
Ikkinchi oziqlantirish esa, o„simlik to„la gulga kirgandan keyin o„tkaziladi 
va gektariga sof holda 70 kilogramdan azotli o„g„it beriladi. Yeryong„oqqa 
me‟yoridan ortiq azotli o„g„it berilganda hosildorlik 0,2-0,4 t/ga oshishi, biroq 
ildizda azotabakteriyalarning to„planishini keskin kamayishi tajribalarda 
kuzatilgan. Yeryong„oqdan yuqori hosil olishda makroelementlar bilan bir qatorda 
mikro elementlar kalsiy, magniy, bor, ruxning ham ahamiyati kattadir. Tuproqda 
kalsiy yetishmasligida o„simlikning birinchi barg kurtaklari qorayib ketishi, 
maysalarning juda sekin o„sishi, maysalarning yashovchanligi pasayishi, 
o„simliklarning nimjon bo„lib qolishiga olib keladi. 
Mikroelementlar o„simlikda tuproq tarkibidagi boshqa oziq moddalarni 
o„zlashtirishda katalizatorlik vazifasini ham bajaradi. Tuproq tarkibida 
mikroelementlarning meyoridan kam bo„lishi esa, o„simlikning o„sishi va 
hosildorligiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. O„simlik yoppasiga gulga kirgandan keyin 5-
6 hafta o„tgach ko„chatlar xumlanadi. Bu vaqtga kelib (urug„ unib chiqqandan 
keyin 50-60 kun o„tgach) o„simlik ginoforlari kuchli rivojlanadi va tuproqqa 
sanchiladi. Butun o„suv davri davomida 2-3 marta xumlash amalga oshiriladi.
Xumlash jarayonida ginoforlar tuproq bilan ko„miladi va yong„oqlar 
shakllanadi 
O„simlikning o„suv davri davomida tuproq namligining me‟yorida 
(juyaklarni qurib yorilib ketishdan saqlash) va ko„p yillik begona o„tlardan holi 


353 
saqlanishi o„simlikdagi yong„oqlarni bir tekistda rivojlanishiga, hosildorlik va 
mahsulot sifatiga ijobiy ta‟sir etishi bilan birga hosil yig„im-terimini mexanizm 
yordamida yo„qotishlarsiz qisqa muddatlarda amalga oshirishga imkon yaratiladi. 

Download 7.59 Mb.
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish