• FM=(B 2 - B 1 )/FP
  • Fotosintezga salbiy ta‟sir qiluvchi omillar.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Fotosintez mahsuldorligi deb - bir sutkada bir kvadrat metr barg yuzasi 
    to„plagan quruq organik moddaning miqdori (gramm hisobida)da aytiladi. 
    Boshoqli 
    ekinlarda 
    o„rtacha fotosintez mahsuldorligi 5-7 g/m
    2
    /kun. 
    Makkajo„xorida bundan yuqori bo„ladi.
    FM=(B
    2
    - B
    1
    )/FP 
    Bu yyerda B
    1
    va B

    o„simlikning quruq vazni ma‟lum bir davr orasida.
    O„suv davri boshlanishida FM yuqori bo„ladi, so„ng barg yuzasi kengaygan 
    sari FM kamayib ketadi. O„simlikda to„planadigan quruq organik modda miqdorini 
    aniqlash uchun FM bilan FPni ko„paytirish kerak. Masalan, FM 6 g/m
    2
    /kun bo„lib 
    fotosintetik potensiali 2 mln. kv. m. kun/ga bo„lsa, quruq organik moddaning 
    miqdori 12 t/ga. teng bo„ladi.
    Fotosintetik sistema sifatida ekinlarni eng faolligi barg yuzasi 30-50 ming kv. 
    m. bo„lganda kuzatiladi. Agar shu davrda fotosintez mahsuldorligi 5-7 g/kv. m. 
    kun bo„lib, barg yuzasi 40 ming kv. m. bo„lsa, bir sutkada to„plangan quruq 
    biomassaning miqdori 200-280 kg/ga ni tashkil qiladi. Shu barg yuzasi ekinzorda 
    30 kunda to„plangan quruq, organik modda miqdori 6-8 t/ga ni tashkil etadi. Shu 
    davr ichida fotosintez mahsuldorligi ham yuqori bo„ladi. Pishishga yaqinlashganda 
    ildiz bilan poyada quruq organik modda 50-60% to„plangan bo„ladi, bu asosan 
    to„qimadan iborat bo„ladi. Agar to„plangan quruq organik modda 12 t/ga bo„lsa 
    shundan 5-6 t. don bo„ladi.
    Ekinlar orasidagi farq fotosintetik imkoniyatga bog„liq bo„ladi. Dala sharoiti 
    va ma‟lum o„simlik turi yoki nav uchun barg yuzasining muqobil darajasi va 
    fotosintetik imkoniyatini hisoblab chiqish mumkin.
    Fotosintezga salbiy ta‟sir qiluvchi omillar. Ayrim holda ekinlarning 
    fotosintetik imkoniyati (FI) to„la ro„yobga chiqmaydi. Yuqorida bayon yetilganday 
    hosil fotosintetik imkoniyat va fotosintez mahsuldorligiga bog„liq. O„suv davrida 


    38 
    agrotexnik tadbirlar ta‟sirida FI ko„rsatkichlar o„zgaradi. Ekin uchun sharoit yaxshi 
    bo„lganda o„sish jarayoni kuchayadi, barg yuzasi kattalashadi. Barg yuzasi katta 
    bo„lganda pastdagi barglarga yorug„lik tushmaganligi uchun fotosintez 
    mahsuldorligi kamayadi. Texnologik tadbirlar bilan barg yuzasini va FMni oshirish 
    juda qiyin bo„ladi. Faqat ayrim texnologik tadbirlar natijasida fotosintetik 
    ko„rsatkichlar yuqori bo„ladi. Bu tadbirlardan biri - begona o„tlardan tozalash. 
    Begona o„tdan toza ekinzorda yorug„lik bilan ta‟minlanish yaxshilanadi, shu 
    tufayli FM oshadi. Kasallik va zararkunandalar bilan kurashish ham ijobiy natija 
    beradi.
    Fotosintez mahsuldorligini oshirishning birdan bir yili - bu genetika va 
    seleksiya ishlarini yaxshilashdir. Madaniy ekinlarning ko„pchiligi C
    3
    turdagi 
    ekinlarga kiradi. Bu demak, C0

    ning konsentratsiyasi oshsa fotosintez jarayoni 
    kuchayadi. Fotosintez jarayonida to„plangan uglerodniig 15-30% nafas olishga 
    sarflanadi.
    O„simliklarni C
    4
    turiga makkajuxori, jo„xori, shakarqamish kiradi. Bu 
    ekinlarda yorug„lik bilan to„yinish kuzatilmaydi, shuning uchun nafas olish ham 
    yuqori ko„rsatkichga ega emas. Fotosintez mahsuldorligi bu ekinlarda C
    3
    turiga 
    qaraganda yuqori bo„ladi.
    Fotosintez mahsuldorligiga bargning shakli, anatomik tuzilishi ta‟sir qiladi. 
    Don ekinlarda yuqori barglari tik o„sgan bo„lsa FM yuqori bo„ladi. Qand lavlagini 
    bargi ham tik o„sganda FM yuqori bo„ladi.
    Yuqori hosil yetishtirishda FM va FPning roli bir xil. Ikkala ko„rsatkichdan 
    har biri oshirilganda hosil oshadi. Ammo, barg yuzasining kengayshi FPni oshirsa 
    ham FMni kamaytiradi.
    Demak, yuqori hosil yetishtirish uchun ekinni fotosintetik ko„rsatkichlarini 
    oshirish mumkin. Kechpishar ekin navlarida FP yuqori bo„ladi. Tezpishar nav va 
    turlarda FP o„rtacha 1,5-2 mln. kv. m. kun/ga bo„ladi. O„rtapishar navlar uchun 
    2,5-3,0 va kechpisharlar uchun 3-5 mln. kv. m. kun/ga bo„ladi. FPni oshirishda 
    ta‟sir qiladigan omillardan biri o„simlikning tup soni bo„lib, me‟yordan oshsa bu 
    ko„rsatkich yorug„lik yetishmasligi tufayli hosil kamayadi.


    39 
    Ekinlarning Davlat Reestriga kiritilgan navlarining hosildorligi odatda yuqori 
    bo„lib, amalda bu hosildorlikka erishilmaydi, chunki FP maksimum 
    ko„rsatkichlarga ega bo„lmaydi. Buning asosiy sababi barg yuzasining sekin 
    kattalashishi va yuqori ko„rsatkichda kam bo„lishi natijasida bargi tez sarg„ayadi, 
    to„qiladi, barg yuzasi keskin kichraya boradi.
    Texnologik tadbirlar natijasida (tup soni me‟yordan ko„p, o„g„itlash, 
    sug„orish) barg yuzasi tez kengayadi, bu esa ekinzorda yorug„lik tizimini 
    pasaytiradi, oqibatda generativ organlar sust rivojlanadi.
    O„zbekistjn sharoitida barg yuzasi va fotosintetik imkoniyat suv tizimiga 
    bog„liq. Suv tanqis bo„lganda fotosintetik faollik past bo„ladi. Suv yetarli bo„lgan 
    sharoitda fotosintetik imkoniyat oziqlanish tizimiga bog„liq bo„lib qoladi. Buning 
    yuqori bo„lmasligining sababi o„sish jarayonida oziqa moddalarning kerakli 
    xo„jalik mahsulotiga sarflanishiga bog„liq, vegetativ organlar sust rivojlanadi.
    Sug„orish va oziqlanish tizimi muqobil bo„lsa, hosilga ta‟sir qiladigan 
    omillardan biri - ekinlarning tarkibini kutmagan tomonga o„zgarishidir. Bu holatni 
    me‟yorga keltirish uchun o„suv davrini ikkinchi yarmida kamroq sug„orish, 
    ma‟dan oziqlanishni me‟yorga keltirish, mikroelementlardan oqilona foydalanish, 
    fiziologik faol moddalardan foydalanish zarur. Ammo, ekinzorning fotosintetik 
    ko„rsatkichlarini oshirishda quruq texnologik tadbirlardan, seleksiya uslubidan 
    foydalanib yangi genotip, yangi nav yaratish lozimdir.
    Hosil shakllanish jarayonida o„suv davrining boshlanishida (ekish, 
    maysalanish) va oxirida fotosintez sust bo„ladi yoki bo„lmaydi. O„simliklarning 
    rivojlanishida 4 ta bosqich aniqlanadi: 1) maysalanish-gullashning boshlanishi, 2) 
    gullash-meva hosil qilish, 3) meva o„sishi, 4) urug„ning to„lishi.
    Bu bosqichlarning asosiy ko„rsatkichi: 1.Barg yuzasi va FP. 2. Barg 
    yuzasining eng yuqori ko„rsatkichi va bir kvadrat metrda rivojlangan mevalar soni. 
    3.Barg yuzasi kamayadi, meva kattalashadi, zichlashadi. 4. 1000 dona urug„ning 
    vazni, hosildorlik va oqsil miqdori ortadi. Ikkinchi va uchinchi bosqich ekinlarning 
    fotosintetik ko„rsatkichlarining eng yuqori bo„ladigan davridir.


    40 
    Har bir bosqichning faolligi oldingi davrda bo„lgan o„zgarishlarga ham 
    bog„liq bo„ladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish