• Almashlab ekishdagi o„rni
  • Oziqlantirish .
  • Navlari: O„zbekistonda «Baxmal-2» navi ekiladi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet244/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Navlari: O„zbekistonda «Baxmal-2» navi ekiladi.
     
    Lalmi yerlarda zig„ir yetishtirish texnologiyasi 
    O„tmishdosh. Zig„ir unumdor va begona o„tlar bosmaydigan lalmikor va 
    sug„oriladigan yerlarda yaxshi o„sadi. Dukkakli ekinlardan keyin, orasiga ishlov 
    beriladigan ekinlardan tozalangan hamda eski bo„z yerlar zig„ir uchun ma‟qul 
    hisoblanadi. Bir ekilgan dalaga zig„ir 6-7 yildan keyin ekilishi shart.
    Markaziy Osiyoda jumladan O„zbekistonda ham zig„ir tog„oldi va lalmi 
    yerlarda qadimdan yetishtirilgan. Notekis, adir yerlarda o„suv davrida namlikni 
    yetishmasligi tufayli hosildorlik sug„oriladigan yerlarga nisbatan ancha past 
    bo„lishi kuzatilgan. Zig„ir yetishtirish uchun yillik yog„ingarchilik 300-350 mm, 
    aprel va may oylarida esa, 120-140 mm ga to„g„ri keladigan tog„ oldi hududlar 


    358 
    tanlanadi. Zig„ir ekinini tog„ oldi hududlarda dengiz sathidan 1250 m baladlikda 
    ham yetishtirish mumkin. 
    Almashlab ekishdagi o„rni. Zig„ir - tuproq unumdorligiga talabchan 
    o„simlik bo„lib, o„simlik hayotining dastlabki davrlarida juda sekin o„sishi sababli 
    tanlangan yerlar ko„p yillik begona o„t ildizlaridan holi bo„lishi talab etiladi. Zig„ir 
    uchun eng yaxshi o„tmishdosh o„simlik poliz va dukkakli don ekinlari hisoblanadi. 
    Zig„irni boshoqli don ekinlaridan keyin ham ekish mumkin. Zig„irni zig„ir 
    yetishtirilgan dalalarga oradan 6-7 yil o„tgachgina ekish tavsiya etiladi. 
    Oziqlantirish. Zig„ir tuproq unumdorligiga talabchan bo„lib, mineral 
    o„g„itlar bilan yetarlicha oziqlantirilganda lalmi adir yerlarda 25%, tog„oldi 
    hududlarda 60% gacha hosildorlik ortishi kuzatilgan. Zig„ir ekiladigan 
    maydonlarga o„tmishdosh o„simliklarni ekishdan oldin 10-15 tonna organik 
    o„g„itlar berish tavsiya yetiladi. Tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ta‟sir 
    etuvchi modda hisobida azot 30-40 kg, fosfor 50-60 kg va kaliy 40-50 kg har bir 
    gektarga beriladi. Fosfor va kaliy o„g„itlarini kuzgi shudgor paytida, azotli o„g„itni 
    esa, ekish oldidan o„tkaziladigan ishlov paytida berish tavsiya etiladi. Tuproq-iqlim 
    sharoiti va bahorgi yog„ingarchilik miqdoriga bog„liq holda bahorda 1 ga 
    maydonga 20-30 kg azotli o„g„it bilan oziqlantirilishi ham yaxshi samara beradi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navlari: O„zbekistonda «Baxmal-2» navi ekiladi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish