360
O„suv davri davomida 1-2 marta qo„l chopig„i o„tkaziladi va ikki marta
sug„oriladi.
Birinchi suv shonalash davrida, ikkinchi suv esa,
gullash davrida
beriladi. Sug„orishdan oldingi tuproq namligi cheklangan dala nam sig„imiga
nisbatan 70% bo„lishi lozim.
O„suv davrining boshlarida har bir gektarga 5-6 s dan tovuq go„ngini
mineral o„g„itlar bilan birgalikda qo„shib o„simliklarni oziqlantirish hosildorlikni
20-35% oshiradi. Shartli sug„oriladigan yerlarda zig„ir yetishtirish uchun qo„ydagi
miqdorda mineral o„g„itlar bilan oziqlantirish (tasir etuvchi moddalar hisobida)
tavsiya yetiladi: N
30-45
P
60
K
40.
Zig„ir
yetishtirilayotgan
maydonlarning
tuproq-iqlim
sharoiti,
qo„llaniladigan agrotexnika xolatiga va suv bilan ta‟minlanganlik darajasiga qarab
o„g„itlar miqdori va turlari belgilanadi.
Hosilni yig„ib olish. Moyli zig„ir urug„lari to„liq
pishib yetilgandan keyin
yig„ib olinadi. Bu paytda o„simlik poyasi va quzoqchalari sarg„ayib barglari
to„kilib ketadi. Urug„lari to„q jigarrang, qo„ng„ir yoki qora tusga kiradi. Hosil katta
maydonlarda maxsus moslangan
don kombaynlari yordamida, tomorqa
xo„jaliklarida esa, qo„lda yig„ib olinib quritiladi.
Poyalari quritilgach, yanchilib, o„simlik qoldiqlaridan
maxsus elaklarda
tozalanadi va qoplanadi. Ushbu urug„lar 15-20 kilogramli mato qoplarda xona
harorati 13 dan past va havoning nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo„lmagan xona
sharoitida saqlanishi tavsiya yetiladi. Saqlanadigan urug„ning namligi 10-12%
oshmasligi kerak. Zig„ir urug„lari tarkibidagi namlik 12-13% dan yuqori bo„lishi
urug„ unuvchanligiga va urug„ tarkibidagi moy miqdoriga sal‟biy ta‟sir ko„rsatadi.
Urug„lar saqlanayotgan omborxona vaqti-vaqti bilan shamollatib turiladi.