DALA VA YEM-XASHAK EKINLARINI YETISHTIRISH




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
1.6. DALA VA YEM-XASHAK EKINLARINI YETISHTIRISH 
TEXNOLOGIYASI 
Dala va yem-xashak ekinlarini yetishtirish texnologiyasi - bu yuqori hosil 
yetishtirishni ta‟minlaydigan, ekinlarning biologik xususiyatiga mos keladigan 
agrotexnik tadbirlarning majmuasi (yig„indisi)dir.
Ma‟lum sharoitda ekinlarni yetishtirish texnologiyasini yaratishda ularning 
biologik xususiyatlariga e‟tibor beriladi.
Ayrim texnologik tadbirlarni - asosiy va ekishdan oldin tuproqga ishlov 
berish, o„g„itlash, urug„ni ekishga tayyorlash, ekish, ekinlarni parvarishlash, hosilni 
yig„ish kabi tadbirlar barcha ekinlarda bajariladi.
Bir qator 
agrotexnik tadbirlar 
faqat 
ayrim 
ekinlarni 
yetishtirish 
texnologiyasida qo„llanadi. Dukkakli ekinlarni urug„iga inokulyasiya qilinadi
tolali ekinlarning poyasi suvda ivitiladi. Bu agrotexnik tadbir tegishli ekinlarni 
yetishtirish xususiyati deb yuritiladi. Hamma texnologik tadbirlar ekinlarning 
yaxshi o„sishi, rivojlanishi ekinlarga eng muqobil sharoit yaratishga qaratilgan.
Texnologik tadbirlar o„tkazilganda bir nechta vazifalar bajariladi: 
1. Tuproqqa ishlov berishda ildiz sistemasi yaxshi rivojlanishi uchun uning 
suv-havo sistemasi boshqariladi.
2. Organik-ma‟dan o„g„itlar yordamida tuproqning oziqa sistemasi muqobil 
darajaga keltiriladi, ekinlar yaxshi rivojlanadi.
3. Texnologik tadbirlar bilan (oxaklash, gipslash, sho„r yuvish) tuproqning 
muhiti o„zgartiriladi.
4. Begona o„tlarga qarshi kurashib ekinlarga muqobil oziqa maydoni 
yaratiladi.
5. Ekiladigan urug„ sifati Davlat andozalariga javob beradigan darajada olib 
boriladi (saralanadi, tozalanadi).


41 
6. Urug„ bir chuqurlikda va bir xil tizimda ekilishi zarur, shunda har bir tup 
o„simlik yaxshi rivojlanadi.
7. Ekinlar kasallik va zararkunandalardan saqlanadi.
8. Sug„orish bilan tuproqning sug„orish sistemasini muqobil darajaga yetkazib 
ekinlarni normal o„sishi, rivojlanishi ta‟minlanadi.
9. Hosil qisqa muddatda nes-nobud qilmay yig„ib olinadi, dastlabki ishlov 
berib saqlanadi.
Bu vazifalar har xil texnologik tadbirlar bilan bajariladi. Ma‟lum bir ekin 
bo„yicha yetishtirish texnologiya rejasini tuzishda har bir tadbirning mohiyatini 
bilish zarurdir. Quyidagi jadvalda texnologik tadbirlarning vazifalari yoritilgan.
Bu tadbirlar o„z vaqtida bajarilsa, yuqori sifatli hosil yetishtiirish mumkin
texnologik jarayonda agrotexnik tadbirlarning ayrimlari bajarilmasa, o„simlikga 
salbiy ta‟sir qiladi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 DALA VA YEM-XASHAK EKINLARINI YETISHTIRISH

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish