• Hosilni yig„ish.
  • VIII bob. TOLALI O„SIMLIKLAR
  • Yetishtirish texnologiyasi. O„tmishdosh




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet253/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yetishtirish texnologiyasi. O„tmishdosh. Qora zira uchun o„tmishdosh: toza 
    va band shudgor, bir yillik o„tlar, silosbop ekinlar, sabzaot va don ekinlari.
    Yerga ishlov berish. Kuzda yer 22-25 sm chuqurlikda haydaladi. yer yuzi 
    tekis bo„lishi talab qilinadi, chunki urug„i mayda.
    Ekish. Arpabodiyon bilan bir xil, erta bahorda keng qatorlab 45, 60 sm 
    ekiladi. Gektariga 4-5 mln. dona urug„ ekiladi. Ekish chuqurligi 2-3 sm. Ekinlarni 
    parvarishlashda qator orasiga ishlov beriladi, qatqaloq yo„qotiladi, ikkinchi yili erta 
    bahorda borona qilinadi.
    Hosilni yig„ish. 60% mevasi yetilganda hosil don kombaynlari bilan 
    yig„iladi, saqlashda urug„ namligi 12% dan oshmasligi lozim.
     
     
     


    367 
    VIII bob. TOLALI O„SIMLIKLAR 
    Tolali o„simliklar to„qishga yaroqli bo„lgan tola beradi. Bu tola har xil 
    gazlama, mato tayyorlash uchun ishlatiladi. O„simliklar botanik jihatidan har xil 
    oila, avlod va turlarga mansub bo„lib, ular quyidagi uch guruhga bo„linadi. 
    1. Urug„ida yoki mevasida tola hosil qiladigan o„simliklar. Bu guruhga: eng 
    ko„p tarqalgan g„o„za o„simligi kiradi. 
    2. Poyasida tola hosil qiladigan o„simliklar. Bu guruhga: tolali zig„ir, tolali 
    nasha, kanop, djut, rami, kendir va boshqalar kiradi. 
    3. Bargida tola hosil qiladigan o„simliklar. Bu guruhga: Yangizeland zig„iri, 
    tekstil banani, ogava, yukka va boshqalar kiradi. 
    4. Mevasida tola hosil qiladigan o„simliklar: kokos palmasi. 
    Tolali o„simliklardan eng ko„p ekiladiganlari g„o„za, zig„ir, nasha 
    hisoblanadi. O„zbekistonda g„o„zadan tashqari dag„al tola olish uchun kanop ham 
    ekiladi. 
    Xalq xo„jaligida o„simlik tolasining ahamiyati juda katta, o„simlik tolasidan 
    to„qimachilik sanoatida uning mayin va dag„alligiga qarab, har xil gazmollar 
    ishlab chiqiladi. Eng ko„p ishlatiladigan paxta tolasi hisoblanib, undan mayin 
    gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil qiladigan o„simliklar tolasi paxta 
    tolasiga nisbatan dag„al bo„lganligi sababli undan uy jihozlarida ishlatiladigan 
    dag„al gazlamalar, qop, qanor arqon va shunga o„xshash har xil mahsulotlar 
    tayyorlash uchun ishlatiladi. Ammo zig„ir tolasidan sifatli gazlamalar to„qiladi. 
    Zig„ir tolasi sifati bo„yicha paxta tolasidan keyingi o„rinda turadi.
    Bundan tashqari bu o„simliklarning urug„ida 18-42% moy bo„ladi. O„simlik 
    moyi oziq-ovqatda, texnikada, lak-buyoq sanoatida, sovun tayyorlashda va boshqa 
    maqsadlarda ishlatiladi. Shuning uchun bu o„simliklarning halq xo„jaligidagi 
    ahamiyati juda katta hisoblanadi. 


    368 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yetishtirish texnologiyasi. O„tmishdosh

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish