2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
8.1. TOLALI ZIG„IR 
Ahamiyati. Zig„ir eng ahamiyatli tolali ekin bo„lib, u qimmatbaho ikkita 
mahsulot - tola va urug„ beradi. Zig„ir yetishtirishda uch xil yo„nalish mavjud. 
1. Zig„irni faqat tolasi uchun yetishtirish. Bunda bo„yi baland (110 sm) 
tolali zig„ir ekilib, uning poyasidan tola olinadi. Bu zig„ir gullash tugagandan 
so„ng to„la etilmagan vaqtida poyadan tola ajratib olinadi, uning poyasida 20-30% 
tola bo„ladi. 
2. Urug„ olish uchun yetishtiriladigan zig„ir. Buning bo„yi past bo„lib (30-
40 sm) moyli zig„ir dyeyiladi va u fakat urug„ uchun ekiladi. Urug„ining tarkibida 
32-47% moy bo„lib, oziq-ovqat va texnikada ishlatiladigan qimmatbaho moy 
olinadi. Bu zig„ir poyasidan juda kalta tola chiqadi va bu tola dag„al gazlama va 
kog„oz tayyorlash uchun ishlatiladi. 
3. Tolasi va urug„ olish uchun yetishtiriladigan zig„ir. Tolali zig„ir erta, 
poya yetilmagan vaqtida o„rilganda undan yuqori sifatli tola (16-30%) va urug„ 
olish mumkin. 
Zig„ir tolasi “Shimoliy ipak” deyiladi, uning tolasidan dag„al qop tayyorlash 
uchun ishlatiladigan gazlamalar bilan bir qatorda, juda mayin yupqa batist 
gazlamalar ham tayyorlanadi, texnikada zig„ir tolasi avtomobil, aviatsiya 
sanoatida, rezina, oyoq kiyimi tayyorlashda ishlatiladi. 
Zig„ir tolasining yuqori texnologik xususiyatlari: mustaxkamligi, pishiqligi 
bilan farq qiladi. Uning tolasidan tayyorlangan dasturxonlar, sochiqlar o„zining 
pishiqligi va chiroyliligi bilan ajralib turadi. Zig„ir chiqitlari (kalta tola va 
boshqalar) dan o„rash uchun ishlatiladigan mahsulot tayyorlanadi. 
Zig„ir moyi oziq-ovqat, sovun, lak-buyoq, rezina sanoatida ishlatiladi. 
Tarixi. Zig„ir juda qadimgi o„simlik hisoblaiib, Hindiston va Xitoyniig 
tog„li mintaqalarida qadim zamonlardan ekilgan. Eramizdan 4-5 ming yil oldin u 
Misrda, Assiriya va Mesopotamiyada ham ekilgan. Maxsus adabiyotlarda berilgan 
ma‟lumotlarga qaraganda, zig„ir Janubi-G„arbiy va shimoliy Osiyodan kelib 
chiqqan. Yevropada ham zig„ir juda qadim zamonlarda ekilgan. Rossiyada zig„ir 
tolasini ishlaydigan fabrika XII asrda ishga tushgan. 


369 
XVIII asrga kelib zig„ir Rossiyada ko„p ekila boshladi. XIX asr va undan 
keyingi davrlarda Rossiya zig„ir ekadigan va undan tola etishtiradigan asosiy 
davlatga aylandi. Tola uchun zig„ir Yevropa mamlakatlarida - Gollandiya, 
Belgiya, Fransiya, Angliya, Germaniya, Polsha, Chexiya, Slovakiyada ko„p 
ekiladi. 

Download 7.59 Mb.
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish