• “Muammmoli vaziyat” turi “Muammmoli vaziyat” sabablari Vaziyatdan chiqib ketish imkoniyatlari
  • 8.2. KANOP Ahamiyati.
  • Sistematikasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet259/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Tolali zig„irning xalq xo„jaligidagi ahamiyati va sistematikasi? 
    2. Tola o„simlikning qaysi qismida hosil bo„ladi va uning tuzilishi? 
    3. Tola sifati qanday bo„ladi? 
    4. Tola va urug„ hosili qancha bo„ladi? 
    5. Yorug„lik va suvga talabi qanday? 
    6. Ekish usuli va me‟yori qancha bo„ladi? 
    7. Zig„irning rivojlanish davrlarini aytib bering? 
    8. Tola hosili qanday yig„iladi? 
     
    Pedagogik texnologiya 
    “INSERT” jadvali 
    Mustaqil o„qish vaqtida olgan ma‟lumotlarni, eshitgan ma‟ruzalarni 
    tizimlashtirishni ta‟minlaydi; olingan ma‟lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga 
    chiqish, kuzatish. Avval o„zlashtirgan ma‟lumotlarni bog„lash qobiliyatini 
    shakllantirishga yordam beradi.
    “Muammmoli vaziyat” turi “Muammmoli vaziyat” 
    sabablari 
    Vaziyatdan chiqib 
    ketish imkoniyatlari 
    1. 
    2. 
    3. 
    1. 
    2. 
    3. 


    374 
    8.2. KANOP 
    Ahamiyati. Kanop poyasida 17-18% to„qishga yaroqli tola hosil qiladi. 
    Kanopning tolasi rangsiz, tiniq, lekin dag„al bo„ladi. Bu tola qop - qanor, arqon, 
    brezent, uy jihozlari uchun gazmollar, o„rash uchun ip va boshqa buyumlar 
    tayyorlash uchun ishlatiladi. 
    Kanop urug„i tarkibida 18-20% moy bo„ladi. Moy, lak-buyoq sanoatida, 
    sovun tayyorlashda ishlatiladi. Hindistonda lampa moyi sifatida ishlatiladi. 
    Kanop yovvoyi holda Janubiy Afrikada uchraydi. Uning vatani Hindiston va 
    Janubiy Afrika hisoblanadi. Kanop ko„proq Hindiston, Eron, Xitoy, YAva va 
    Sumatra orollarida, Afrikada, Amerikada (AQSh, Braziliya, Kuba va boshqalar) 
    ekiladi. 
    Kanop 1915-1916 yillarda Shimoliy Kavkaz va Turkiston sinash 
    stansiyasida tajriba sifatida ekila boshlandi. O„zbekistonda 1927 yildan boshlab 
    ekib kelinadi. Kanop hozirgi vaqtda O„zbekistonda (juda kam maydonda), 
    Kirg„izistonda, Shimoliy Kavkazda ekiladi. 
    Kanop o„rtacha bir gektar yerdan 100-120 s poya va 4-5 s urug„ beradi. 
    Lekin, yuqori agrotexnikani qo„llash natijasida kanopdan 150-180 s ko„k poya, 8-9 
    s urug„ olish mumkin. 
    Sistematikasi. Kanop gulxayridoshlar Malvaceae oilasiga, Hibiscus 
    cannabinus turkumiga va turiga mansub bir yillik o„simlik. 
    Biologiyasi. Kanop namga, haroratga va yorug„likka talabchan, qisqa kunli 
    o„simlik hisoblanadi. Transpiratsion koeffitsienti 580-700 birlikka teng. Kanop 
    o„simligi issiqsevar hisoblanib, urug„lari 10-12 issiqlikda unib chiqa boshlaydi, 
    lekin qulay harorat 20
    o
    C hisoblanadi. Sovuqqa chidamsiz, 1,0-1,5 
    o
    C sovuq 
    maysalarga kuchli ta‟sir ko„rsatib, ularni nobud qiladi. Kanopning o„sishi va 
    rivojlanishi uchun eng qulay harorat 23-25 
    o
    C hisoblanadi. Maysalar hosil 
    bo„lgandan so„ng 35-40 kun davomida kanop juda sekin o„sadi. Bu davrda uning 
    ildizi yaxshi rivojlanib shakllanadi va shundan so„ng kanop tez o„sgan holda 
    sutkalik o„sishi 4-5 sm ni tashkil etadi. O„suv davri uning nav va agrotexnikasiga 


    375 
    qarab 130-140 kunni tashkil qiladi. Kanop yorlik etishmagan yerda past va nimjon 
    bo„lib o„sadi. 
    Kanop tuproqqa talabchan o„simlik bo„lib, sizot suvlari 80-100 sm 
    chuqurlikda joylashgan sho„rlanmagan chirindi moddalarga boy o„tloqi va o„tloqi-
    botqoq tuproqlarda yaxshi o„sadi. 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish