• Tuproqni tayyorlash.
  • 9-jadval Texnologik tadbirlarning vazifasi Agrotexnik tadbir Vazifasi
  • Tuproq muhitini neytrallashtirish




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Tuproq muhitini neytrallashtirish. Tuproqlarning muhiti pH-7 dan ortiq 
    bo„lganda sho„ri yuviladi. Sho„rlanish darajasiga qarab tuproq kuz-qish faslida bir 
    necha marta yuviladi. Tuproq muhiti nordon (pH 4-5) bo„lganda oxaklanadi. Dala 
    ekinlarining aksariyatiga neytral muhit talab qilinadi. Tuproqqa solinadigan oxak 
    unsimon bo„lishi kerak va yerga bir tekisda solinishi lozim. Oxak yerga 
    solingandan keyin diskalanadi, bu tadbirda oxak tuproq bilan aralashadi, so„ngra 
    yer haydaladi, kultivatsiya qilinadi. Muzlagan yerga oxak solinmaydi.
    Tuproqni tayyorlash. Don ekinlarning hosili yig„ilgandan so„ng ang„izga 
    ishlov beriladi, bunda diskali borona qo„llanishi mumkin. Bu tadbirdan oldin yoki 
    keyin organik va madanli o„g„itlar solinadi. O„g„itlarning miqdori tuproq 
    unumdorligi va ekinlar biologiyasiga bog„liq bo„ladi. O„g„it solinganda yer 
    chimqirqar haydagich bilan haydaladi. Bahorda traktor dalaga kirishi mumkin 
    bo„lgan vaqtdan boshlab boronalanadi. Kuzgi va ko„p yillik ekinlarga bahorda 
    azotli o„g„itlar solinadi. Bahorgi ekinlar uchun azotli o„g„itlar kultivatsiyadan oldin 
    beriladi.


    42 
    9-jadval 
    Texnologik tadbirlarning vazifasi 
    Agrotexnik tadbir 
    Vazifasi 
    Oxaklash 
    Tuppoqning nordonlanishini pasaytirish, ekiladigan 
    ekinning biologiyasiga mos kelishi zarur 
    Ang„izga ishlov berish 
    Namni saqlab qolish, begona o„tlarning urug„ini 
    ko„karib chiqishiga sharoit yaratish 
    Organik o„g„itlarni solish Tuproqniig oziqlanish sistemasini va suv-fizik 
    xossasini yaxshilash 
    Ma‟dan o„g„itlarni solish Ma‟dan oziqlanish sistemasini muqobillashtirish 
    Shudgorlash 
    Tuproqda 
    ang„iz 
    qoldiklari, 
    organik-ma‟dan 
    o„g„itlarni aralashtirish, tuproqning mikrobiologik 
    faolligini yaxshilash 
    Bahorda yer haydash 
    Kuzda haydash imkoniyati bo„lmaganda haydaladi. 
    Vazifasi shudgorlash bilan bir xil 
    Bahorda boronalash 
    Tuproqning yuqori qismida bug„lanishni to„xtatish, 
    erta o„sib chiqqan begona o„tlarni yo„qotish
    Qo„ng„irboshli ekinlarni 
    bahorda qo„shimcha 
    o„g„itlash 
    Bu o„g„itlashda azotli o„g„itlar qo„llaniladi. Kuzgi va 
    ko„p yillik ekinlarni o„sishiga yordam beradi 
    Kuzgi ekinlarni 
    boronalash 
    Kuzgi va ko„p yillik ekinlar bahorda boronalansa, 
    yorug„lik bilan ta‟minlanishi yaxshilanadi 
    Ekishdan oldin tuproqqa 
    ishlov berish 
    Tuproq yuzasini tekislaydi, yumshatadi va ekishdan 
    oldin zichlashtiriladi 
    Urug„ni ekishga 
    tayyorlash 
    Urug„ o„lchamiga qarab saralanadi, tozalanadi, 
    fitosanitar 
    holati 
    yaxshilanadi, 
    urug„ 
    Davlat 
    andozasiga javob beradi.
    Ekish 
    Ekish 
    tizimiga 
    qarab 
    maqbul 
    deb 
    topilgan 
    chuqurlikka ekiladi 
    Maysalanishdan oldin 
    boronalash 
    Tuproq qatqalog„i yo„qotiladi 
    Maysalashdan keyin 
    boronalash 
    Begona o„tlarni yo„qotish 
    Qator orasiga ishlov 
    berish 
    Qator orasini yumshatish, begona o„tlarni yo„q qilish, 
    o„g„itlarni tuproqqa aralashtirish 
    Qo„shimcha oziqlantirish Ekinlarni biologiyasiga qarab ayrim rivojlanish 
    davrlarda oziqlantiriladi 
    Chopiq 
    Ildizmevali, tuganakmevali ekinlarda poyaning pastki 
    qismi tuproq bilan ko„miladi, meva yaxshi rivojlanadi 
    Ekinlarga pestitsidlar 
    bilan ishlov berish 
    Begona o„tlarni yo„q qilishda gerbitsidlar qo„laniladi, 
    kasalliklarga qarshi fungitsidlar, zararkunandalarga 
    qarshi akaritsidlar va insektitsidlar qo„llaniladi 
    Biologik faol moddalarni 
    O„simlikni o„sish va rivojlanishini boshqaradi. Yotib 


    43 
    qo„llash 
    qolishga qarshi retardant, plastik moddalarni meva va 
    urug„da to„planishi uchun qo„llaniladi; o„simlikni 
    quritish 
    uchun 
    desikant, 
    bargini 
    to„ktirishga 
    defoliantlar qo„llaniladi 
    Dala atrofini o„rish 
    Dalani hosil yig„ishga tayyorlashda atrofi o„riladi, 
    chunki bu yyerda begona o„tlar ko„p bo„ladi 
    Hosilni yig„ish 
    Yetishtirilgan hosilni kam nobud qilib, sifatiga zarar 
    keltirmay yig„ib olinadi
    Kech bahorda ekiladigan ekinlar uchun bahorda boronalangandan keyin 
    begona o„tlar bilan zararlanishiga qarab, tuproqning mexanik tarkibi inobatga 
    olingan xolda 1-2 marta kultivatsiya qilinadi, so„ngra boronalanadi va talab 
    qilingan sharoitda mola bostiriladi. 
    Ekish. Dala va yem-xashak ekinlarning hosili to„g„ri ekilishiga ya‟ni, ekish 
    me‟yori, ekish usuli, ekish muddati va chuqurligiga bog„liq. Bu masalalar noto„g„ri 
    hal qilinsa, hosil kam bo„ladi va sifati ham pasayishi mumkin. O„zbekiston 
    sharoitida yil davomida ekishga imkon bor. Ekish muddati o„simlikning 
    biologiyasiga qarab bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki bo„lishi mumkin.
    Issiqsevar qisqa kun o„simliklarning urug„i o„rtacha 8-12 
    o
    C da unib chiqadi, 
    maysasi -1
    o
    C sovuqda nobud bo„ladi. Demak, bahorda bo„ladigan sovuqlardan 
    keyin bu o„simliklar ekilishi lozim yoki sovuq tushishita bir xafta qolganda ekish 
    mumkin. Maysa sovuq o„tib kyetgandan keyin ko„karib chiqadi.
    Uzun kunli o„simliklar issiqlikka talabchan bo„lmaydi, maysasi -3-6 
    o

    sovuqda chidaydi. Bu o„simliklarni erta bahorda ekish mumkin. Kuzgi ekinlar 
    tuplanish davrida yaxshi qishlaydi. O„zbekistonda sovuq tushishi oldidan tuplanish 
    davriga o„tish uchun kuzgi ekinlar sharoitga qarab sentyabr-oktyabrda ekilgani 
    ma‟qul. Lalmi yyerlarda ekish muddati yog„ingarchilik boshlanishiga bog„liq. 
    Ayrim ko„p yillik o„tlarning urug„i qishda yoki erta bahorda samolyot yordamida 
    ekilishi mumkin. Odatda bu usul urug„i juda mayda ekinlarda qo„llanadi. Ekish 
    muddati, usuli, me‟yori olinadigan mahsulot turiga bog„liq.
    Ko„kat yetishtirish uchun qalinroq ekiladi, don yoki urug„ olish uchun 
    o„rtacha zichlikda ekiladi. Tuproqning mexanik tarkibi ham ekish muddatiga ta‟sir 
    qiladi. Yengil, qumoq tuproqlar tez qurib tez isiydi, shuning uchun bu tuproqlarda 


    44 
    ertaroq ekish mumkin. Og„ir loyli tuproqlar “sovuq” bo„ladi, kech isiydi, bu 
    tuproqlarda ekinlar kechroq ekiladi. Dala ekinlarining ekish usuli hosilga ta‟sir 
    qiladi. 
    Ekish usulini tanlaganda ekinlarning morfologik belgilariga - balandligi, 
    uzunligi, shoxlanishiga e‟tibor berish kerak. Ekish usuliga ekinlarning begona 
    o„tlar bilan zararlanishi ham ta‟sir qiladi. Begona o„t ko„p bo„lgan dalalarda ekinlar 
    keng qatorlab ekiladi, qator orasiga ishlov beriladi. Har xil botanik oilaga mansub 
    o„simliklar qo„shib ekiladi, bu usulda ko„pincha yem-xashak ekinlar ekiladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish