• O„g„itlash.
  • Navlari: O„zbekistonda kanopning «Kuban-338» va «3876» navlari ekiladi.  Yetishtirish texnologiyasi.O„tmishdosh




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet260/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Navlari: O„zbekistonda kanopning «Kuban-338» va «3876» navlari ekiladi. 
    Yetishtirish texnologiyasi.O„tmishdosh. Kanop almashlab ekishda kuzgi 
    bug„doy, dukkakli-don, bedadan keyin ekiladi. Uni g„o„zadan keyin ekish ham 
    mumkin, chunki qator oralari ishlanadigan o„simliklardan keyin ekilganda 
    tuproqda begona o„t kam bo„ladi. Kanop boshlang„ich o„sish davrida sekin 
    o„sganligi uchun begona-o„tlardan toza tuproklarni xohlaydi. 
    Kanop ekish uchun yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Erta 
    bahorda tuproqda namni saqlab qolish va begona o„tlarni yo„qotish maqsadida 
    kuzgi shudgor ko„ndalangiga borona qilinadi. Shudgor zichlashib ketgan yoki 
    begona o„tlar ko„p bo„lgan maydonlarda ekishdan oldin kultivatsiya qilinadi yoki 
    diskali kultivatorlar yordamida ishlanadi, so„ngra borona qilinadi va mola bosiladi. 
    Kanop o„simligi kechki ekin va urug„lari mayda bo„lganligi uchun ekishgacha 
    shudgor yaxshi ishlanishi kerak. Ayniqsa, tuproq yuzasi tekis va mayda bo„lishi 
    kerak. Shundagina urug„ tekis ko„miladi va maysalar qiyg„os unib chiqadi. 
    O„g„itlash. Kanop oziq moddalarga talabchan o„simlik. Gektaridan 100 s 
    dan poya hosili olinganda o„suv davri davomida tuproqdan 120-150 kg azot, 60-80 
    kg fosfor, 120-160 kg kaliy oladi. Shuning uchun kanop ekiniga ma‟danli o„g„itlar 
    bilan bir qatorda organik o„g„it-go„ng ham berish kerak. Organik o„g„itni gektariga 
    10-15 t hisobida kuzgi shudgor o„tkazish davrida solish kerak. 
    Ma‟dan o„g„itlarni solish me‟yori tuproq unumdorligi va rejalashtirilgan 
    hosildorlikka qarab har xil bo„ladi. Umuman kanop ekiniga o„rtacha 90-150 kg 
    azot, 90-150 kg fosfor va 50-70 kg kaliy o„g„itlari berish kerak. Mineral 
    o„g„itlarning asosiy qismi, ya‟ni 50-60% fosforli va 50% kaliyli o„g„itlar organik 
    o„g„itlar bilan birga kuzgi shudgorda solinadi. Kanopga ekishdan oldin 20-30 kg 


    376 
    azot, shu miqdorda fosfor solinadi, qolgan o„g„it miqdori vegetatsiya davrida 
    poyaning tez o„sish davrida ikkinchi marta oziqlantirishda solinadi. 
    Birinchi oziqlantirish maysalar paydo bo„lgandan so„ng 25-30 kun o„tgach, 
    ikkinchi oziqlantirish esa birinchisidan 20-25 kun o„tgach o„tkaziladi. O„g„it 
    egatlar o„rtasiga 5-8 sm chuqurlikka ko„miladi. 
    Ekish. Ekish uchun saralangan begona o„tlar urug„idan toza langan I, II va 
    III klass urug„lar ishlatilishi kerak. Urug„ning unib chiqish darajasini va quvvatini 
    oshirish maqsadida ekishdan oldin 6 kun quyoshda qizdirish zarur. 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navlari: O„zbekistonda kanopning «Kuban-338» va «3876» navlari ekiladi.  Yetishtirish texnologiyasi.O„tmishdosh

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish