• Ekish usuli.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet261/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    50-jadval 
    Kanop ekish muddati 
     
     
    Ekish muddatlari. Kanop haroratga talabchan o„simlik, shuning uchun 
    tuproq harorati 14-16 ga yetganda ekiladi. Kanop ekish uchun qulay muddat aprel 
    oyi hisoblanib, bunda tabiiy namga maysalar unib chiqadi. Lekin, urug„lik 
    maydonlarda kanop, tola uchun ekilganiga nisbatan ertaroq ekilishi kerak. Chunki 
    urug„ to„la pishib ulgurishi lozim. Shunga ko„ra urug„lik kanop ekish uchun eng 
    qulay muddat aprel oyining birinchi o„n kunligi, tola olish uchun esa shu oyning 
    ikkinchi o„n kunligi hisoblanadi. 
    Buni O„zbekiston lub-tolali ekinlar tajriba stansiyasida 3876 kanop navi 
    ustida olib borilgan tajribalar ma‟lumoti tasdiqlaydi. 
    Poya olish 
    uchun ekish 
    muddatlari 
    Quruq poya hosili 
    Urug„ olish 
    uchun ekish 
    muddatlari 
    Urug„ hosili 
    s/ga 

    s/ga 

    20 mart 
    77,0 
    100 
    20 mart 
    5,8 
    100 
    30 mart 
    96,0 
    123 
    30 mart 
    6,2 
    107,0 
    10 aprel 
    104,6 
    134,0 
    10 aprel 
    6,3 
    108,7 
    20 aprel 
    108,3 
    130.0 
    20 aprel 
    5,6 
    96,6 
    30 aprel 
    100,2 
    128,6 





    377 
    Ekish usuli. Kanop keng qatorlab qator orasi 50-60 sm, lentasimon qo„sh 
    qatorlab ekiladi. Tola olish uchun qator orasi 50 sm, lenta orasi 15 sm, ya‟ni 
    50x15 sm shaklda ekiladi. Urug„ olish uchun qator orasi 60 sm qilib yakka 
    qatorlab ekiladi. Ekish uchun SON-2,8; 2 SK-16 rusumli seyalkalardan 
    foydalaniladi. Ekish me‟yori poya yoki urug„ olish uchun ekilishiga qarab 
    belgilanadi. Kanop poya olish uchun gektariga 50-55 kg urug„ sarflanadi. Bunda 
    bir gektar yerda 1,2-1,4 mln. dona o„simlik bo„lishi kerak. Tuproqning 
    unumdorligi pastroq, ma‟dan o„g„itlar kamroq beriladigan bo„lsa, urug„ni ekish 
    me‟yori ham 35-40 kg ga kamaytiriladi va bu holda bir gektarda 0,8-1,2 mln. 
    o„simlik bo„ladi. Urug„ olish uchun qator orasi 60 sm qilib, bir qatorlab siyrak 
    qilib ekiladi. Bunda bir gektar yerga 10-12 kg urug„ sarflanadi. Maysalar 
    yaganalagandan so„ng har gektarda 160-180 ming dona o„simlik qoldiriladi. 
    Urug„lar 4-5 sm chuqurlikka ko„miladi. 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish