• Ekish muddati
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet264/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yetishtirish texnologiyasi. Jut qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o„sadi. 
    O„zbekistonda o„tloqi va o„tloqi-botqoqlangan tuproqlarda yaxshi natijalar 
    olingan. Jut ekiladigan dala tekislanadi, so„ngra yer haydaladi.
    Jut yetishtirishda organik va mineral o„g„itlar qo„llanadi. Oziqa elementlar 
    bilan yaxshi ta‟minlansa bir yerda jut 2-3 yil ekiladi. Azotli va kaliyli o„g„itlar tola 
    va urug„ hosilini oshiradi. Go„ngni me‟yori 20-30 t/ga. Azot, fosfor va kaliy 90 kg 
    dan sof modda hisobida qo„llanilganda tola hosili 5-6 s/ga oshgan.
    Maysa ko„ringandan 30 kun o„tganda birinchi oziqlantirish o„tkaziladi. 
    Bunda 40-60 kg azot va 30-45 kg fosfor bir gektarga qo„llangan. Ikkinchi 
    oziqlantirish birinchisidan 30-35 kun o„tganda o„tkaziladi, 6 kunda faqat azot 40-
    60 kg/ga qo„llanadi. 
    Fosforli o„g„itlarning 50% yer shudgorlashda tuproqqa solinadi; 25% ekish 
    bilan bir vaqtda va 25% qo„shimcha oziqlantirishda. Kaliyli o„g„itlarning 50% 
    shudgorlashda va 50% qo„shimcha oziqlantirishda. Azotli o„g„itlar faqt amal 
    davrida qo„llanadi. 
    Go„ng kuzda fosfor va kaliyli o„g„itlar bilan birgalikda qo„llaniladi 
    (tuproqqa solinadi). 
    Ekish muddati. Tuproq 20 sm chuqurlikda harorati 13-14 °C bo„lganda 
    maqbul deb hisoblanadi. O„zbekistonda jut may oyining birinchi o„n kunligida 
    ekiladi va 25 maygacha ekish mumkin.
    Urug„ olish uchun jut ertaroq ekiladi, aksincha u etilmay qoladi. Ekishdan 
    oldin urug„ 7-10 kun quyoshda qizitiladi va ildiz chirishiga qarshi fungitsidlar 
    bilan ishlov beriladi.


    381 
    Jut qo„sh qatorlab ekiladi. Qo„sh qatorlarning orasi 48 sm, qatorlarning 
    orasi 12 sm bo„ldadi. Unumdor tuproqlarda qo„sh uch qatorli qilib ekiladi, qo„sh 
    qatorlarning orasi 50 sm, va qatorlarning orasi 10 sm. Toshkent viloyatida qo„sh 
    qatorlab ekilganda poya balandligi 199 sm, poya hosili 109,1 s/ga, qo„sh uch 
    qatorlab ekilganda, tegishlicha 187 sm va 167,3 s/ga. Urug„ olish uchun jut bir 
    qatorlab, qator orasi 50-60 sm qilib ekiladi.
    Ekish me‟yori qo„sh qatorlab 
    ekilganda 6-8, uch qatorlab ekilganda 8-10 va bir qatorlab ekilganda 5-6 kg/ga.
    Ekish chuqurligi 3-4 sm. 
    Amal davrida qator orasiga ishlov beriladi, begona o„tlar yo„qotiladi, 
    sug„oriladi, qo„shimcha oziqlantiriladi, qatqaloqqa qarshi choralar ko„riladi. Amal 
    davrida ekinzor toza, namli, yumshoq holatda saqlanadi. Amal davrida 4-5 
    marotaba kultivatsiya, 2-3 chopiq o„tkaziladi.
    Maysalanish davridan boshlab qator oralariga ishlov beriladi. Poya 
    balandligi 30-40 sm ga yetganda, yagana qilinadi, o„simlik orasi 2-3 sm bo„ladi. 
    Urug„lik uchun yagana qilinganda, o„simliklarninng orasi 8-10 sm bo„ladi. 
    Toshkent viloyatida amal davrida 6-8 marotaba sug„oriladi, me‟yori 800-
    1000 m
    3
    /ga. Birinchi sug„orish maysalashdan 12-15 kun o„tganda amal qilinadi, 
    keyingi sug„orishdar har 15 kunda o„tkaziladi, iyul-avgust oylarida har 8-10 kunda 
    sug„oriladi. Tola hosilini yig„ishga 5-7 kun qolganda oxirgi suv beriladi, urug„lik 
    uchun-ko„saklar to„la shakllanganda to„xtatiladi.
    Poyaning pastki ko„saklari 75% o„simlikda yetilganda poyalar o„riladi, 
    qalinligi 15-20 sm bog„lamlarga o„rilgan poyalar bog„lanadi va vertikal ravishda 
    saqlab quritiladi. Urug„ MK-1,5, MK-6 rusumli texnikada yanchiladi.
    Tola olish uchun jut birinchi pastki ko„sak shakllanganda yig„iladi. Poya 
    po„stlog„idan tolani ajratib olish uchun o„rilgan poyalar maxsus mashinadan 
    o„tkaziladi. Bu mashinalarda poyalar eziladi, tola po„stlog„idan ajraladi, so„ngra 
    tola quritiladi va zavodlarga topshiriladi.
    Zavodga topshirilgan jutning quruq poyalari sovuq suvda saqlanadi. 
    Ivitilgan poyalar maxsus texnikadan o„tkaziladi, bunda tola po„stlog„idan 
    ajratiladi.


    382 
    Hindistonda jut asosiy texnik ekin bo„lib shimoliy-sharqiy shtatlarida keng 
    tarqalgan, o„rtacha 13,0 s/ga hosil olinadi. Ekin maydonning 75% ertapishar C. 
    Capsularis L. turining navlari egallaydi. Ertapishar navlarning tola sifati yuqori 
    bo„ladi. Jut allyuvial tuproqlarda ekiladi. Jutning ayrim navlari kam sho„rlangan 
    tuproqlaarda ham yetishtiriladi.
    38
    Hindistonda jut sholi, bug„doy, tamaki, arpa va sabzavotlardan bo„shagan 
    maydonlarga ekiladi. Ekish me‟yori 10-11 kg/ga. Maysa 4-7 kunda yer yuzida 
    ko„rinadi. Yaganada o„simdiklarning orasi 20x10 sm qilib qoldiriladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish