394
Ko„chat ekilgandan 10-12 kun o„tgach, birinchi ishlov beriladi:
qator orasi
sayozroq yumshatiladi. Tomirlab bo„lgach
ikkinchi ishlov beriladi,
ishlov
chuqurligi 10-12 sm. Tamaki 7-9 marta sug„oriladi. Tuproq namligi 80% bo„lishi,
sug
„orish me‟yori 400-600 m
3
, 6000-8000 m
3
suv sarflanadi. Gerbitsidlardan -
natriy trixloratsetat (TXAN), treflan, difenamid, potaron, davrinol, tabakron
ishlatiladi.
Gul to„plami va bachki novdalarini yulish yaxshi natija beradi. Bunda poyasi
va ildizi yaxshi o„sadi va rivojlanadi. Agar o„simlik yaxshi rivojlangan bo„lsa, 15-
20% gullaganda o„simlikning gul to„plami chilpinadi. Tuproq unumdorligi o„rtacha
bo„lgan yerlarda o„simlik 40-50% gullaganda chilpinadi. Unumdor yerlarda
o„simlik 60-70% gullaganda chilpinadi.