DALA VA YEM-XASHAK EKINLAR QO„SHIB EKILGANDA




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
1.7. DALA VA YEM-XASHAK EKINLAR QO„SHIB EKILGANDA 
BIOLOGIK JIHATDAN MUTANOSIBLIGI 
Tabiiy fitotsenoz o„z ichiga har xil turdagi o„simliklarni qamrab oladi. Bu 
o„simliklarning orasida muhim xo„jalik xususiyatiga ega oziq-ovqat, yem-xashak 
va texnik ekinlari bilan birga zararli va zaharli o„simliklar ham uchraydi.
Dexqonchilik rivojlangan sari muhim xo„jalik ahamiyatiga ega o„simliklar 
maxsus ekiladigan bo„lgan. Bu ekinlar ustida biologik va seleksiya ishlari olib 
borilib intensiv navlar, yuqori hosil yetishtirishni ta‟minlaydigan texnologiyalar 
yaratilib, barcha texnologik tadbirlar mexanizatsiya yordamida o„tkazilmoqda. 
Ekinlar turiga qarab maxsus mashinalar yaratildi.


46 
Ekinlarni sof xolda ekishning afzalligi shundaki, bunda mexanizatsiyalash 
darajasi yuqori bo„ladi, yuqori hosil yetishtirish va sifatli mahsulot olish 
ta‟minlanadi.
Ammo, ekinlarni sof xolda ekishning salbiy tomonlari ham mavjud. Tashqi 
muhit ta‟sirida o„simlik nobud bo„lsa hosil bo„lmaydi, ozuqa qiymati talabga javob 
bermaydi. Shuning uchun dala va yem-xashak ekinlarini qo„shib ekish qo„llaniladi.
 
12-jadval 
Jo„xorini boshlang„ich o„suv davridagi rivojlanishiga dukkakli-don 
 ekinlari ildizidan ajratib olingan suyuqliklar ta‟siri
8
 
(X. Atabayeva ma‟lumotlari) 
Variantlar 
Sug„orilguncha 
Sug„orilgandan bir xafta keyin 
baland-
ligi, 
sm 
barglar 
soni,
dona 
baland 
ligi, 
sm 
barglar 
soni,
dona 
ildiz 
uzunligi,
sm 
o„sim- 
lik 
vazni, 

ildiz
vazni,

Jo„xori (toza suv 
bilan 
sug„orilganda) 
4,6 
4,1 
5,3 
4,8 
26,6 
0,29 
0,51 
Jo„xori (o„z ildiz 
suyuqligi bilan 
sug„orilganda) 
4,4 
4,2 
5,0 
4,6 
33,7 
0,30 
0,53 
Jo„xori (loviya 
ildizi suyuqligi 
bilan 
sug„orilganda) 
5,0 
4,4 
6,4 
4,7 
27,3 
0,29 
0,53 
Jo„xori (soya 
ildizi suyuqligi 
bilan 
sug„orilganda) 
5,5 
4,6 
7,0 
5,1 
38,5 
0,30 
0,59 
Qo„shib ekilganda bir nechta turlar, navlar ekilishi mumkin. Ekish vaqtida 
urug„i bir xil kattalikda bo„lsa aralashtirib ekiladi. Urug„ning kattaligi, yuzasining 
silliqligi, qiltiqligi har xil bo„lsa, urug„lar alohida ekiladi. Bu xolda bir ekinning 
urug„i dalaning uzunasiga, ikkinchisiniki esa ko„ndalangiga ekilishi mumkin. Bu 
usul aksariyat xolda yem-xashak ekinlarini qo„shib ekishda qo„llanadi.
8
Atabayeva H.N., Qodirxodjayev О. O„simlikshunoslik, Toshkent 2006 y. 41-bet. 


47 
Yem-xashak ekinlarni qo„shib ekishdan maqsad yetishtiriladigan ko„katning 
to„yimliligi zootexniya talabiga javob berishi lozim. Ma‟lumki, bir ozuqa birligiga 
o„rtacha 100-120 g oqsil to„g„ri kelishi kerak. Hamma ekinlarning to„yimliligi 
bunga javob bermaydi. Shuning uchun, to„yimliligi har xil bo„lgan ekinlar qo„shib 
ekilsa maqsadga muvofiqdir.
Dala ekinlari qo„shib ekilganda suvli yyerlarda to„la 2 xil hosil yetishtirish 
mumkin. Masalan, makkajo„xori bilan xashaki lavlagi, xashaki sabzi. Bu ekish 
usulida mo„l hosil olish, suvli yerlardan oqilona foydalanish nazarda tutiladi. 
Umuman, ekinlar qo„shib ekilganda fotosintez jarayoniga qulay sharoit yaratiladi.
K.A. Timiryazev ta‟riflashicha: «.... qishloq xo„jaligi - bu quyosh nuridan 
foydalanuvchi, agronomiya esa - hayotning manbai hisoblangan issiqlikni qamrab 
oluvchi fandir».
Ana shu usullardan biri har xil turdagi o„simliklarni aralash xolda ekishdir. 
O„simliklar aralash ekilganda ularning yer ostki va ustki qismlarini tashqi muhitga 
bo„lgan talablari har xildir, ayniqsa, yorug„lik va tuproq unumdorligidan turlicha 
foydalanadi.
O„simliklarni qo„shib ekishda faqat ozuqalik qiymatinigina emas, balki 
ularning biologik asoslarini hisobga olib borish ahamiyatlidir. O„simliklar qo„shib 
ekilganda ularning ko„kat massasi o„simliklarni yashash davrlarida tashqi 
sharoitlarga talablari bir xil bo„lgan taqdirda ko„p bo„lishi mumkin.
Boshoqli o„simliklar dukkakli-don ekinlar bilan qo„shib ekilganda ular 
ildizining tuzilishi har xil bo„lib ildizining singdirish qobiliyati ham har xil bo„ladi.
Boshoqli ekinlardan jo„xori, sudan o„ti va makkajo„xorining ildizi yaxshi 
rivojlangan bo„lib, uzun va yon tomonlariga ham yaxshi tarqalgan bo„ladi.
Yuqoridagi o„simliklar ildizining uchdan ikki qismi tuproqni 0-150 sm. 
qatlamida, uchdan bir qismi zsa 150-250 sm. qatlamda joylashadi. Dukkakli-don 
ekinlarning ildizi o„q ildiz bo„lib yon ildizlari ham yaxshi taraqqiy etgan bo„ladi, 
ular ikki vazifani bajaradi: yer ostki qismiga ma‟danli o„g„itlarni suv bilan uzatadi, 
tuganak bakteriyalar yordamida havodagi azotni o„zlashtiradi. 


48 
Tuganak bakteriyalar asosan ildizning 0-50 sm dagi tuproq qatlamiga 
joylashadi, undan past qismida bo„lsa, yashash sharoiti qiyin bo„ladi. Dukkakli-don 
ekinlari ildizidagi tuganak bakteriyalar o„suv davrida bir gektarda 10-100 kg va 
undan ko„p miqdorda biologik azot to„playdi. Dukkakli-don ekinlari ildizidagi azot 
to„plovchi bakteriyalar yordamida havodagi sof azotni o„zlashtirib to„playdi.
Hamma o„simliklar o„z biologiyasiga qarab, ildizi orqali har xil organik va 
mineral moddalarni atrofga ajratib chiqaradi. Bir o„simlikning ildizi ajratib 
chiqargan moddasi ikkinchi o„simlik ildizi va tuproq kimyoviy tarkibiga hamda 
ildiz atrofida yashovchi mikroorganizmlar hayotiga ta‟sir etadi. Mikroorganizmlar 
atrof-muhitga turli organik moddalar ajratib chiqaradi, ular ba‟zi moddalarni 
ko„paytiradi yoki ko„payishiga salbiy ta‟sir etadi. 
Bir necha turdagi o„simliklar aralash o„stirilganda ularni yer ustki va yer 
ostki qismlari rizosferada hamda unga yaqin joylashgan mikroorganizmlarning 
rivojlanishiga ham ta‟sir ko„rsatadi. Shuning uchun ham o„sayotgan o„simlik turi 
shu yerdagi o„sayotgan boshqa turdagi o„simlikni rivojlanishiga o„z ta‟sirini 
ko„rsatadi.
Olimlarning ta‟kidlashicha, qo„shib ekilgan ekinlar ildizlaridan ajralgan 
moddalar nishonlangan atomlar yordamida kuzatilganda ham yuqoridagi fikrlar 
tasdiqlangan. Donli ekinlar o„zidan tuproqda organik kislotalar, ba‟zi bir mineral 
moddalar ajratadi, ana shu moddalar o„simlikning ildiz atrofi qismlarida 
mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib, shu joydagi 
tuproqdan azotli tuzlarni o„zlashtiradi. Jo„xori va dukkakli ekinlarni birga ekilishi 
bir-biriga mos ekanligini, samarasi yuqoriligini ko„rish maqsadida quyidagi 
jadvaldagi ma‟lumotlarga e‟tibor berish lozim.
Yuqoridagi ma‟lumotlar shuni ko„rsatadiki jo„xori bilan soya, loviya kabi 
dukkakli-don ekinlarini aralash ekish mumkin. Ekinlarni aralash ekishga 
yaroqliligini aniqlashda, ularning atrof-muhitga ta‟sirini bilish muhimdir. 
Ko„rsatkichlarga asoslangan xolda jadvaldagi ekinlarni aralash ekish mumkin 
ekan. Issiqsevar o„simliklarni ekish muddatlarini bir-biriga moslashtirish mumkin. 
O„rimdan keyin qayta o„sib chiqadigan o„simliklarni aralash eksa bo„ladi. Bunday 


49 
ekinlarni aralash ekish begona o„tlar kam yerlarga ekiladi yoki begona o„tlarga 
qarshi ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish lozim.
O„zbekistonda aralash ekishga mos bo„lgan ekinlarni quyidagi jadvaldan 
ko„rish mumkin. 

Download 7.59 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 DALA VA YEM-XASHAK EKINLAR QO„SHIB EKILGANDA

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish